PSIXOSOTSIAL SALOMATLIK, ASOSIY KO'RSATKICHLAR VA BAHOLASH MEZONLARI Reja: 1. Psixologik salomatlik, uning strukturasi va buzilish me'yorlari. 2. Psixologik salomatlikka xavf soluvchi omillar. 3.Shaxs psixologik salomatligining psixologik-pedagogik sharoitlari. Salomatlik - nafaqat kasallik yoki jismoniy nuqsonlarning yukligi, balki tulik jismoniy, ruhiy, ijtimoiy xotirjamlik holatidir. JSSTning takidlashicha, inson salomatligi quyidagi omillarga bog'liq: sog'lom turmush tarzining asosiy yo'nalishlari: to'g'ri ovqatlanish Zararli odatlardan voz kechish Tibbiy kurikning ahamiyati Atrof muhit va salomatlik Jismoniy faollik va chinikish Kun tartibiga amal qilish Shaxsiy gigiyena Psixo-gigiyena va psixoprofi-laktika Psixologik salomatlik, uning strukturasi va buzilish me'yorlari. Psixogigiyena - psixik sog'liqni saqlash va mustahkkamlashga yo'naltirilgan tadbirlarni ishlab chiquvchi va amalga oshiruvchi gigiyena sohasidir. N.D.Lakosin va G.K.Ushakovlar (1976) psixogigiyenani tibbiyot fanlarining mustaqil bo'limi sifatida ajratadilar. V.P.Petlenko va boshqalarning (1997) fikriga ko'ra, psixogigiyena faqatgina psixiatriya bilan bog'liq bo'lib qolmay, balki tibbiyot psixologiyasi, tibbiyot sotsiologiyasi, valeologiya fanlari bilan bog'liq kompleks fan hisoblanadi. Psixogigiyenani bir necha bo'limlarga ajratish mumkin: Psixogigiyenaning asosiy maqsadi psixik salomatlikni ruhiy muvozanatni saqlashdir. Psixogigiyenaning yo'nalishlari orasida insonning psixik holatiga va psixik salomatligiga ta'sir etuvchi muhit omillarini o'rganish muhim o'rin egallaydi. Bunday omillarga psixik kasalliklarga chalingan bemorlarga noto'g'ri munosabat, dori vositalarini ko'p iste'mol qilish, ba'zi faoliyatlarda sharoitning qiyinligi, noqulay ekologik omillar va boshqalarni kiritish mumkin. Psixogigiyena insonga uning psixik sog'lig'i uchun xavfli bo'lgan noqulay ta'sirdan qochishga, tabiiy kuchlardan foydalanib, qiyinchiliklarni yengishga o'rgatadi. Psixogigiyena fan sifatida 19-asr oxiri 20-asr boshlarida vujudga keldi. Rossiyada psixogigiyenaning paydo bo'lishi 1887 yilda bo'lib o'tgan psixiatrlarning 1- s'ezdi bilan bog'lanadi. S'ezdda I.P.Merjaevskiy, S.S.Korsakov, I.A.Sikorskiy psixiatrlarga, shifokorlarga, mamlakatdagi ilg'or kishilarga psixik va ruhiy kasallikning oldini olish bo'yicha dastur va g'oyalar haqida murojaat qiladi. xorijiy adabiyotlarda psixogigiyenaning paydo bo'lishi Biers asos solgan harakat bilan bog'lanadi. Bu soliq xizmatchisi 2 yil psixiatrik kasalxonada yotib chiqqanidan so'ng, 1908 yilda butun dunyoda qiziqish uyg'otgan O'zini topgan aql nomli kitobini nashr qiladi. Keyinroq u psixogigiyenik jamiyatni tuzdi. 1917 yilda psixogigiyenik jamiyat Kanadada, 1918 yilda Frantsiyada paydo bo'ldi. Psixogigiyena masalalari bilan Krepelin, Forel, Bleyxer kabi mashhur psixiatrlar shug'ullanishadi. Psixofiziologik tadqiqotlarning boshqa eng muhim masalalaridan biri organizmga u yoki bu muhit ta'sirlarini va ularning aniq neyropsixologik ko'rsatkichlarining dinamik o'zgarishlarini hisobga olgan holda me'yorga solinishini o'rganishdir. Bulardan tashqari o'sib kelayotgan avlodning individual psixofiziologik xususiyatlari: xarakter, moyilliklar, shaxs, oliy nerv faoliyati xususiyatlari, bosh miya analizatorlarning funksional imkoniyatlari, psixomotorika, nerv psixik salomatligi, u yoki bu kasbni tanlashdagi qiyinchiliklarga emotsional javob berish shakllarining o'ziga xosligini hisobga olgan holda kasbga yo'naltirishga katta ahamiyat berilmoqda. Psixogigiyenik tadqiqotlar doirasi bolalar va o'smirlarning nerv-psixik salomatligi, shuningdek, uni aniqlovchi omillar tizimini o'rganish, shaxsning shakllanishi ...

Joylangan
05 Sep 2022 | 21:58:40
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
pptx
Fayl hajmi
2.63 MB
Ko'rishlar soni
608 marta
Ko'chirishlar soni
100 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 20:56
O'zgarish: pptx fayl yangilangan
Joylangan
05 Sep 2022 [ 21:58 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
pptx
Fayl hajmi
2.63 MB
Ko'rishlar soni
608 marta
Ko'chirishlar soni
100 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 20:56 ]
O'zgarish: pptx fayl yangilangan