Maxsus psixologiyaning nazariy asoslari taqdimoti

Maxsus psixologiyaning nazariy asoslari taqdimoti

O'quvchilarga / Psixologiya
Maxsus psixologiyaning nazariy asoslari taqdimoti - rasmi

Material tavsifi

Maxsus psixologiyaning nazariy asoslari. REJA: Maxsus psixologiya fanining predmeti, vazifasi, asosiy yo'nalishlari. Norma va og'ishgan xulq-atvor tushunchalarini aniqlashning asosiy yo'nalishlari. Bolalik davrida og'ishganlikning asosiy muammolari. Anomal bola tushunchasi. Psixik rivojlanishning umumiy qonuniyatlari. Maxsus psixologiya nuqsonli bolalarning ruhiy rivojlanish qonuniyatlarini o'rganuvchi fan bo'lib, quyidagi qismlardan iborat: Aqli zaif bolalar psixologiyasi (oligofrenopsixologiya). Qulog'i kar va zaif eshituvchi bolalar psixologiyasi. Ko'zi ko'r va zaif ko'ruvchi bolalar psixologiyasi. Turli darajada nutqlari buzilgan bolalar psixologiyasi. Murakkab nuqsonli bolalar psixologiyasi Ruhiy rivojlanishi sustlashgan bolalar psixologiyasi Tayanch-harakat tizimi buzilgan bolalar psixologiyasi Maxsus psixologiya fanining maqsad va vazifalari shu toifa bolalarning ruhiy xususiyatlari haqidagi bilimlar bilan defektologlarni, qurollantirishdan iborat. Rivojlanishida nuqsoni bo'lgan bolalar ta'lim-tarbiyasini korreksiyasini to'g'ri tashkil qilish uchun bu bolalarning xususiyatlari haqidagi bilimlar juda zarur. Rivojlanishida nuqsoni bo'lgan bolalar psixologiyasi ma'lumotlari defektologlarda obyektiv dunyoqarashning shakllanishida juda katta ahamiyatga ega. Ruhiy jarayonlarni ilmiy jihatdan to'g'ri tushunib etish, shaxsning barkamol shakllanishida alohida ahamiyatga ega. XVII asr oxirlari XIX asr boshlarida aqli zaif bolalarni davolash, tarbiyalash, o'qitishga oid ma'lum ijobiy qarashlar yuzaga keldi va shakllana boshladi. Shuni eslatib o'tish joizki, aqli zaiflar ta'lim- tarbiyasi masalalari dastlab, asosan aqliy nuqsoni og'ir darajadagi bolalar ustida boshlangan. Nisbatan yengil darajadagi aqli zaif bolalarni o'rganish, davolash, tarbiyalash muammolari birmuncha keyinroq, XIX asrning ikkinchi yarmidan o'rganila boshlangan. 1858-yilda rus pedagogi N.A. Dobrolyubov tomonidan aqli zaif bolaning o'ziga xos xususiyatlari ochib berildi. Uning ko'rsatishicha, «faollikning pastligi», «sekin idrok qilish», «quruq yodlashning ustunligi», «bir xildagi harakatlar», «yangi sharoitlarga yomon moslashish», «bilimlarini to'g'ri ishlata olmaslik» - aqli zaif bolalarga xos xususiyatlar ekan. XIXasr ikkinchi yarmi XX asr boshlarida Rossiyada aqli zaif bolalarni o'rganuvchi, davolovchi, tarbiyalovchi, bilim beruvchi qator davolash, tarbiyalash muassasalari ochila boshlandi (Riga, Peterburg, Moskva, Kiyev shaharlarida). 1910-yilda Moskvada aka-singil Postovskiylar boshlang'ich bilim yurti qoshida aqli zaif bolalar uchun yordamchi sinflar ochdilar, hamda bolalarni o'rganish uchun eksperimental psixologik kabinet tashkil qildilar. 1911-yilda shifokor-psixiatr, professor G.I. Rossolimo Moskvada bolalar psixologiyasi va nevropatologiyasi instituting ochdi va bu yerda aqli zaif bolalar ruhiyatining o'ziga xos tomonlari o'rganila boshlandi. Aqli zaif bolalarni o'rganishda 1915-yilda G.Y.Troshinning «Tarbiya-ning antropologik negizi, normal va anomal bolalar psixologiyasini qiyoslash» nomli asarining chop etilishi muhim ahamiyat kasb etdi. G.Y. Troshin rivojlanishida nuqsoni bo'lgan bolalarga yordam berishda faol qatnashdi. 1906-yilda G.Y.Troshin boshchiligida davolash maktabi tashkil etildi va bu yerda anomal bolalar uchun chuqur ilmiy bilimlarberish masalalariga e'tibor qaratildi. G.Y.Troshinning asosiy o'rganish predmeti - aqli zaif bolalar edi. Defektologiyaning fan sifatida shakllanishida G.Y.Troshin tomonidan ilgari surilgan va asoslangan normal va nuqsonli bola rivojlanish qonuniyatlarining umumiyligi to'g'risidagi fikrlari katta ahamiyat ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati pptx
Fayl hajmi 87.66 KB
Ko'rishlar soni 307 marta
Ko'chirishlar soni 27 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 20:45 O'zgarish: pptx fayl yangilangan
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati pptx
Fayl hajmi 87.66 KB
Ko'rishlar soni 307 marta
Ko'chirishlar soni 27 marta
O'zgartirish kiritilgan: O'zgarish: pptx fayl yangilangan
Tepaga