BILISH JARAYONLARI PATOLOGIYASI Reja: 1. Sezgi va idrokdagi buzilishlar. 2. Xotira patologiyasi. 3. Tafakkur taraqqiyotidagi buzilishlar. 4. Nutq faoliyati buzilishlari. Tayanch tushunchalar Gipesteziya - sezgi buzilishi turi (kam ta'sirchanlik) Gipomneziya - xotiraning pasayishi Oligofreniya - aqlning tug'ma o'smay qolganligi Demensiya - orttirilgan aqli zaiflik Nega odamlar turlicha sezadilar? Sezgilarning buzilishi analizatorlar perifirik bo'limlarining faoliyati izdan chiqqanida hammadan ko'p ma'lum bo'ladi. Sezgilarning buzilishi juda xilma-xildir bular: Giperesteziya (o'ta ta'sirchanlik), gipesteziya (kam ta'sirchanlik), anesteziya (sezuvchanlikning yo'qolishi), paresteziya (lovullash, sanchib og'rish, tortishish). Bunday buzilishlar nerv tolalarining xususan tomir innervasiyasining organik va funksional buzilishlarida ro'y berishi mumkin. Sezgilar orasida eng ko'p azob beradigani og'riqdir. Og'riq shakllanishida qobiq, shuningdek qobiqosti hosilalari ishtirok etadi. Og'riqning signal ahamiyati-xavf solayotgan kasallikni ogoxlantirishdir. Ayrim patologik holatlarda ayniqsa, psixik va asab kasalliklarida idrok qilish akti buzilishi mumkin. Murakkab bilish jarayonlarining buzilishi agnoziyalar deb ataladi. ko'rish, eshitish va taktik agnoziyalar farqlanadi. Ular tomir kasalliklari, travmalar, shish jarayoni va boshqa patologik holatlarda bosh miya qobig'ining lokal shikastlanishida paydo bo'ladi. Bosh miya organik shikastlanganda, kam xollarda esa zaharlanishlarda va somatik kasalliklarda derealizatsiya tipidagi idrok buzilish ro'y berishi mumkin. Bu murakkab patologik holat bo'lib, bunda ongning o'ziga xos buzilishi bilan boruvchi idrok buzilishi kuzatiladi. Turli kasalliklarda xotiraning ayrim jarayonlari; esda saqlash, esga tushirish buzilishi mumkin. Buzilishning eng ko'p uchraydigan turlari gipomneziya, amneziya va paramneziya. Gipomneziya-xotiraning pasayishi bo'lib, charchash vaqtida og'ir kasallikdan so'ng paydo bo'ladi. Kishi sog'aygach xotira joyiga keladi. To'liqamneziya (qandaydir vaqt orasida ro'y bergan voqealar esdan chiqib qoladi) Qarilikdagi psixozlarda, miyaning og'ir shikastlanishida, karbon oksidi bilan zaharlanganda kuzatiladi. Amneziyalarni-retrograd va anteregrad turlari bor. Retrograd-kasallik, shikastlanishdan oldin bo'lgan voqealar esdan chiqib ketadi. Anteregrad amneziya-kasallikdan keyin bo'lgan voqealar esda qolmaydi. Paramneziya (esga tushurishning buzilishi). Paramneziyaning konfabulyasiya va soxta reminissensiya turlari farqlanadi. Konfabulyasiya-xaqiqatda bo'lmagan voqea va faktlar xotirada nomoyon bo'lib, bemorlar atrofidagilarni aldash istagisiz amalga oshiradilar. (alkogolizmli bemorlar, psixozlarga uchraydi). Soxta reminissensiya (noto'g'ri xotiralar) konfabulyasiyadan barqarorligi bilan farq qiladi. Tafakkurning buzilishi inson aqliy faoliyatiga qanday ta'sir ko'rsatadi? Tafakkurning asosiy tasniflari quyidagilar: Sur'at, tezlik Izchillik (grammatik va mantiiqiy) Sobitqadamlik. Samaradorlik. Tafakkurning buzilishi faqat bosh miyaning organik shikastlanishida va psixik bemorlarda emas balki bir qator samatik kasalliklarda ham uchraydi. Aql buzilishining asosiy formalari oligofreniya (aqlning tug'ma o'smay qolganligi) va demensiya (ortirilgan aqliy zaiflik) dir. Oligofreniya turli darajada ifodalanadi. U og'irlik darajasi jihatidan debillik, imbesillik, idiotiyaga bo'linadi. Debillik- oligofreniyaning yengil darajasi. Debillikda maxsus maktabda ta'lim oluvchilarni ayrim qobliyatlari saqlanib qoladi. Umumlashtirish va abstraksiyalash qobliyati pasaygan bo'ladi. Debillar tashabbussiz bo'lib jismoniy mehnatga qobil bo'ladi. Imbesillik-aqli zaiflikning o'rta darajasi. Imbesillning nutqi ...

Joylangan
25 Jul 2022 | 12:22:57
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
27.72 KB
Ko'rishlar soni
263 marta
Ko'chirishlar soni
25 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 20:30
Arxiv ichida: docx
Joylangan
25 Jul 2022 [ 12:22 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
27.72 KB
Ko'rishlar soni
263 marta
Ko'chirishlar soni
25 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 20:30 ]
Arxiv ichida: docx