Psixodiagnostika. Eksperimentlar o'tkazish

Psixodiagnostika. Eksperimentlar o'tkazish

O'quvchilarga / Psixologiya
Psixodiagnostika. Eksperimentlar o'tkazish - rasmi

Material tavsifi

Eksperimentlarni o'tkazish shart-sharoitlari va bosqichlari (psixodiagnostika)

Eksperimentlarni o'tkazish shart-sharoitlari va bosqichlari Reja: 12.1. O'zgaruvchilar: mustaqil, tobe, idora qilsa bo'ladigan, tasodifiy. 12.2. Randomizatsiya. Aralashuvchi omillar. 13.3. Ichki validlikka xavf soluvchi omillar: fon, etilish, saralash, o'lim, testlash, statistik regressiya tushunchalari Tayanch tushunchalar. Mustaqil o'zgaruvchilar; tobe o'zgaruvchilar; idora qilsa bo'ladigan o'zgaruvchilar; tasodifiy o'zgaruvchilar; randomizatsiya; aralashuvchi omillar; fon; etilish; saralash; o'lim; testlash; statistik regressiya. 12.1. O'zgaruvchilar: mustaqil, tobe, idora qilsa bo'ladigan, tasodifiy. 12.2. Randomizatsiya. Aralashuvchi omillar. Har qanday eksperiment jarayonida o'zgaruvchi ko'rsatkichlar eksperiment natijalariga o'z ta'sirini o'tkazadi. Biz ushbu bobda aynan eksperiment o'tkazish shart-sharoitlari, umuman eksperiment jarayonida o'z ta'sriga ega bo'lgan o'zgaruvchilar xususida to'xtalib o'tamiz. Eksperiment jarayoniga katta, intensiv ta'sir o'tkazadigan ko'rsatkichlarga mustaqil o'zgaruvchilar deb ataladi. Ushbu o'zgaruvchining muhim tomoni shundaki, bu ko'rsatkich ishtirokchilarning xulq-atvoriga bog'liq bo'lmaydi. Eksperementatorning o'zi mustaqil o'zgaruvchilarni boshqaradi va ikki va undan ortiq darajalarini belgilab beradi, ishtirokchilar esa bu jarayonni o'zgartira olmaydilar. Masalan, tasavvur qiling biz sinaluvchining muayyan intensiv chiroq yorug'ligi ko'rinishidagi signalga javob tarzda tugmachani bosishi uchun ketgan vaqtni aniqlashga urinyapmiz. Eksperiment davomida chiroq yorug'ligining intensivligini mustaqil o'zgaruvchi deb qabul qilsak, uning ikki darajasini: past va yuqori darajalarini ko'rsatishimiz mumkin va aynan shu o'zgaruvchi ta'sirida xulq-atvordagi boshqa o'zgarishlarni kuzatishimiz mumkin. Ikkitadan kam miqdordagi o'zgaruvchilar bilan eksperiment o'tkazish mumkin emas, biroq eksperimentatorning tashabbusi bilan bir qancha o'zgaruvchilar darajasini tanlash va ulardan faqat bittasini muhim sifatida ajratib olish mumkin. Eksperimentator tomonidan mustaqil o'zgaruvchi tanlab olingandan so'ng ushbu manipulyativ o'zgaruvchiga nisbatan ishtirokchilarning javob reaksiya sini aniqlab olish ham muhimdir. Biz tomonimizdan o'rganish uchun tanlab olingan xulq-atvor ko'rsatkichi tobe o'zgaruvchi deb nomlanib, u ishtirokchilarning xatti-harakatlariga bog'liq bo'ladi. Masalan, yuqoridagi misolga ko'ra, chiroq yorug'ligi intensivligi va reaksiya vaqti orasida qanday bog'liqlik borligini aniqlash lozim. Bu yerda signaldan so'ng tugmachani bosishga sarflangan vaqt oralig'i tobe o'zgaruvchini tashkil etadi. Ba'zida kutilayotgan bog'liqlik xarakteriga ko'ra ilmiy farazlarni shakllantirish maqsadga muvofiq bo'ladi. Bizning ushbu tajribamizning ilmiy farazini quyidagicha shakllantirish mumkin: chiroq yorug'ligini intensivligi javob reaksiyalarini tezligini ta'minlashi mumkin. Eksperiment natijasi esa ushbu ilmiy farazni tasdiqlab, uning ilmiy ahamiyatini yoritib beradi yoki aksincha, ilmiy faraz o'z tasdig'ini topmay yana boshqa ilmiy izlanishlarga xizmat qilishi mumkin. Ba'zi hollarda ilmiy farazlar noaniq va mujmal ko'rinishga ega bo'lib, shunchaki, mustaqil o'zgaruvchilar ta'sirida xulq-atvor qanday o'zgarishi mumkinligiga javob berish holatiga o'xshab qoladi. Bunday vaziyatda ilmiy faraz qandaydir savolga javobga o'xshab qoladi. Ilmiy ahamiyatga ega bo'lgan ilmiy muammolarning yechimiga qaratilgan savollargina ilmiy farazga aylanishi va amaliy qiymatga ega bo'lishi mumkin. Masalan, agar tadqiqotchi tig'iz vaqt agressivlikni keltirib chiqaruvchi omil bo'la olishi mumkin yoki mumkin emasligini aniqlashga urinsa va buni ilmiy ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 65.52 KB
Ko'rishlar soni 243 marta
Ko'chirishlar soni 14 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 20:34 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 65.52 KB
Ko'rishlar soni 243 marta
Ko'chirishlar soni 14 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga