differensial psixologiyaning predmeti. Reja: 1. Psixik hodisalarning yosh o'zgarishlari differensial psixologiyaning o'rganish obyekti ekanligi. 2. Insonning individual psixik taraqqiyoti muammosiga nazariy yondashish. 3. Psixik taraqqiyotning yosh dinamikasi bioijtimoiy, xronologik, strukturaviy o'rganish muammosi. differensial psixologiya (lot.differentia-farq) psixologiyaning bir kismi bo'lib, kishilar o'rtasidagi individual psixologik farqlarni o'rganadi.Kishilar o'rtasidagi indviduval farq nima? Shuningdek, differensial psixologiya fakat kishilar orasidagi farqlarnigina emas, balki guruhlar orasidagi individual farqlarni xam o'rganadi. Psixik hodisalarning («Psixik hodisalar»-deganda nimani tushinasiz?) individual xususiyatlari va yosh o'zgarishlari differensial psixologiyaning o'rganish obyekti hisoblanadi.differensial psixalogiya qanday fan? differensial psixologiya termini birdaniga paydo bo'lgani yuk. Avval psixologiyaning bir kismi sifatida «xarakterologiya», «etalogiya», «Individual psixologiya», «Maxsus psixologiya» kabilar paydo buldi. Keyinchalik fan sifatida differensial psixologiya umumiy psixologiyaning qonuniyatlari paydo bo'lgandan keyin bu haqida tortishuvlar, bahslar asosida, qonuniyatlarni barqarorlashtirish va turli («Tipologik indvidual xususiyatlar»- deganda nimani tushinasiz?) kishilarni psixologik tipalogik- individual xususiyatlarini yoritish jarayonida paydo buldi Chunki tajriba talab kiladigan psixologiya kishilarning individual va guruh xususiyatlarini bilmasdan turib rivojlanishi mumkin emas edi. XIXasrning 20 yillarida paydo bo'lgan differensial psixologiyaning diqqat markazida o'zaro individual xususiyatlar, turli yoshdagi kishilarning qobiliyatiga xos xususiyatlar, maktab dasturidagi bilimlarni uzlashtirishni muvaffakiyati, rivojlanishi va uni tipi , turadi. temperament va xarakteridagi farqlarni yoritib berish turar edi. Keyinchalik differensial psixologiya doirasiga ichki o'zgarishlarning individual xususiyatlarini o'rganish masalasi kiritildi. Shuningdek, psixik funksiyalarning yosh o'zgarishi bilan mashq va ta'limni rivojlanib borishi psixologik qonuniyatlarning oshib borishi, turli qobiliyatlarning barqarorlashuvi turli qobiliyatlarning shakllanishi, xotira turlari, diqqat, tafakkur, sezgirlikning ortib borishi kabi masalalarni o'z ichiga ola boshladi. Maxsus psixologiya masalalari yani sinfiy, milliy,professionallikning jami psixologik farqlari va hozirgi kunda etnopsixologiya masalalar xam differensial psixologiya sohasiga kirib keldi. differensial psixologiya termini 1900 yili nemis psixologi V. Shterno tomonidan kiritildi. differensial psixologiyaning (asosiy vazifasi) hozirgi kunda bolalarning, maktab o'quvchilarining individual tipologik xususiyatlarini aniklashda xam muhim ahamiyat kasb etmokda. Kupchilik pedagoglar o'quvchilarning individual tipologik xususiyatlarini ilmiy nazariy tomondan ( yani fizika- matematika, ximiya, biologiya…) tashkil etishni tavsiya etadilar. Bazi bir o'qituvchilar esa o'quvchilarning ilmiy- texnik yo'nalishlariga karab farqlashni maqsadga muvofik kuradilir. hozirgi zamon differensial psixologiya fani oldida yana yangi muammolar (hozirgi zamon differensial psixalogiya oldida qanday muammolar bor?) yani iktidorli bolalarni individual xususiyatlari va ularni boshqa bolalardan tipologik farqlari masalasi, ularga differensial ta'lim berish va qobiliyatlarini shakllantirish (maxsus va umumiy qobiliyatli bolalar ), ta'limni individuallashtirish kabilar paydo bo'ladi. (Umumiy ta'limda bolalarning o'rtacha rivojlanishi darajasi hisobga olinar edi.Yaxshi uzlashtiruvchi, konikarli va yomon uzlashtirishning o'rtacha miqdoriga karab tashkil etiladi). ta'limni individuallashtirish prinsipi o'qitishda o'quvchilarning real tiplariga tayanish zarurligiga asoslanadi. Buni programmalashtirilgan ta'lim juda yaxshi amalga ...

Joylangan
25 Jul 2022 | 12:22:57
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
24.22 KB
Ko'rishlar soni
330 marta
Ko'chirishlar soni
29 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 20:33
Arxiv ichida: docx
Joylangan
25 Jul 2022 [ 12:22 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
24.22 KB
Ko'rishlar soni
330 marta
Ko'chirishlar soni
29 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 20:33 ]
Arxiv ichida: docx