Aqli zaif bolalarning shaxslararo munosabatlari

Aqli zaif bolalarning shaxslararo munosabatlari

O'quvchilarga / Psixologiya
Aqli zaif bolalarning shaxslararo munosabatlari - rasmi

Material tavsifi

aqli zaif bolalarning shaxslararo munosabat xususiyatlari R Ye J A: Shaxslararo munosabat nima? Normal bolalarda namoyon bo'lishi aqli zaif bolalarda namoyon bo'lishi Shaxs nuqsonlarini korreksiyalash masalalari Tabiiyki, xar bir odam malum shaxs sifatida odamlar kurshovida yashaydi. Oiladami, bog'cha yoki maktabdami, oliy o'quv yurtidami, ish joyidami u qandaydir odamlar guruhi, qandaydir jamoa bilan o'ziga xos munosabatga kirishadi. guruh va jamoalar xar doim uzgarib turadi. Konkret shaxs esa, bulayotgan o'zgarishlarga moslashib, guruh va jamoadagi odamlar bilan murakkab o'zaro munosabatlarga kirishishi kerak. Xar bir shaxs ijtimoiy mavjudot bo'lganligi sababli atrofdagi boshqa odamlar bilan o'zaro munosabatga kirishmay turib mutlako yashay olmaydi. Inson shaxsining guruh va jamoadagi munosabatlarini ijtimoiy psixologiya fani o'rganadi. Ijtimoiy psixologiya ta'limotiga ko'ra, ikki xil guruh farqlanadi. Ulardan birinchisi shartli guruh, ikkinchisi esa haqiqiy, real guruhdir. Odamlarni malum belgilarga karab shartli guruhlar tashkil qilish mumkin. Masalan, yoshga, jinsga, millatga, kasbga karab tashkil etish mumkin. Bolalarni yosh belgilariga karab bog'cha yoshidagi bolalar, o'rta maktab yoshidagi bolalar, o'smirlar, katta maktab yoshidagi bolalar deb shartli guruhlarga bo'lish mumkin. Malum jamiyatda yashab, odamlar bilan haqiqiy munosabatga kirishish yo'li bilan hosil bo'lgan guruhni real guruh deb ataymiz. Masalan, yoshlar guruhi, talabalar guruhi, ishchilar guruhi, oila va shu kabilar real guruhlarga misol bula oladi. Malumki, odamni mehnat yaratgan. Shu sababli, odamlarning tarixan birinchi real guruhi mehnat guruhlari bo'lgan. Real guruhlar borgan sari kichiklashib boraveradi. Masalan, insoniyatdan sung millat, sinflar, jamoa, oila singari. Shaxs shartli guruhdagi kishilarning xam, real guruhdagi kishilarning xam so'zlariga nazar-pisand kilmasligi mumkin. Kupchilik xollarda shaxs o'zi mansub bo'lgan real guruhdagi kishilar bilan turlicha munosabatlarga kirishsa xam, lekin ularni uziga yaqin tutib, sirlashmaydi. Shuning uchun shaxsning shartli va real guruhlardan tashqari referent guruhi xam bo'ladi. Xar bir shaxs o'z referent guruhiga ega bo'ladi. Referent guruhdagi odamlar shaxsga xar tomonlama yokadi, shu sababli shaxs ularni xurmat qiladi va gaplariga kulok soladi. Masalan, o'smir na ota-onasi, na sinf rahbarining gaplariga mutlako kirmasligi mumkin. Chunki o'smirning kuchada o'z referent guruhi bo'ladi. Ana shuning uchun tarbiyachi, sinf rahbari va kolaversa, ota-onalar bolalarning ishonchlarini kozonib, yani ular bilan til topib, ular uchun referent guruh bo'lib olishga harakat qilishlari zarur. tashkil topgan guruhning eng kichik shakli jamoadir. Jamoa deganda - umumiy faoliyat maqsadlari asosida birlashgan, jamiyatning bir kismi hisoblangan va ana shu jamiyat maqsadlariga tula buysungan odamlar guruhini tushunamiz. Xar bir jamoa uzidan katta jamoaning bir kismidir. Demak, odamlar butun umri davomida kishilar birligining: kichik, dastlabki, shartli, real, rasmiy, norasmiy, referent guruhlarida amalga oshadi. Kishilar orasidagi aloqalar xam turli mazmunda, shaklda bo'lishi ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 26.25 KB
Ko'rishlar soni 349 marta
Ko'chirishlar soni 56 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 20:30 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 26.25 KB
Ko'rishlar soni 349 marta
Ko'chirishlar soni 56 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga