Ijobiy fikrlashni rivojlantirish treningi taqdimot

Ijobiy fikrlashni rivojlantirish treningi taqdimot

O'quvchilarga / Psixologiya
Ijobiy fikrlashni rivojlantirish treningi taqdimot - rasmi

Material tavsifi

O'quvchi-yoshlarda Ijobiy fikrlashni rivojlantirish treningi Trening maqsadi - o'quvchi-yoshlar hayotida sodir bo'ladigan turli voqea-hodisalarga, jumladan stressli holatlarga ham ijobiy yondoshishni targ'ib qilish. Trening vazifasi - o'quvchi-yoshlarda qiyin vaziyatlarda zahiradagi ijobiy hissiyotlarni, ijobiy og'zaki muloqot va harakat shakllarini mustaqil ravishda topish va foydalanishga o'rgatish; hissiy holatlarni boshqarishni ba'zi qoidalarini o'rgatish. Ijobiy fikrlash bu- Insonga motivatsion (ruhlantiruvchi) ta'sir qilish xususiyatiga ega, shaxsiy rivojlantiruvchi fikrlash shaklidir.Buni pozitiv fikrlash deb ham ataydilar. Va uning aksi sifatida negativ (salbiy) fikrlash shakli ham mavjud bo'lib u insonga salbiy (tushkunlikni uyg'otuvchi, tashvishli va agressiv holatga olib boruvchi) ta'sir qiladi Ijobiy fikrlash sinonimlari Yangicha fikrlash, to'g'ri fikrlash, kuchli fikrlash, ijobiy ruhiyat! Mazkur yo'nalishni chuqur o'rganuvchi pozitiv psixologiya fani ham mavjud. O'zingiz tanlang + yoki - ga o'xshashni istaysiz?! Tanishuv mashg'uloti Treningni to'liq o'tkazish nazarda tutilsa, hamma o'ziga treningda foydalanish uchun ijobiy ma'noga ega ism tanlaydi. O'zining ismini aytib, mazkur treningda uni qanday chaqirishlarini istasa aytib o'tadi. Masalan, Quvnoqjon yoki Tashabbuskor. Keyin trening tugaguncha ishtirokchilar bir-biriga mana shu nom bilan murojaat qiladilar. «Yaxshi sifatlar lug'ati» mashg'uloti! Aylana (guruh)bo'ylab yaxshi va chiroyli (yoki xursand) so'zlarining sinonimlarini aytib chiqiladi. Refleksiya uchun savollar!! Bu sifatlar hayotning qaysi jabhasida qo'llaniladi? Bu sinonimlarni qo'llasa bo'ladigan predmetlarni iloji boricha ko'proq topishga harakat qilish kerak. Refleks holat: jozibador, nafis, maftunkor, go'zal kabi so'zlarni tinglaganingizda qanday hislar paydo bo'ladi? Nimalar esingizga tushadi? Bunday so'zlar kayfiyatingizga va qalbingizdagi holatga qanday ta'sir qiladi? Psixolog maslahati! Salbiy fikrlashdan o'zini himoya qilishning eng samarali usullaridan biri - stresslarni muskul kanali orqali «ochish». Inson tanasidagi harakatchanlik ta'sirida ruhiyatdagi bosim yengillashadi va yo'qoladi. Asabiy-psixologik zo'riqish paytida turli harakat talab qiluvchi mashg'ulotlarni topish kerak. Masalan, yugurish, sport, transportdan foydalanish o'rniga piyoda borish, turli o'yinlar. «Tugallanmagan gap» mashqi Birinchi qadam: bir-ikkita gap aylana bo'ylab aytiladi, va u gaplar qor parchalar (qo'shimcha gaplar) bilan qoplanadi. Ikkinchi qadam: bir nechta gaplar (4-5) qog'ozga yozilib, yozma tarzda ijobiy so'zlar ishlatib to'ldirish uchun ishtirokchilarga tarqatiladi. Keyin trener tugallanmagan gaplarning variantlarini (ishtirokchilar tomonidan yozilgan) yig'ib oladi: - Quvinchimni … bilan bo'lishmoqchiman. - Miyamga ajoyib fikr keldi… - O'zimdan menga … yoqadi. - …ga quvonch ulashishni (bag'ishlashni) xohlayman. - Har qanday ob-havo Hudoning marhamati, xatto bugun ham ko'chada … - Eng ko'p zavqni men …dan olaman. - …haqida o'ylaganimda, ko'nglim yorishib ketadi. - Menga hayotda … katta yordam beradi. - Qiyin vaziyatlarda men …ni o'ylab ovunaman. - Ota-onamni xursand qilish uchun men … qila olgan bo'lardim. «Birbalni tinchlantiring» mashg'uloti Hind afsonasiga ko'ra, shoh Akbarning beparvo maslahachisi Birbal bir kuni uxlab qolgani ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati pptx
Fayl hajmi 2.31 MB
Ko'rishlar soni 211 marta
Ko'chirishlar soni 25 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 20:38 O'zgarish: pptx fayl yangilangan
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati pptx
Fayl hajmi 2.31 MB
Ko'rishlar soni 211 marta
Ko'chirishlar soni 25 marta
O'zgartirish kiritilgan: O'zgarish: pptx fayl yangilangan
Tepaga