Quyosh baribir chiqaveradi - E. Heminguey

Quyosh baribir chiqaveradi - E. Heminguey

O'quvchilarga / Psixologiya
Quyosh baribir chiqaveradi - E. Heminguey - rasmi

Material tavsifi

E.Heminguey Quyosh bari bir chiqaveradi Kirish Yigirmanchi asr jahon adabiyoti xazinasiga durdonalar qo'shgan amerika yozuvchisi Ernest Xeminguey o'z asarlarida zamonning muhim muammolarini ko'targan, burjua olamining illatlarini haqqoniy ko'rsatgan buyuk san'atkor edi. U Quyosh bari bir chiqaveradi (Fiesta) romanida g'arbdagi maktab bo'sag'asidan birinchi jahon urushining qonli girdobiga tashlangan avlodning zavolini, g'am-tashvishlarini, fojiaviy qismatini mohirona tasvirlagan. BIRINChI KITOB Birinchi bob Robert Kon bir vaqtlar o'rta vaznda Prinston universitetining chempioni bo'lgandi. Bu unvonning menga sariq chaqalik qadr-qiymati bor-yo'qligini bilmayma-nu, ammo Konga u ardoqli edi. Aslida Robertda boksga moyillik yo'q edi, aksincha -boks desa ishqori ozardi, lekin shunday bo'lsa ham o'lib-tirilib, qunt bilan boks tushishni o'rganardi. Yahudiylarga past nazar bilan qaraladigan Prinstonda u jur'atsizligi hamda beqadrligidan o'ksish tuyg'usidan xalos bo'lish uchun ham shunday qilardi. U haqorat qilgan har bir kimsani bir urib yerga ardarib yuborishini bilardi-yu, ammo tabiatan yuvosh va beozor bo'lgani uchun ham sport zalidan boshqa joyda also urishmasdi. U Spayder Kellining eng yaxshi shogirdi edi. Spayder Kelli o'zining barcha shogirdlari-ga, ular bir yuz besh qadoqmi yoki ikki yuz besh qadoqmi bo'lishidan qat'i nazar, eng yengil vaznli bokschilar ishlatadigan usullarni o'rgatardi. Aftidan Kon uchun ham eng keragi shu narsa edi. U haqiqatan ham juda chaqqon bo'lib shunaqayam mohiroma boks tushardiki, oqibatda Spayder bilan olishish sharafiga muyassar bo'ldi. Bir bellashuvda Kelli chunonam urdiki, bechora nokaut bo'lib, burni yalpayib qoldi. O'shandan keyin Konning boksga bo'lgan nafrati yanayam oshdi, biroq shunga qaramay, unda allaqanday g'alati qoniqish hissi paydo bo'ldi, hatto haligi zarbadan burnining shakli ham ko'rkamlashib qoldi. Pristonda istiqomat qilgan oxirgi yili u juda ko'p o'qidi, ko'zoynak taqib yuradigan bo'ldi. Kursdoshlaridan hech biri uni tanimasdi. Ular hatto Robertning boksdan o'rta vaznda chempion bo'lganini ham bilishmasdi. Men o'zlari haqida bor haqiqatni aytib beruvchi hamma sofdil odamlarga isxonavermayman, shu sababli ham ancha vaqtgacha Robert Kon hecham boksdan chempion bo'lmagan deb, shubhalanib yurdim: yuzidagi chandiq - yoshligida ot bosib olgan jarohatning o'rni, balki onasi homilador paytida bir nimadan qo'rqqanining asorati yoki bolaligida u yugurib kelib nimagadir urib olganining izi bo'lsa kerak. Keyinchalik axiyri Spayder Kellidan so'rab-surishtirdim. Spayder Kelli uni faqat eslabgina qolmay, balki Konning taqdiri nima bo'lgani haqida ham o'ylab yurarkan. Robert Kon ota tomonidan N'yu-Yorkdagi eng badavlat yahudiy oilasiga, ona tomondan - eng qadimgi oilalardan biriga mansub edi. Harbiy bilim yurtida Prinston universitetiga o'qishga kirishga tayyorlanayotganida, futbol komandasida faxrli o'rinni egallab turgan paytida hech nima unga irqiy taajublikni eslatmagandi. U Prinstonga kelgunicha hech kim Konga yahudiysan, deb sha'ma ham qilmagandi. Kon muloyim, ko'ngilchan, haddan tashqari tortinchoq yigit bo'lgani ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 252.4 KB
Ko'rishlar soni 559 marta
Ko'chirishlar soni 98 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 21:13 Arxiv ichida: doc
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → doc
Fayl hajmi 252.4 KB
Ko'rishlar soni 559 marta
Ko'chirishlar soni 98 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: doc
Tepaga