MAVZU: RAHBAR FAOLIYATIDA MuzoqARA. MuzoqARA VA MuzoqARA O'TKAZISH TURLARI REJA: KIRISH ASOSIY QIsiM Rahbar faoliyatida muzoqara Muzoqaralar olib borishning psixologik jihatlari. Muzoqara olib borish bosqichlari Muammoli, qiyin va nizoli vaziyatda muloqot olib borish Bosqichlari. Foydalanilgan adabiyotlar. Kirish Rahbar vakolatidagi imkoniyatlardan kelib chiqqan holda aytish mumkinki, tashkilot rahbari olib boradigan muzoqaralar ichki yoki tashqi turlarga bo'linishi mumkin. Ichki muzoqaralar - tashkilot ichidagi muammoga yo'nalgan bo'lib, ushbu muzoqarani qo'llash zarurati mazkur sharoitda boshqaruvning odatiy uslublari o'z kuchini yo'qotganligi bilan asoslanadi. Bundan tashqari tashqi muzoqara ham mavjud va u o'z navbatida bir necha darajaga bo'linishi mumkin: mamlakat doirasidagi sohada, sohalararo va xalqaro muzoqaralar. qayd etilgan pog'onalarga qanchalik yuqori ko'tarilsak, bunda amalga oshuvchi muzoqaraning ahamiyati ham shunchalik oshib boraveradi. Xo'sh, qanday holda muzoqaraga murojaat etiladi va qay sharoitda muzoqarasiz ham ish ko'rish mumkin. Muzoqaraga murojaat etish hollari quyidagicha: bir tomonlama harakat natija bermaydi; masalaning yechimi qonun bilan belgilanmagan; masalani sudgacha hal etish samaraliroq bo'lgan taqdirda va shu kabi nostandart vaziyatlarda. Odatda muzoqaralarning tashkiliy, huquqiy, axloqiy tomonlari farqlanadi va ular muzoqara shakliga ko'ra turlicha mazmunga ega. Masalan, xalqaro munosabatlar sohasidagi muzoqaralar aniq qayd etilgan qoida va me'yoriy tomonlariga ega bo'lsa, xo'jaliklararo uchrashuvlar doirasidagi ko'pgina uchrashuvlar tomonlarning qo'l siqishi orqali ham tasdiqlanib ketaveradi. Lekin muzoqara qay darajada amalga oshirilmasin uning natijasi kelishuvdan va ushbu kelishuvni u yoki bu shaklda qayd etishdan iboratdir. Muzoqaralar olib borishning psixologik jihatlari. Muzoqara - bu, biron-bir masala yuzasidan kelishuv jarayonidir. Bu jarayonda, odatda, kamida ikki tomon ishtirok etadi va har qaysi tomon, o'z manfaatini amalga oshirishni ko'zlaydi. Manfaatlari turlicha bo'lishiga qaramay, umumiy faoliyat olib boruvchi tomonlar ma'lum qoidalar doirasida harakat qilib, o'zaro qoniqtiruvchi va hamma tomonga ma'qul yechim ustida ish olib boradilar. Aynan shu umumiy faoliyatning mavjudligi manfaat va maqsadlarni muvofiqlashtirish imkoniyatini tug'diradi. Shuning uchun ham, muzoqara orqali maqsadga erishishni hohlovchi rahbar bu jarayonga xos tomonlarni, qolaversa, xususiyatlarni bilishi va kezi kelganda ularni boshqara olishi lozim. Rahbar faoliyatida muzoqara Muzoqara olib borish ko'lami juda keng bo'lib, bu soha tashkilotdagi ayrim ziddiyatli holatni ijobiy yo'nalishda hal etishdan boshlab, toki sarmoya jalb etishdagi qulay pozisiyani qo'lga kiritishga va hatto ziddiyatdagi tomonlarni yarashtirish yo'lida vositachilik vazifasini bajarish maqsadida ham qo'llaniladi. Shu bois, rahbar muzoqara olib borishga oid asosiy qonun va qoidalarni bilishi, ulardan amaliy tarzda foydalana olishi lozim. Muzoqara bu, nafaqat biron masala yuzasidan fikr almashish, balki muzoqara ishtirokchisi bo'lmish rahbar orqali uning tashkiloti haqida xulosa chiqarish manbai hamdir. Demak, muzoqara olib borish mahoratiga ega rahbar hatto o'rtame'yona tashkilotni ham boshqa raqobatdosh tashkilotga nisbatan ...

Joylangan
05 Sep 2022 | 21:58:40
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
pptx
Fayl hajmi
3.29 MB
Ko'rishlar soni
309 marta
Ko'chirishlar soni
42 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 20:47
O'zgarish: pptx fayl yangilangan
Joylangan
05 Sep 2022 [ 21:58 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
pptx
Fayl hajmi
3.29 MB
Ko'rishlar soni
309 marta
Ko'chirishlar soni
42 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 20:47 ]
O'zgarish: pptx fayl yangilangan