Diqqat va uning xususiyatlari

Diqqat va uning xususiyatlari

O'quvchilarga / Psixologiya
Diqqat va uning xususiyatlari - rasmi

Material tavsifi

Diqqat va uning xususiyatlari Reja: 1. Diqqat haqida tushuncha. 2. Diqqatning fiziologik asoslari. 3. Diqqat turlari: a) ixtiyorsiz diqqat b) ixtiyoriy diqqat v) ixtiyoriydan so'nggi (muvofiqlashtirilgan) diqqat. 4. Diqqatning xarakterli xususiyatlari: a) diqqatning kuchi va barqarorligi b) bo'linishi v) ko'lami g) taqsimlanishi. 5. Diqqatning rivojlanishi. Mavzu bo'yicha tayanch tushunchalar: Ixtiyorsiz diqqat - rejasiz, maqsadsiz, iroda kuchisiz ongning biror obyektga to'planishi. Ixtiyoriy diqqat - diqqat turi bo'lib, reja, maqsad, iroda kuchi bo'ladi. Optimal qo'zg'alish o'chog'i - diqqatning fiziologik asosi Ixtiyoriydan so'nggi diqqat - diqqat turi bo'lib, muvofiqlashtir- ilgan diqqat turi. Kuchishi - diqqatning bir obyektdan ikkinchi obyektga ko'chishi. Barqarorligi - diqqatning doimiyligi, turg'unligi, uzoq muddat. Parishonxotirlik - diqqat xossasi bo'lib, asab tizimi charchaganda, shikastlanganda vujudga keladi. 1. Diqqat haqida tushuncha Shaxsning ayni chog'dagi psixik faoliyati, ya'ni ehtiyojlarining yig'indisi shu damda ustunlik qilayotgan motiv tomon qaratilgan bo'ladi. Odamga juda ko'p tashqi qo'zg'ovchilar ta'sir qilib turadi, odamda har xil turli, bir qancha ehtiyojlarga mos keladigan tashqi qo'zg'alish shaxs uchun har xil ahamiyatga ega bo'lgan mayllar bilan tashqi qo'zg'atuvchilarning o'zaro munosabati psixik faoliyatning tanlovchilik tabiatida ifodalanadi. Ma'lum obyektni muqarrar tanlay olish diqqatning ishtiroqi bilan amalga oshadi. Diqqat psixik faoliyatning yo'naltirilishi va shaxs uchun ma'lum ahamiyatga ega bo'lgan obyekt ustida to'planishidan iborat bilish jarayonidir. Yo'naltirilish deganda, psixik faoliyatning tanlovchilik tabiati, obyektni ixtiyoriy va beixtiyoriy tanlash tushuniladi. O'quvchi maktabda o'qituvchi gapirayotgan gaplarni eshitib o'tirganda, u mana shu eshitib o'tirish faoliyatini ongli ravishda tanlab olgan, uning diqqati ongli ravishda qo'zg'algan, shu maqsadga bo'ysundirilgan bo'ladi. O'quvchining biron boshqa narsaga chalg'imasdan o'quv materialining mazmuniga zehn qo'yib o'tirishida uning psixik faoliyatining yo'nalishi ifodalanadi. Psixik faoliyatning yo'naltirilishi deganda ana shu faoliyatning tanlashgina tushunilib kelmay, balki ana shu tanlanganni saqlab va qo'llab-quvvatlash tushuniladi. O'quvchilar diqqatini jalb qilish qiyinligini har qanday pedagog biladi. Buning uchun maxsus pedagogik usullardan foydalanish zarur bo'ladi. Diqqatda psixik faoliyatning yo'naltirilishi bilan birga uning to'planishi mazkur faoliyatga hech qanday aloqasi bo'lmagan boshqa narsalardek, hamma faoliyatdan diqqatni chalg'itish demakdir. Diqqatning bir joyga to'planishi deganda mazkur faoliyatga butunlay berilish, unga ozmi - ko'pmi chuqur e'tibor berish tushuniladi. Qandaydir bir suratli kitobni tez ko'rib chiqish maqsadida uni varaqlab chiqish mumkin. Bunday holda diqqatning to'planishi kuchli bo'lmaydi. Birorta qiyinroq kitobni undagi har bir bayon qilingan fikrni tushunib olishga intilib va undagi murakkab masalani boshidan oxirigacha tushunib olish har tomonlama o'zaro munosabatlarni qarab chiqish maqsadida o'qish mumkin. Bu holatdagi diqqatning to'planishi juda kuchli bo'ladi. Masalan: Uyga topshiriq berilgan inshoni yozib o'tirgan o'quvchi ba'zan uyda boshqalarning gapini, radioning ovozini eshitmaydi. Unda diqqatniing to'planishi kuchli bo'ladi. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 22.1 KB
Ko'rishlar soni 420 marta
Ko'chirishlar soni 38 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 20:33 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 22.1 KB
Ko'rishlar soni 420 marta
Ko'chirishlar soni 38 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga