PSIXOLOGIK KONFILIKT NIMA? KONFLIKT - bu ikki, yoki undan ko'p tomonlarning o'z maqsadlariga yetish yo'lidagi turli manfaatli to'qnashuvidir Konfliktologiya - ijtimoiy konfliktlarning sabablari, shakllari, rivojlanishi hamda ularni hal qilish va oldini olish haqidagi fandir. Psixologik konfliktologiya barcha mazkur masalalarni psixologik nuqtai nazaridan qarab chiqadi. Munosabatlar ishtirokchilari bo'lgan shaxslar o'rtasida vujudga keladigan psixik konfliktlarning sabablari, shakllari va dinamikasini o'rganadi, shuningdek konfliktlarni tartibga solish usullari, va vositalarini ishlab chiqadi. Psixologik jihatdan konfliktlarni o'rganish faqat nazariy emas, balki juda muhim amaliy ahamiyatga ham ega. Fanning bu sohasi vaziyatlarda yuzaga keluvchi konfliktlarning oldini olishga, ularni hal qilish uchun samarali choralarni qo'llashga yordam beradi. Konflikt har bir inson hayotiga aloqador bo'lgan o'ziga xos jarayon bo'lib, hech bir inson o'zini komil ishonch bilan konflikt vaziyatlardan muhofaza qilinganman deb ayta olmaydi. Konfliktlar inson hayotining ajralmas qismi hisoblanadi, chunki har bir inson o'z hayoti davomida konfliktlar bilan to'qnash keladi. Konfliktlar tabiiy hodisa bo'lib, konflikt bilan to'g'ri munosabat o'rnatish inson tarbiyasi, uning shakllanishining zaruriy talablaridan biridir. So'nggi vaqtlarda zamonaviy jamiyatlardagi insonga bo'lgan turli ilmiy-texnik, ma'naviy, iqtisodiy ta'sirlarning haddan ziyod ortib borishi, zamonaviy jamiyatlarda yashash tarzining murakkablik tomon ortib borayotganligi odamlar to'qnash kelishi mumkin bo'lgan turli konflikt vaziyatlarni ham oshiradi. Konflikt - oddiy hol. Chunki konflikt har birimizning turmushimiz va tirikchiligimizga xos bo'lgan, hayotimizga tegishli narsa. Ammo ko'pchilik ongida an'anaviy mavjud bo'lgan fikrga ko'ra, konflikt bu - oddiy hol emas, u ziddiyatli hol, undan o'zini muhofaza qilish kerak, undan o'zini tortish zarur, konfliktdan ―qochish‖ kerak. Insonlararo, oilalar ichida bo'layotgan konfliktlardan o'zini tortishni bizga bolaligimizdan o'rgatib kelishadi. Konflikt oldida, unga nisbatan fobiya, ya'ni konfliktdan qo'rqish hollari ko'pchilikni tashkil qiladi. Bizni bolaligimizdan konflikt vaziyatlardan o'zimizni tortishga, ―janjalkash‖ bo'lmaslikka, nizolarni keltirib chiqargan va unda qatnashgan odamlardan o'zimizni tortib yurishga o'rgatishadi. Konflikt - bizning milliy menetalitetimizda ―yaxshi‖ bo'lmagan holat va vaziyatga tenglashtiriladi. Konflikt bo'lganidan ko'ra, konflikt bo'lmaganini biz afzalroq ko'ramiz. Konflikt - bu tabiiy holat. Konflikt har doim ham buzg'unchilik yoki zo'ravonlik emas. Konfliktni to'g'ri hal etilsa, u yaratuvchanlik qudratiga ega bo'ladi. Konflikt tomonlar munosabatlarini yanada mustahamlashi, ularni yangi mazmunda qayta qurishi mumkin. Masalan, o'zbeklar ―eru-xotinning urushi, doka ro'molning qurishi‖ deb bejiz aytishmagan. Oilada yer va xotin o'rtasidagi ziddiyatlar mavjud bo'lsa ham, ko'p hollarda umumiy manfaatlar ularning tez hal etilishi, manfaatlar asosida tomonlar uyg'unligi vujudga kelishini isbotlaydi. Demak, konflikt vaziyatni vujudga keltiruvchi turli manfaatlarni o'zaro birlashtirish, ularni muvofiqlashtirish imkoniyati tabiiy mavjud. Ziddiyatdan chiqib ketish uchun qilinadigan eng birinchi qadam har doim mana shu ziddiyatni keltirib chiqargan manfaatlarni o'zaro muvofiqlashtirish mumkinligiga bo'lgan ishonch va harakatdan ...

Joylangan
05 Sep 2022 | 21:58:40
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
pptx
Fayl hajmi
1.2 MB
Ko'rishlar soni
278 marta
Ko'chirishlar soni
35 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 20:56
O'zgarish: pptx fayl yangilangan
Joylangan
05 Sep 2022 [ 21:58 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
pptx
Fayl hajmi
1.2 MB
Ko'rishlar soni
278 marta
Ko'chirishlar soni
35 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 20:56 ]
O'zgarish: pptx fayl yangilangan