Bilish jarayonlari psixodiagnostikasi

Bilish jarayonlari psixodiagnostikasi

O'quvchilarga / Psixologiya
Bilish jarayonlari psixodiagnostikasi - rasmi

Material tavsifi

Bilish jarayonlari psixodiagnostikasi Reja: 5.1.Diqqat psixodiagnostikasi. 5.2.Diqqat psixodiagnostikasida korrektur sinov va Gorbov Shulte jadvallaridan foydalanish masalalari. 5.3.Diqqat psixodiagnostikasi uchun intellekt testlarining ayrim subtestlaridan foydalanish imkoniyatlari. 5.4.Xotira psixodiagnostikasi. 5.5.Xayolni diagnostika qilish metodlari. Tayanch tushunchalar: Bilish - psixik aks ettirish jarayoni, bilimlarni egallash va o'zlashtirishni ta'minlaydi, bilishga qiziqish - aqliy intellektual hislar mahsuli, bu odamning tevarak - atrofdagi olamni bilish ehtiyoji tariqasida namoyon bo'ladi. Diqqat - ongimizning muayyan obyektga yo'naltirilishi va unda to'planishidan iborat psixik holat. D. ixtiyorsiz, ixtiyoriy va ixtiyoriydan keyingi turlarga ajratiladi. Diqqatning barqarorligi - diqqatning ma'lum obyektga uzoq vaqt davomida mutassil qaratilish imkoniyati. Diqqatning ko'lami - bir vaqtning o'zida diqqatning bir qancha obyektga qaratilishi imkoniyati. Diqqatning taqsimlanishi - diqqatning bir vaqtda bir necha obyektga yoki faoliyatga taqsimlanish xususiyati. Diqqatning ko'chishi - diqqatni ixtiyoriy ravishda bir obyektdan ikkinchi obyektga ko'chirish. Xayol - mavjud tasavvurlar asosida yangi obrazlarni yaratishdan iborat psixik aks ettirish jarayonlaridan biri. U ixtiyorsiz va ixtiyoriy, ijodiy xayol turlariga ajratiladi. Xotira - aks ettirilgan narsa va hodisalarni, tajribani esda qoldirish, esda saqlash va zarur bo'lganda esga tushirishdan iborat psixik jarayon. 5.1.Diqqat psixodiagnostikasi Shaxsni psixologik o'rganishda eksperimental metodikalar majmui qo'llaniladi (S.Ya.Rubinshteyn (1970); B.V.Zeygarnik (1976); V.M.Bleyxer (1976); E.T.Sokolova (1980); L.F.Burlachuk, S.M.Morozov (1989). Lekin bolalar taraqqiyotini psixologik diagnostika qilish metodlariga bag'ishlangan amaliy tavsiyalar juda kam. (I.A.Sikorskiy, 1901; E.Klapared 1911; K.N.Kornilov, 1921; I.V.Kruk, 1983; A.S.Spivakovskaya, 1988). Pedagogika universitetlari va institutlari talabalari uchun pedagogik faoliyat amaliyotida qo'llash mumkin bo'lgan aniq psixologik metodlarni beradigan o'quv qo'llanmalar yo'q. Psixologiya bo'yicha mavjud o'quv qo'llanmalar esa talabalarni bolalarni psixologik o'rgani metod va metodikalar bilan juda oz darajada tanishtiradi. (V.S.Muxina, 1985; M.V.Gamezo, I.A.Domashenko, 1986). Ilk bolalik davrining psixodiagnostikasi turli yosh davrlarida bola rivojlanishini baholash imkonini beradigan uning psixik taraqqiyot me'yorlariga mos yoki mos emasligini aniqlash, mavjud me'yordan chetga chiqishlarini aniqlash, uni tuzatishning individual choralarini rejalashtirish va oldini olish bo'yicha vositalar va metodlar majmuidan iborat. Turli yosh davridagi bolalar guruhini tekshirishda psixodiagnostika metodikalari o'z xususiyatlariga ega. Masalan, chaqaloqlik davridagi bolalarni tekshirishda sensomotor harakatlarni o'rganishga mo'ljallangan metodlar qo'llaniladi: boshini ushlab turishi, predmetlarni ushlashi, o'tirishi, qayrilib qarashi, predmetning orqasidan ko'z bilan qarashi va boshqalar. (A.Anastazi, 1982). 3 yoshdan 6 yoshgacha bo'lgan bolalarni tekshirishda sodda harakatlarni og'zaki qo'llanmalarni bajarishga qaratilgan topshiriqlar beriladi. Qalam va qog'oz, plastilin va boshqa o'quv vositalari qo'llaniladigan topshiriqlar bola katta bo'lgan sayin qiyinlashtirib boriladi. Bolalarni psixologik tekshiruvda chet el va sobiq ittifoq psixologlari foydalangan an'anaviy metodikalarni ko'rib chiqamiz. Sensomotor ta'sirlanish va diqqatni o'rganish uchun metodikalar Insonning sensomotor sohasi asosiy nerv jarayonlari harakatchanligi tipini, ixtiyoriy diqqat darajasini, ishga qobiliyatlilik ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 776.54 KB
Ko'rishlar soni 727 marta
Ko'chirishlar soni 123 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 20:30 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 776.54 KB
Ko'rishlar soni 727 marta
Ko'chirishlar soni 123 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga