Mavzu. O'smirlik davri Reja. 1. O'smirlik yoshining psixologik xususiyatlari. 2. O'smirlarning intellektual rivojlanishi. 3. O'smirlik davrida shaxsning shakllanishi. 4. O'smirlik davrida yangi xislatlarning paydo bo'lishi. 5. Tarbiyasi qiyin o'smirlar. O'smirlar muammosiga e'tiborni kuchaytirish zarurligining asosiy sabablari: fan va texnika rivojlanishi natijasida madaniyat, san'at va adabiyot, ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlarning o'zgarayotgani; ommaviy axborot tizimining kengayishi tufayli o'smirlar ongliligi darajasining ko'tarilgani; o'g'il va qizlarning dunyo voqyealaridan, tabiat va jamiyat qonunlaridan, tarixdan yetarli darajada xabardorligi; ularning jismoniy va aqiiy kamoloti jadallashgani; o'smirlar bilan ishlashda g'oyaviy-siyosiy, vatanparvarlik va baynalmilal tarbiyaga alohida yondashish zarurligi; oshkoralik, ijtimoiy adolat, demokratiya muammolarining ijtimoiy hayotga chuqur kirib borayotgani; o'quvchilar uchun mustaqil bilim olish, ijodiy fikr yuritish, o'zini o'zi boshqarish, anglash, baholash va nazorat qilishga keng imkoniyat yaratilgani. Ijtimoiy hayotda yaramas odatlarni keltirib chiqaruvchi anchagina manbalar bor: kino zallari, televideniyeda hamda internet tarmoqlaridan noto'g'ri foydalanish orqali o'smirlarga to'g'ri kelmaydigan filmlar, video tasvirlarga ruxsat etilishi; jamoat joylarida va ko'cha-ko'yda kattalarning nojoiz qiliqlar ko'rsatishlari; ta'limda biologik o'sish to'g'risida yetarli bilimlar berilmasligi; vrachlarning bu sohada keng ko'lamda ish olib bormasligi; ota-onalarda fiziologik va psixologik bilimlar yetishmasligi; o'smir bolalar va qizlarga mo'ljallangan materiallarning kamligi va hoka'zolar. O'smirlik davridagi rivojlanishlar. O'smirlik insonning balog'atga etish davri bo'lib, o'ziga xos xususiyati bilan kamolotning boshqa pog'onalaridan keskin farqlanadi. Balog'at davriga 11 (12) -15 yoshli qizlar va o'g'il bolalar kiradilar. Kamolotning mazkur pallasida jismoniy o'sish va jinsiy etilish amalga oshadi. Bolaning bo'yi 11-12 yoshida 6 -7 sm, hatto 10 sm gacha o'sishi mumkin. O'smirlik davrida bo'y bilan tana nomutanosib ravishda o'sadi, natijada bolalar oriq, nimjon va uzun bo'yli bo'lib ko'rinadilar. O'smirlarda yurakning hajmi va tiriklik sig'imi har yili 25 foiz kattalashib boradi. Bo'yning jadal o'sishi va tana og'irligining ortishi bilan qon hamda kislorodga ehtiyoj ham ortadi, bu ehtiyoj yurak hajmining kengayishi va funksional faoliyati ko'rsatkichlarining boyishi evaziga ta'minlanadi. Yurak qisqarishining chastotasi bir qadar sekinlashadi, masalan, 11 yoshda dakiqada 85-90 marta urgan bo'lsa, 14-15 yoshlarda 70 martagacha pasayadi. Yurak kengayishi bilan birga qon tomirlari ham yo'g'onlashadi. Qon aylanishi tizimining qayta qurilishi, vegetativ, nerv sistemasidagi beqarorlik qon aylanishini buzadi va o'smirda bazan qon bosimining ortishi ro'y beradi. O'smirlik davrida nafas olish organlari jadal rivojlanadi. O'pkaning tiriklik sig'imi quyidagicha bo'ladi: o'g'il bolalarda -11 yoshda 1900-200 ml; 15 yoshda 2600-2700 mm. qizlarda-11 yoshda 1800-1900 ml; 15 yoshda 2500-2600 ml. Shuning uchun nafas olish har daqiqada 2 marta kamayadi. O'g'il bolalar qorin bilan, qizlar esa ko'krak bilan nafas ola boshlaydidar. Ko'krak qafasi, nafas olish muskullari tez o'sa boradi va jinsiy etilishni kuchaytiradi. Akseleratsiya nazariyalari. O'smir kamolotga ...

Joylangan
05 Sep 2022 | 21:58:40
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
pptx
Fayl hajmi
307.23 KB
Ko'rishlar soni
306 marta
Ko'chirishlar soni
40 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 20:48
O'zgarish: pptx fayl yangilangan
Joylangan
05 Sep 2022 [ 21:58 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
pptx
Fayl hajmi
307.23 KB
Ko'rishlar soni
306 marta
Ko'chirishlar soni
40 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 20:48 ]
O'zgarish: pptx fayl yangilangan