Shaxsalaro munosabatlar psixodiagnostikasi slayd

Shaxsalaro munosabatlar psixodiagnostikasi slayd

O'quvchilarga / Psixologiya
Shaxsalaro munosabatlar psixodiagnostikasi slayd - rasmi

Material tavsifi

Mavzu: Shaxsalaro munosabatlar psixodiagnostikasi REJA. 1.Shaxsalaro munosabatlar mohiyati. 2.Shaxsalaro munosabatlar psixdiagnostikasida qo'llaniladigan metodlar. 3 Shaxsalaro munosabatlarga ta'sir ko'rsatuvchi individual xususiyatlar diagnostikasi. Shaxslararo munosabatlar - bu obyektiv tarzda boshdan kechiriladigan, turli darajada anglanadigan insonlar o'rtasidagi o'zaro aloqalardir. N.N.Obozov fikriga ko'ra Shaxslararo munosabatlar asosini o'zaro ta'sirga kiruvchi insonlarning emotcional holati va ularning psixologik xususiyatlari tashkil etadi. Shaxslararo munosabatlarning rivoji jins, yosh, milliy xususiyatlar va boshqa ko'pgina omillar bilan belgilanadi V.N.Drujinin fikricha, ayollarda muloqot doirasi erkaklarga nisbatan torroq. Shaxslararo muloqotda ular o'zini namoyon qilish, o'zlari haqida boshqalarga informatciya berish ehtiyojini his qiladilar. Ayollar uchun shaxslararo munosabatlarda ifodalanuvchi xususiyatlar ahamiyatli bo'lsa,erkaklar uchun ish bilan bog'liq xislatlar muhimroq hisoblanadi. Guruh va jamoalarda shaxs 2 xil munosabatda bo'ladi: Ish yuzasidan bo'ladigan munosabatlar. Shaxsiy nunosabatlar. Ish yuzasidan bo'ladigan munosabatlar guruh tarkibi bilan birga hujjatlarda qayd etiladi. Shaxsiy munosabatlar esa simpatiya, bog'liqlik, do'stlik, o'rtoqlik, antipatiya asosida vujudga keladi. Shaxslararo munosabatlar o'zining dinamikasiga ega: Tarkib topadi; Mustahkamlanadi; Muayyan cho'qqiga ko'tariladi; Susayadi yoki tugallanadi. Shaxslararo munosabatlarning 3 darajasi 1. Simpatiya,antipatiya asosida vujudga keluvchi munosabatlar. 2. Ish yoki o'qish yuzasidan bo'ladigan o'zaro munosabatlar. 3. Insoniy munosabatlar yoki chuqur, ishonchga asoslangan o'zaro munosabatlar. Simpatiya (grekcha sympatheia-ichki tortish,yoqimlilik) - bu boshqa kishilarga nisbatan barqaror ijobiy munosabat bo'lib, xushmuomalilik, samimiylik kabi muloqotga undovchi xususiyatlarda namoyon bo'ladi va diqqat-e'tiborlilik, yordam ko'rsatishga intilishda(altruism) ifodalanadi. Kovalev A.G. ta'rificha, simpatiya - insonning boshqa kishiga unchalik ahglanmagan munosabati va moyilligi. Simpatiya yuzaga kelishining sabablari anglangan yoki kam anglangan bo'lishi mumkin. Anglangan sabablarga - qarash, g'oya, qadriyatlar, qiziqishlar, ma'naviy ideallar birligi kiradi. Kam anglangan sabablarga - tashqi jozibadorlik, xarakter xislatlari, xulq- atvor manerasi kiradi. Shaxslararo munosabatlar muloqot vositasida amalga oshiriladi. Muloqot - bu ikki yoki undan ortiq kishilarning o'zaro ta'siri, ular o'rtasida bilish yoki affektiv baholash xarakteridag axborot almashinishdir. Muloqot - murakkab, ko'p qirrali jarayondir. Uning tuzilishida uchta tomon farqlanadi: Muloqotning kommunikativ tomoni. Muloqotning interaktiv tomoni. Muloqotning pertceptiv tomoni. Kommunikatciya - inglizcha so'z bo'lib, xabar qilish, aytish ma'nosini anglatadi. Kommunikatciya insonlar o'rtasidagi tasavvur, fikr, his-tuyg'u, kayfiyat almashinuvidan iborat bo'lib, ularning o'zaro ta'siri orqali amalga oshiriladi. Kommunikator - axborot beruvchi. Retcipient - axborotni qabul qiluvchi. Muloqot jarayonida kommunikator va retcipient navbatma-navbat o'rin almashadilar. Kommunikatciya verbal va noverbal vositalar yordamida amalga oshiriladi. Verbal kommunikatciya - nutqiy. Noverbal kommunikatciya - imo-ishora, mimika, pantomimika, y'ani belgilarning optiko-kinetik tizimi; intonatciya, pauza kabi vosita va usullar yordamida amalga oshiriladi. Noverbal kommunikatciya shakllari: 1.Kinestetika - tana, qo'l harakatlari(jestikulyatciya), mimika, pantomimika. 2.Paralingvistika - bu ovoz tembri, diapazoni, tonalligi. 3.Ekstrolingvistika - nutq tempi, pauzalar, tomoq qirish, yig'lash, kulgi va ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati pptx
Fayl hajmi 153.3 KB
Ko'rishlar soni 893 marta
Ko'chirishlar soni 231 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 21:03 O'zgarish: pptx fayl yangilangan
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati pptx
Fayl hajmi 153.3 KB
Ko'rishlar soni 893 marta
Ko'chirishlar soni 231 marta
O'zgartirish kiritilgan: O'zgarish: pptx fayl yangilangan
Tepaga