Boshqaruvning funksiyalari va nizolarni xal qilish uslublari Reja: Boshqaruvning asosiy funksiyalari. Boshqaruv vazifalarini amalga oshirish. Boshqaruvda rejalashtirishning roli. Rejalashtirish jarayoni. Boshqaruvning asosiy funksiyalari. Boshqaruv - bu tashkilotning o'z oldiga qo'ygan maqsadiga erishishi uchun yo'naltirilgan jarayondir. Bu boshqaruv faoliyati harakatining ketma-ket bajarish jarayoni bo'lib, firmaning bir qator ishlab chiqarish va ijtimoiy masalalarini yechish va ularni amalga oshirish uchun zarur. Bu harakat boshqaruv vazifalarini bajarish deb ataladi. Funksiya so'zi lotin tilidan kelib chiqqan bo'lib, bajarish, vazifa, faoliyat, majburiyat ma'nosini bildiradi. Boshqaruv vazifalari - bu biror obyektga rahbarlik qilish uchun zarur bo'lgan faoliyat turi, deb tushuniladi. Boshqaruvning asosiy funksiyalari. Menejerlar mehnatining vazifaviy taqsimlanishi ilmiy menejment maktabida yaratilgan. Uning asoschisi fransuz olimi A.Fayoldir. U menejmentning 5 ta etaklovchi qoidasini ajratib ko'rsatadi: oldindan ko'rish, tashkilot, buyruq berish faoliyati, muvofiqlashtirish va nazorat qilish. Bir vaqtda A.Fayol barcha vazifalarni oltita guruhga taqsimladi: ishlab chiqarish moliya nazorat hisob-kitob ma'muriyat texnika xavfsizligi Boshqaruvning asosiy funksiyalari. Boshqaruv vazifalarini amalga oshirish Rejalashtirish: Boshqarishning asosiy va dastlabki funksiyasidir. Har qanday boshqarish reja tuzishdan boshlanadi. tashkil qilish: Bu funksiya boshqaruv obyekti doirasida barcha boshqariluvchi va boshqaruvchi jarayonlarning uyushqoqligini ta'minlaydi. Shu nuqtai nazardan tashkil qilish ichki va tashqi shart-sharoitlarning o'zgarib turishiga qarab amaldagi tizim tarkibini takomillashtirish yoki yangisini tuzish demakdir. Muvofiqlash-tirish va tartibga solish: Muvofiqlashtirish boshqarishning taktik masalalarini hal qilib beradi. Nazorat: Bu funksiyaning maqsadi tutib olish, aybini ochish, ilintirish emas, balki boshqaruv ob'ek tida sodir bo'layotgan jarayonlarni hisobga olish, tekshirish, tahlil qilish va ma'lum tartibda shu obyekt faoliyatini o'z vaqtida sozlab turishdir Boshqarish faoliyatining turlariga ko'ra, funksiyalar quyidagicha bo'ladi: boshqarishning iqtisodiy funksiyalari ya'ni: mablag'larning doiraviy oborotini amalga oshirish; mahsulot ishlab chiqarish va xizmatlar ko'rsatish; marketing xizmatini uyushtirish; foyda olishni ta'minlash va h.k. boshqarishning sotsial funksiyalari ya'ni: mehnat sharoitini yaxshilash, xodimlarning uy-joyga ehtiyojini, sotsial madaniy-ma'naviy ehtiyojlarni qondirish; moddiy rag'batlantirishni ta'minlash; ijtimoiy himoyani ta'minlash va h.k. Boshqarish faoliyatining turlariga ko'ra, funksiyalar quyidagicha bo'ladi: boshqarishning ma'naviy - ma'rifiy funksiyalari ya'ni: xodimlarni insoniylik, yaxshilik, mehr-shavqatli va o'zaro munosabatlarda sabr-toqatli bo'lish ruhida tarbiyalash; xodimlarni Vatanga muhabbat, insonparvarlik ruhida tarbiyalash, halollikni, adolat tuyg'usini, bilim va ma'rifatga intilishni tarbiyalashga xizmat qilish va h.k. boshqarishning tashkiliy funksiyalari ya'ni: ishlab chiqarishni tashkil qilish; o'zaro aloqalarni o'rnatish va muvofiqlashtirish; barcha bo'g'in va bo'limlar o'rtasida vazifalar taqsimoti, huquq berish va boshqarish apparati xodimlari o'rtasida mas'uliyatlarni belgilash; boshqarishning aniq uslubini tanlash va qaror qabul qilishda ish tartibi izchilligi, axborotlar oqimini tashkil qilish va h.k. Boshqaruvda rejalashtirishning roli tashkilotlarda boshqaruv jarayonining birinchi zanjiri bo'lib rejalashtirish vazifasi turadi. Bu firmaning menejer korpusining ishi bo'lib, firmaning maqsadlarini aniqlash, ...

Joylangan
05 Sep 2022 | 21:58:40
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
pptx
Fayl hajmi
1.45 MB
Ko'rishlar soni
286 marta
Ko'chirishlar soni
13 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 20:32
O'zgarish: pptx fayl yangilangan
Joylangan
05 Sep 2022 [ 21:58 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
pptx
Fayl hajmi
1.45 MB
Ko'rishlar soni
286 marta
Ko'chirishlar soni
13 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 20:32 ]
O'zgarish: pptx fayl yangilangan