Yosh davrlari psixologiyasi fanining predmeti taqdimot

Yosh davrlari psixologiyasi fanining predmeti taqdimot

O'quvchilarga / Psixologiya
Yosh davrlari psixologiyasi fanining predmeti taqdimot - rasmi

Material tavsifi

Yosh davrlari psixologiyasi fanining predmeti. Reja: 1. Yosh davrlari psixologiyasi fanining predmeti va dolzarbligi. 2. Hozirgi zamon yosh davrlar psixologiyasi fanining asosiy vazifalari 3. Fan sifatida yosh davrlari psixologiyasining vujudga kelishi, uning rivojlanish tarixi. Tayanch tushunchalar Ontogenez Psixik taraqqiyot psixika Yosh davrlar psixologiyasi Ontogenez psixologiyasi- inson psixikasining rivojlanish qonuniyatlari va xususiyatlari hamda shu taraqqiyotning bosqichlari to'g'risidagi fandir. Yoshning ulg'ayib borishi, psixik jarayonlarning inson rivojlanishidagi qonuniyatlari, undagi yetakchi omillar hamda inson hayot yo'lining turli bosqichlarida uning shaxsiga xos xususiyatlar-yosh davrlari psixologiyasi fanining tadqiqot predmeti hisoblanadi. Odamga chaqaloqligidan keksalik davrigacha (ontogenezda) uning ichki imkoniyati, mayli, iqtidori, iste'dodi, qobiliyati, aql-zakovati, qiziqishi, irodasi, his-tuyg'usi, diqqati va bilish (kognitiv) jarayonlarining xususiyatlariga binoan individual munosabatda bo'lish ontogenez psixologiyasining insonparvarlik g'oyalaridan biridir. Bo'lajak o'qituvchilar, shuningdek, barcha fuqarolar uchun mazkur fan bo'yicha olinadigan bilimlar juda muhim ahamiyatga ega. Ma'lumki, o'qituvchi va shaxslar ijtimoiy hayotda o'ziga yuklangan turli vazifa va rollarni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun ontogenez psixologiyasi ma'lumotlarini qo'llashi shart. Uning muhim xususiyati har bir davrdagi rivojlanishning o'ziga xos qulay (senzitiv) holatidan unumli foydalanishdir va faqat ana shundagina o'sishdan orqada qolishning oldini olish mumkin. Ta'limning barcha bosqichlarida, ijtimoiylashishda uning samaradorligini oshirish ontogenez psixologiyasinng qonuniyatlariga suyanmog'i zarur. Bolalar jamoasi, oila muhiti, mehnat jamoalarida shaxslararo iliq munosabatlarni shakllantirish yosh davri xususiyatlarini inobatga olishning mahsuli sanaladi. Hatto, kishining uzoq umr ko'rishi va unda ishchanlik qobiliyatining saqlanishi, istiqbol rejasi va ezgu maqsadi bilan yashashi ham yosh xususiyatlarini hisobga olgan holda muloqotda bo'lishning mevasidir. Umuman ijtimoiy hayotning barcha jabhalarida oila, tarbiya muassasalari, ishlab chiqarish korxonasi va jamoat tashkilotlarida ontogenez psixologiyasidan foydalanish ta'lim va tarbiyaning, shaxslararo ijobiy munosabatlar o'rnatishning, ishlab chiqarish samaradorligini oshirishning garovidir. Yosh davrlari psixologiyasining asosiy vazifalari Ontogenez psixologiyasining asosiy vazifasi shaxsning kamol topishi qonuniyatlari va turli yosh davridagi odamlarda vujudga keladigan psixik faoliyat, holat va shart-sharoitlarning o'zaro ta'siri xususiyatlarini aniqlashdan iboratdir. Ontogenez psixologiyasi ana shu vazifani hal etish bilan amaliy maqsadlarni ro'yobga chiqaradi: ta'lim-tarbiya ishlarini takomillashtirishga yordam beradi, Shaxslararo muloqotni to'g'ri yo'naltirishga, jamoada ijobiy psixologik muhit yaratishga, uzoq umr ko'rish sirlarini ochishga, oilaviy munosabatlarni mustahkamlashga, ajralishlarning oldini olishga xizmat qiladi. Modomiki shunday ekan, kamolotning turli davrlarini insonning yosh va jinsiy xususiyatlarini hisobga olmay turib, yuqoridagi vazifalarni hal qilib bo'lmaydi. Xulosa qilib aytganda ontogenez psixologiyasi - inson psixikasining rivojlanish qonuniyatlari va xususiyatlari hamda shu taraqqiyotning bosqichlari to'g'risidagi fandir. Yosh davrlari psixologiyasi faniniga oid bilimlarning vujudga kelish tarixi. Mazkur psixologiya fanining sohasi alohida predmet sifatida XIX asrning boshlarida vujudga kelgan. Uning predmeti va qonuniyatlari to'g'risida jahon psixologiyasi olamida turli qarashlar nazariyalar mavjud. Ularning juda ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1020.03 KB
Ko'rishlar soni 378 marta
Ko'chirishlar soni 48 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 21:11 Arxiv ichida: pptx
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → pptx
Fayl hajmi 1020.03 KB
Ko'rishlar soni 378 marta
Ko'chirishlar soni 48 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: pptx
Tepaga