Psixologik trening haqida umumiy tushuncha slayd

Psixologik trening haqida umumiy tushuncha slayd

O'quvchilarga / Psixologiya
Psixologik trening haqida umumiy tushuncha slayd - rasmi

Material tavsifi

MAVZU: Psixologik trening haqida umumiy tushuncha Trening haqida tushuncha. Psixologik treningning maqsadi va vazifalari. Trening jarayonida trenerlarning xatolari TRENING ingliz tilidan olingan bo'lib, mashq qilish, takrorlash ma'nolarini bildiradi. !! Trening mashg'ulotlari kishilarning muammolarini hal qilmaydi, balki shu muammolarning asosini tahlil qila olish uchun lozim bo'lgan ko'nikma va malakalarni hosil qiladi. TRENING - shaxsda mavjud bo'lgan yoki vujudga kelishi mumkin bo'lgan muammolarni hal qilish uchun zarur bo'lgan ko'nikma va malakalarni hosil qilish maqsadida turli xil o'yin va mashqlar orqali o'tkaziladigan mashg'ulot hisoblanadi. Treningga ta'rif berish yoki uni tushuntirishda turli mualliflar tomonidan turlicha yondashuvlar keltirilgan bo'lsada, ularning aksariyati trening mashg'ulotlari o'yin va mashqlar orqali amalga oshirilishiga va trening jarayonida ko'nikma va malakalar hosil etilishiga e'tibor qaratganlar. Psixologik treninglarning maqsadi quyidagicha bo'lishi kuzatiladi: SHaxsda muloqotchanlik ko'nikmalarini hosil qilish; Hayotdagi qarama-qarshiliklarni to'g'ri tushuna olish va tahlil qilishga o'rgatish; SHaxsning ichki holati (ruhiyati)ni o'zgartirishga erishish; SHaxsni kamoloti uchun zarur bo'lgan ko'nikmalarni hosil qilish; Favqulodda vaziyatlarda to'g'ri qaror qabul qila olish ko'nikmasini hosil qilish Psixologik treninglarning vazifalariga quyidagilarni kiritish mumkin: Guruh a'zolarining bir-birlari bilan tanishuvini tashkil etish; Guruh a'zolari bilan birgalikda normalarga amal qilishga o'rganish; Guruh a'zolarining muammolarini gapirtirishga sharoit yaratish; Guruh a'zolari o'rtasida o'zaro do'stona muhit yaratish; Guruh a'zolarining kayfiyatini ko'tarish; Guruh a'zolari o'rtasida samimiylik muhitini yaratish; Guruh a'zolarining o'zaro jipsligini, ahilligini ta'minlash; Guruh a'zolarining qayta aloqasini ta'minlash; Guruh a'zolarida turli xil hayotiy ko'nikma va malakalarni hosil qila oluvchi mashg'ulotlar tashkil etish. Trening jarayonida trenerlarning xatolari TRENINGNING BOSQICHLARI: Yakunlash bosqichi. Bu tamoyil ko'proq eksperimental psixologiya asosida quyidagi g'oyaga bo'ysunadi: Inson eshitganlarining 10%ni, ko'rganlarining 50% ni, aytib berganlarining 70% ni va nihoyat o'zi qilganlarining 90% ni o'zlashtiradi. Bu tamoyilning asosiy mohiyati shundan iboratki, trening davomida ishtirokchilar guruhi psixologiyada aniq bo'lgan, kashf etib ulgurilgan g'oyalar, qonuniyatlarni topadilar, kashf qiladilar, eng asosiysi esa o'zlarining shaxsiy resurslarini, imkoniyat va sifatlarini anglab etadilar. Mashqlar davomida ishtirokchilar xulq-atvori impulsivlikdan obyektivlik darajasiga o'tadi va trening davomida o'zgarishlar kiritish imkonini beradi. Xulq-atvor obyektivligining universal vositasi sifatida aks aloqa hisoblanadi. Guruhdagi aks aloqani yuzaga kelishini ta'minlash trenerning mas'uliyatidir. Sheriklik, yoki subyekt-subyektlik muloqoti boshqalar manfaati, ular hissiyotlari, his-tuyg'ulari, qayg'ulari, boshqa insonning shaxsiy qadr qimmati deb tan olinadi. Ushbu tamoyilning qo'llanilishi guruhda ishonch, ochiqlik iqlimini yaratadi. Demak-ki, trening - shaxsda mavjud bo'lgan yoki vujudga keladigan muammolarni hal qilish uchun zarur bo'lgan bilim, ko'nikma malakalarni hosil qilish maqsadida bahs-munozara, o'yin va mashqlar orqali o'tkaziladigan mashg'ulotlar yig'indisidir. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati pptx
Fayl hajmi 229.71 KB
Ko'rishlar soni 626 marta
Ko'chirishlar soni 150 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 20:57 O'zgarish: pptx fayl yangilangan
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati pptx
Fayl hajmi 229.71 KB
Ko'rishlar soni 626 marta
Ko'chirishlar soni 150 marta
O'zgartirish kiritilgan: O'zgarish: pptx fayl yangilangan
Tepaga