Oilada bolalar bilan muloqotni yo'lga qo'yish taqdimot

Oilada bolalar bilan muloqotni yo'lga qo'yish taqdimot

O'quvchilarga / Psixologiya
Oilada bolalar bilan muloqotni yo'lga qo'yish taqdimot - rasmi

Material tavsifi

Oilada bolalar bilan muloqotni yo'lga qo'yishning pedagogik- psixologik shart - sharoitlari Reja: Oilada axloqiy tarbiya Tarbiya jarayonida oilaning o'rni Milliy - ma'naviy tarbiya o'zining muayyan uslublar tizimiga ega ll Respublikada sobitqadam bilan xalqchil adolatli jamiyatni bunyod etish - bosh vazifadir. Mehnatsevar va badavlat ma'naviy yetuk va madaniyatli oila - shu jamiyatning asosini tashkil etadi I.A. Karimov Ota-onalar farzand ko'rish ularni sog'lom o'stirish bilan birga ularning odobli bo'lishlarini ham orzu qilishgan. Bola tilga kirishi bilanoq axloqiy tarbiyaning alifbosi bo'lgan salomlashishni o'rgatishgan. Oilada bolalarni har tomonlama yetuk insonlar qilib tarbiyalashda tarbiyaning barcha turlari o'z o'rniga ega va juda ham muhim. Bunda aqliy, axloqiy, estetik, jismoniy, iqtisodiy, huquqiy, ekologik tarbiyalarning har biri muhim o'rin tutadi. Ayniqsa axloqiy tarbiya inson ma'naviyatini shakllantirishning eng muhim vositasi hisoblanadi. Axloqiy tarbiyaning mazmunida jamiyatga, vatanga muhabbatni tarbiyalash va baynalmilallikni targ'ib qilish birinchi o'rinda turadi. Oilada bolaga ma'naviy- axloqiy tarbiya berishning asosiy maqsadi ularda axloqiy fazilatlarni hosil qilish va ularni rivojlantirish., ularni yaxshi xulq- atvorga o'rgatish, ularda ijobiy xatti- harakatlar ko'nikma va odatlarni vujudga keltirishdan iborat. Sharq- mutafakkirlarining axloqiy tarbiyaga doir bildirgan fikrlari: Abu Rayhon Beruniy insonning axloqiy fazilatlarini, umuman axloqiy tushunchalarni insonning tabiati bilan bog'laydi. Inson tabiati esa avvalo oilada shakllanadi. Shunga ko'ra bola tarbiyasida ota- ona ta'siri va namunasi benihoya kattadir. Ibn Sino bola tarbiyasida oila boshlig'i- otaning roliga alohida e'tibor beradi: Agar oilada -deydi u, oila boshlig'i tajribasizlik, no'noqlik qilsa u oila a'zolarini yaxshi tarbiyalay olmaydi va oqibatda bundan yomon natijalar kelib chiqishi mumkin Ma'naviy -axloqiy tarbiyalashda mehnatsevarlikning roliga alohida urg'u beradi. va ota-onalarni farzandlariga nisbatan kasb -hunar o'rgatishga chaqiradi. kk Ota- onalarimiz bobo- momolarimizdan, biz esa ota -onalarimizdan , farzandlarimiz esa bizdan o'rganadilar. Avlodlar vorisligi ham ana shundan kelib chiqadi. Tarixiy tajriba shuni ko'rsatadiki avlod- ajdodlarimiz axloqiy fazilatlarni bir- birlariga o'rgatib, bir- birlaridan o'rganib kelgan. O'zbekona milliy axloqda ota- bobolarimizning tarixiy tajribalari, davrlar sinovidan o'tgan saboqlari va bizga doim madad bo'lib turgan ruhiy quvvatlari jamuljamdir. Oilada shaxsni axloqiy shakllantirish bolaning tug'ilishidan boshlanadi. U ko'pgina omillar ta'sirida tarkib topadi. Bu omillar oilaviy munosabatlar xarakteri ota- onalarning namunasi ulardagi umum ta'lim darajasi umum madaniy saviyasi, hamda ularning pedagogik madaniyati va nihoyat oilaviy hayotning tashkil etilishidan iborat. 2 Oila jamiyatning boshlang'ich ijtimoiy bo'g'inidir. U o'zida oila a'zolarining ehtiyojlari, qiziqishlari ,mayllari, tarbiyasi va boshqa ijtimoiy faoliyat turlarini aks ettiradi. Ota- onalarning o'z hayotlari turmush tarzlari bola shaxsida ilmiy dunyoqarash asoslari, ma'naviy- axloqiy, nafosat, mehnat va boshqa ijtimoiy omillarni shakllantirish maqsadida tizimli ta'sir ko'rsatish jarayoniga oilaviy tarbiya deyiladi. Oilaviy tarbiyada ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati pptx
Fayl hajmi 703.08 KB
Ko'rishlar soni 1382 marta
Ko'chirishlar soni 243 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 20:50 O'zgarish: pptx fayl yangilangan
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati pptx
Fayl hajmi 703.08 KB
Ko'rishlar soni 1382 marta
Ko'chirishlar soni 243 marta
O'zgartirish kiritilgan: O'zgarish: pptx fayl yangilangan
Tepaga