Ota-ona - bola munosabatlari tizimi O ila va nikohning paydo bo'lishiga sababchi omillardan biri, ayniqsa, bizning sharoitimizda, farzand tug'ilishidir. Farzandsiz yer-xotin aloqalarini, umuman oilaviy munosabatlarini tasavvur qilish mushkul. Ilmiy manbalar tarixan insoniyat ota-ona va farzandlar munosabatlari o'ziga xos bosqichlar va rivojlanish qonuniyatlarini boshidan kechirganligidan guvohlik beradi. Bashar tarixi shundan dalolat beradiki, zamonlar osha ota-onaning bolaga nisbatan xususiy mulkday qarab, uning ustidan hukmronlik qilishi borgan sari farzand ehtiyojlari bilan hisoblashish, uning barcha istaklarini bajo keltirib, unga cheksiz g'amxo'rlik ko'rsatishgacha bo'lgan munosabatlarga aylangan. Ota-ona - bola munosabatlarini agar tarixiy davrlarga bo'ladigan bo'lsak, ota-onaning bolaga yondashuv usullari bo'yicha qator bosqichlarni boshdan kechirganligini ko'rish mumkin. Olimlarning tavsiflashicha, antik davrlarda erkak va ayol aloqalari oqibatida farzand tug'ilsa, unga deyarli befarq qarash, yani, infantitsid munosabat kuzatilgan, bunday munosabat mohiyatan shafqatsizlikka asoslangan bo'lib, bolani dunyoga keltirganlar uchun uning nasl-nasabi, taqdiri unchalik ahamiyatli bo'lmagan. Yangi asrga kelib, bu munosabatlar tubdan o'zgargan, odam zotida egoizm, o'ziga tegishli narsaga nisbatan egalik hissining takomillashib borishi o'zidan bo'lgan zurriyodga nisbatan munosabatlarda ham o'z aksini topgan. Mulkchilik shakllarining o'zgarishi, turmush tarzi qadriyatlariga monand kattalarning bolaga nisbatan his-kechinmalari ham o'zgarib borgan. Masalan, XIX asrning boshlari XX asrlarning o'rtalariga kelib, ota-onalar farzandlarining jamiyatda tutajak o'rinlari, ularning ijtimoiylashuviga alohida etibor bera boshlaganlar. Keyingi davrlar esa kattalarning kichiklar taqdiriga befarq emasligi, ularni qo'llab-quvvatlash, rivojlanishiga ko'maklashishning ahamiyatini anglash davri bo'lgan. Bu an'ana deyarli bizning davrimizda ham davom etib kelmoqdaki, endilikda tug'ilgan bolaga etibor oilaning barcha qadriyatlaridan ustun ham keladi. Lekin bunday g'amxo'rlik psixologiyasi ham madaniy-tarixiy o'ziga xoslikka ega. Masalan, ayrim xalqlar (aksariyat Yevropaxalqlari) bolaga u kichikligida juda katta mehr va g'amxo'rlik ko'rsatadi, taxminan o'smirlik davridan boshlab, uning erkinligi tan olinadi va ota-ona tomonidan beriladigan tarbiya uslublari o'zgartirilib, unga kattalarcha munosabatlar barqarorlashadi. Boshqa bir madaniy-etnik hududlarda, aksincha, farzand balog'atga etgani sari ota-onaning unga etibori kuchayadi. Masalan, Osiyo xalqlari, xususan, o'zbeklarda ham oila kattaligi va serfarzandligi bois, bolalarning kichik yoshdagi rivojlanish xususiyatlariga tabiiy holatday qarab, juda katta qayg'urish bilan uning ma'naviy, ruhiy rivojlanishiga etibor qaratilmaydi. Lekin qiz bola balog'atga etib, ko'rkamlashib borgani sari, o'g'il bolaning qo'lidan ish kelib, qatorga qo'shilgani sari, ota-onada ulardan g'ururlanish, taqdiriga kuyunish, g'amxo'rlik ko'rsatish ham ortib boradi. Bunday g'amxo'rlik shu qadarki, uylangan o'g'ilning qadam bosishlarini ham hamon ota-ona nazorat qilaveradi, bu bazan, qaynona-kelin munosabatlarida, yoki ota-o'g'il munosabatlarida tarangliklarni, nizolarni keltirib chiqaradi. Yuqorida qayd etilgan davrlarda tabiiy, ota-ona farzandlarini tug'ish, tarbiya qilish va jamiyatga tayyorlashda o'ziga xos metodlarni qo'llagan. Boshida o'zidan ajratishni, hayotga tayyorlashni ham bilmagan ota-ona bora-bora bolani jamiyatda ijtimoiylashuviga ahamiyat beradigan, shu jarayonga yordam ...

Joylangan
25 Jul 2022 | 12:22:57
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
45.27 KB
Ko'rishlar soni
306 marta
Ko'chirishlar soni
31 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 21:13
Arxiv ichida: docx
Joylangan
25 Jul 2022 [ 12:22 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
45.27 KB
Ko'rishlar soni
306 marta
Ko'chirishlar soni
31 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 21:13 ]
Arxiv ichida: docx