Yosh psixologiyasi fanining predmeti, maqsad va vazifalari

Yosh psixologiyasi fanining predmeti, maqsad va vazifalari

O'quvchilarga / Psixologiya
Yosh psixologiyasi fanining predmeti, maqsad va vazifalari - rasmi

Material tavsifi

Yosh psixologiyasi fanining predmeti, maqsad va vazifalari Reja: Yosh psixologiyasi fanining predmeti, maqsadi Yosh psixologiyasining nazariy va amaliy vazifasi. Psixik rivojlanish determinatsiyasi muammosi. Yosh psixologiyasining asosiy tushunchalari. YOsh davrlar psixologiyasi -bu psixologiya fanini sohasi bo'lib, inson rivojlanishining fakt va qonuniyatlarini uning psixikasini hamda yosh dinamikasini o'rganadi. YOsh psixologiyasi insonlarning xulq-atvoridagi yoshga xos o'zgarishlarni ajratib ko'rsatadi va bu o'zgarishlarni mohiyatini ochib berishga hamda odamlarni malaka va bilimlarni o'zlashtirishning qonuniyatlarini tushuntirishga harakat qiladi. YOsh davrlar psixologiyasi fanining predmeti Turli yoshdagi odamlarning (bolalar, o'quvchilar, katalar, erkaklar, ayollarning (antogenezda) tug'ilganidan umrining oxirigacha) psixik rivojlanish jarayonini, shaxsning shakllanishi hamda o'zaro munosabatlari qonuniyatlarini o'rganishdan iborat. YOsh davrlar psixologiyasi inson psixikasining rivojlanish qonuniyatlari va xususiyatlari hamda shu rivojlanishning bosqichlari to'g'risidagi fandir. YOsh davrlar psixologiyasining tadqiqot obyekti -ontogenezda rivojlanayotgan o'zgaruvchan sog'lom shaxs. YOsh davrlar psixologiyasining oliy vazifasi o'zgaruvchan dunyoda kamolga etayotgan hamda rivojlanayotgan individni o'rganish. YOsh davrlar psixologiyasi fanning vazifasi umumiy psixik rivojlanishini inson tug'ilganidan vafot etgunga qadar ulkan davrni tadqiq etishdir. YOsh davrlar psixologiyasining nazariy vazifalari: -insonning butun hayoti davomida psixik rivojlanishning harakatga keltiruvchi kuchlari, manbalari va mexanizmlarigni o'rganish; -ontogenezda psixik rivojlanishni davrlashtirish; -psixik jarayonlarni yosh xususiyatlari va qonuniyatlarini kechishini o'rganish; -faoliyatda bilimlarni o'zlashtirishni turli xil turlarini amalga oshirishning yoshga doir imkoniyatlari, xususiyatlari, qonuniyatlarini aniqlash; -shaxsni yosh davrlarda shu jumladan tarixiy taraqqiyot jarayonida rivojlanishini o'rganish. YOsh davrlar psixologiyasining amaliy vazifalari: -psixik funksiyalarning yoshga xos me'yorlarini, insonning psixologik zahiralari va ijodiy imkoniyatlarini aniqlash; -psixik rivojlanish xususiyatlarini bolalarda psixik sog'lomlikni kechishini muammoli vaziyatlarda ota-onalarga yordam ko'rsatish, nazoratga olishni tizimli xizmatini yaratish; -yosh davrlar va tibbiy diagnostikasi; -inson hayotining inqirozli davrlarida psixologik hamkorlik psixologik yordam funksiyalarini yaratish; -uzluksiz ta'lim tizimida o'quv-ta'limiy jarayonni qulayroq tashkil etish. YOsh davrlar psixologiyasi fanlarining asosiy vazifasi: YOsh davrlar psixologiyasining nazariy vazifasi shaxsning kamol topishi qonuniyatlari va turli yosh davrdagi odamlarda namoyon bo'ladigan psixik faoliyat holat va shart-sharoitlarining o'zaro ta'siri xususiyatlarini o'rganishdan iborat. YOsh davrlar psixologiyasining amaliy vazifasi - psixik jarayonlarning namoyon bo'lishi va rivojlanishi, shuningdek, inson shaxsi psixologik xususiyatlarining tarkib topishi qonuniyatlarini o'rganishda qo'lga kiritilgan ilmiy talillarini ta'lim-tarbiya sohalariga tadbiq etishni tashkil etadi. YOsh davrlar psixologiyasi quyidagi amaliy maqsadlarni amalga oshirishni ko'zda tutadi. - ta'lim-tarbiya ishlarini takomillashtirishga yordam beradi; - moddiy ne'matlar ishlab chiqarishning samaradorligini oshirish; - millatlararo munosabatni yaxshilashga; - shaxslararo munosabatning to'g'ri yo'naltirishga; - jamoada ijobiy psixologik muhitni yaratishga; - uzoq umr ko'rish sirlarini ochishga; - oilaviy munosabatlarni mustahkamlashga; - ajralishlarning oldini olishga xizmat qiladi; YOsh davrlar psixologiyaning boshqa fanlar bilan bog'liqligi: Falsafa - tabiat, jamiyat va inson taraqqiyotining eng umumiy qonunlari haqidagi ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati pptx
Fayl hajmi 125.75 KB
Ko'rishlar soni 524 marta
Ko'chirishlar soni 76 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 21:12 O'zgarish: pptx fayl yangilangan
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati pptx
Fayl hajmi 125.75 KB
Ko'rishlar soni 524 marta
Ko'chirishlar soni 76 marta
O'zgartirish kiritilgan: O'zgarish: pptx fayl yangilangan
Tepaga