Differensial psixologiyaning metod va vazifalari

Differensial psixologiyaning metod va vazifalari

O'quvchilarga / Psixologiya
Differensial psixologiyaning metod va vazifalari - rasmi

Material tavsifi

differensial psixologiyaning metod va vazifalari. Reja: . 1. differensial psixologiyaning va yosh psixologiyasining asosiy metodlari. 2.Test va uning individual xususiyatlarini o'rganishdagi ahamiyati. 3. Psixik funksiyalar taraqqiyotini o'rganishning uzunasiga va kundalangiga kesish usullari. 4.differensial psixologiyaning nazariy va amaliy vazifalari. Yosh va pedagogik psixalogiyaning tatkikot usullarini (asosiy,yordamchi) ta'riflab beringchi? Yosh psixologiyasi va differensial psixologiyaning tadqiqot usullari xar bir tarbiyachi, o'qituvchi va ilmiy xodim uchun ahamiyatlidir. Bu usullar fakat xususiy, ilmiy tadqiqot ishlari o'tkazish uchungina emas, balki amaliy ta'lim-tarbiya maqsadlarida bolani chuqurrok o'rganish uchun xam muhimdir. Yosh psixologiyasida asosiy va yordamchi usullar mavjud: Asosiy usul: kuzatish va eksperiment; yordamchi usul: suhbat, kishi faoliyati maxsulini tahlil qilish, biografiya, test, genetik va boshqalardan iborat.differensial psixologiya kaysi metodga kuprok asoslanadi? Birinchi marta differensial psixologiyada kuzatish metodiga asoslangan edi. Kuzatish maqsad kuyib uni rejali va muntazam tekshirishdir. Kuzatishni quyidagi prinsiplar asosida tashkil etish kerak: 1. o'quvchilarni ta'lim- tarbiyaning tabiiy sharoitida kuzatish lozim; 2. o'quvchini inson shaxsining yaxlitligi prinsipiga asoslanib kuzatish; 3. shaxsni katiy obyektiv materiallar , ko'rsatkichlar asosida tashkil etish; 4. o'quvchi shaxsining xususiyatlarini tushunish, shakllanish sharoiti va muhitni hisobga olish; 5. o'quvchini uzoq muddatda o'rganish; 6.bolani jamoa va jamoa sifatida o'rganish; 7. shaxs xususiyatlarini turli xilda namoyon bo'lishini nazarda tutish; 8. bolaning xatti - harakat motivlarini tushunish; 9. ularning nutqini kuzatish malum ahamiyatga egadir. suhbat, faoliyat maxsulini tahlil qilish va anketa, eksperiment (uch xil) metodlari orqali shaxs taraqqiyotining turli tomonlarini o'rganish mumkin. II. Keyinchalik defferentsial psixologiyada kuzatish usuli bilan birga, uning rivojlanishida test metodidan foydalanildi. Bunda ingliz olimi F.Galton va ayniqsa fransuz psixologi A.Bine va T.Simon o'quvchilarning individual farqlarini o'rganish uning muhim ahamiyatga ega ekanligini kursatib berdilar. Test yordamida tadqiqot qilish eksperimental tadqiqotning xususiy bir xili bo'lib, bu metod psixologiyada 1905 yildan boshlab A.Bine tomonidan kiritildi. U kishilarning aqliy o'sish darajalarini yoshlarga karab o'lchash va ularni aqliy istedod darajalariga karab taksimlash imkoniyati borligi haqidagi g'oyani aytgan vaqtdan boshlab keng kullanila boshladi.Test metodi orqali nimalarni o'rganish mumkin? Test (ing. tekshirmok) standartlashtirilgan psixologik sinov. Buning natijasida u yoki bu xoldagi psixik jarayon baholanadi, shaxs bir butunligicha yoki uning ayrim xususiyatlari urganiladi. Shaxsning mavkei darajasini belgilash «aqliy jihatdan istedodli kishilarni aqliy jihatdan nuqsonli» kishilardan ajratish maqsadida amalga oshirilishi lozim . Test birorta psixologik hodisani aniklashda murakkab texnik moslamalarni talab kilmaydigan, kulga kiritilgan natijalarni miqdoriy jihatdan ifodalab beradigan va ularni matematik jihatdan ishlash imkonini beradigan qisqa, standartlashtirilgan sinovdir. Bu esa uning afzalligini kursatadi, shuningdek, analiz va baholash usullarining malum darajada bir xilligi, malum yosh normalariga moslashtirilganligi xam uning afzalligidir. Test ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 24.67 KB
Ko'rishlar soni 343 marta
Ko'chirishlar soni 36 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 20:33 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 24.67 KB
Ko'rishlar soni 343 marta
Ko'chirishlar soni 36 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga