Endopsixika va Ekzopsixika haqida tushuncha

Endopsixika va Ekzopsixika haqida tushuncha

O'quvchilarga / Psixologiya
Endopsixika va Ekzopsixika haqida tushuncha - rasmi

Material tavsifi

Endopsixika» va «Ekzopsixika haqida tushuncha Yuqorida takidlab o'tilgan ilmiy muammolardan birinchisi bir shaxsni boshqa odamlardan ajratib turadigan individual tuzilishiga ega ekanligidir. Ushbu yaqqol psixologik muammoni hal qilish shaxsning mazkur tuzilishining ichki sharoitlarida ifodalanuvchi xulq-atvorni oldindan bashorat qilish imkoniyatini yaratadi. Mazkur masalaning qo'yilishi dastavval ta'lim va tarbiya ehtiyojlaridan, tashkilotchilikka oid faoliyat sohalari va boshqa ehtiyojlar zamiridan kelib chiqadi. Lekin bu masalani ilmiy asosda hal qilish boshqa muammoni, yani shaxsni toifalarga ajratish (tipologiya), uning eng muhim, mukammal tuzilishini aniqlash bilan bog'liqdir. Darhaqiqat, shaxs tipologiyasi, shaxsni tipologik tahlil qilishning eng nozik, ibratli jihatlarini cheklab o'tish, u haqida etarli darajada to'la tasavvurga ega bo'lishni xohlasak, uning eng umumiy tasvirini umumlashgan tarzda takidlab o'tish lozim. Shaxs tuzilishi bilan bog'liq bo'lgan ikkinchi masala esa bunday tuzilishning bir qancha tarkibiy qismlarga ajratishni taqozo etadi, binobarin, ushbu bo'laklarning yig'indisi yaxlit inson shaxsini vujudga keltiradi. Jahon psixologiyasi fanida psixologlar shaxsni psixologik tuzilishining tarkibiy qismlarini turli mohiyatiga asoslanib turkumlarga ajratishni (klassifikatsiyalashni) tavsiya etmoqdalar. Hozirgi zamon jahon psixologiyasida biologik (tabiiy) va ijtimoiy (sotsial) omil (faktor) ning, voqelikning ta'siri ostida shakllangan inson shaxsida ikkita muhim qism bo'lganligini tasdiqlovchi nazariya yuksak mavqeni egallab turibdi. Mazkur nazariyaga binoan ichki psixik (endopsixik - yunoncha endo ichki degan manoni bildiradi) qismlarga ajratiladi, degan g'oyani ilgari suriladi. Ushbu talqinga ko'ra endopsixika shaxsning psixik tuzilishining ichki qismlari sifatida psixik elementlar va funksiyalarning o'zaro bog'liqligi aks ettiriladi. Uning negizida insonning nerv-psixologik tuzilishi bilan endopsixik aynan bir narsa degan tushunchani tasdiqlash yotadi, go'yoki u odam shaxsining ichki mexanizmini yuzaga keltiradi. Psixik tuzilishning ekzopsixik qismi bo'lsa shaxsning tashqi muhitiga nisbatan munosabatini, shaxsga qarama-qarshi bo'lgan barcha jihatlarini, shaxslararo va obyektiv munosabatini belgilaydi. Endopsixika o'z navbatida shaxsning ta'sirlanishi, xotira, tafakkur, xayol kabi bilish jarayonlarining xususiyatlarini, irodaviy zo'r berish xislatlarini, ixtiyorsiz harakatlarni va shu kabi fazilatlarni aks ettiradi. Ekzopsixika esa o'z tarkibida shaxs munosabatlarining tizimini va uning qiziqishlari, mayllari, ideallari, maslagi, ustunlik qiluvchi, hukmron hissiyotlarini, egallagan bilimlarni, tajribalarni va shu singarilarni qamrab oladi. Tabiiy omilga (asosga) ega bo'lgan endopsixika biologik shart-sharoitlarga bog'liqdir, aksincha, ekzopsixika ijtimoiy voqeliklar ta'siri ostida yuzaga keladi, tarkib topadi va takomillashib boradi. Shaxsning tarkib topishi bir qator omillarga bog'liq degan nazariyaning namoyandalari bo'lmish hozirgi zamon uzoq chet el (AQSH, Angliya, Fransiya, Germaniya, Shvetsariya va boshqalar) psixologlari oqibat natijasida shaxsning tuzilishini o'sha ikkita asosiy omillarga, yani biologik va ijtimoiy (sotsial) voqeliklarning ta'siriga bog'liq bo'lgan tuzilishining mavjudligidan manfaatdordirlar. obyekt-subyekt munosabatini belgilaydi. Endopsixika o'z navbatida shaxsning ta'sirlanishi, idrok, tasavvur, xotira, tafakkur, xayol jarayonlarining xususiyatlarini, irodaviy zo'r berish xislatlarini, ixtiyorsiz (ideomotor) harakatlarini va shu kabi ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 48.48 KB
Ko'rishlar soni 1200 marta
Ko'chirishlar soni 225 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 21:13 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 48.48 KB
Ko'rishlar soni 1200 marta
Ko'chirishlar soni 225 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga