Faoliyat va motivatsiya referat

Faoliyat va motivatsiya referat

O'quvchilarga / Psixologiya
Faoliyat va motivatsiya referat - rasmi

Material tavsifi

Faoliyat va motivatsiya REJA: 1. Faoliyatning haqida tushuncha. 2. Faoliyatning tuzilishi va turlari. 3. Motiv va motivatsiya tavsifi. 4. Motivlarning turlari. 5. Motivatsiya nazariyalari (A. Maslou, A.Adler, Z.Freyd) TAYANCH TUSHUNCHALAR: Faoliyat - odamga xos bo'lgan, ong tomonidan boshqariladigan, ehtiyojlarni qondirishda yuzaga keladigan, tashqi olam va insonni bilish, shuningdek, ularni o'zgartirishga qaratilgan faollik. Interiorizatsiya - tashqi real ishdan ichki ideal ishga o'tish jarayoni. Eksteriorizatsiya - oldin ichida o'ylab, so'ngra bevosita tashqi munosabatga o'tish jarayoni. Harakat - maqsadni amalga oshirishga yo'naltirilgan jarayon. Ehtiyoj - tirik organizmlar faolligining boshlang'ich shakli. Maqsad - inson faoliyati so'nggi natijasining obrazi sifatida namoyon bo'lib, ehtiyojlarni amalga oshirilishi. Motiv - harakatning nima sababdan amalga oshirilishi. Odamning asosiy xususiyatlaridan biri uning mehnat qilish qobiliyatidir, mehnatning istalgan turi esa faoliyat bo'lib hisoblanadi. Faoliyatning psixologik nazariyasi umumjahon psixologiyasida yaratilgan edi. SHuningdek, u L.S. Vigotskiy, S.L. Rubinshteyn, A.N. Leontev, A.R. Luriya, A.V. Zaporojets, P.YA. Galperin va boshqa ko'pchilik ruhshunoslarning asarlarida yoritib berilgan.[2] Faoliyat - bu subyektning olam bilan o'zaro ta'sirlashuvining rivojlanuvchi tizimi. Bunday o'zaro ta'sir jarayonida psixik tasvirning yuzaga kelishi va uning obyektda ifodalanishi, shuningdek, subyektning voqelik bilan o'z munosabatlarini ro'yobga chiqarishi sodir bo'ladi. Faoliyatning istalgan oddiy akti subyekt faolligining ifodalanish shakli bo'lib hisoblanadi, bu esa, har bir faoliyatning undovchi sabablarga ega bo'lishi va ma'lum natijalarga erishishga yo'naltirilishini bildiradi. Shunday qilib, faoliyatni odamga xos bo'lgan, ong tomonidan boshqariladigan, ehtiyojlarni qondirishda yuzaga keladigan, tashqi olam va insonni bilish, shuningdek, ularni o'zgartirishga qaratilgan faollik sifatida ta'riflash mumkin. Faoliyat predmetlilik va subyektlilik xususiyatlariga ega. Faoliyat predmeti deb, u bevosita shug'ullanadigan hodisalarga aytiladi. Masalan, bilish faoliyatining predmeti bo'lib, har xil turdagi axborotlar xizmat qiladi, o'quv faoliyatining predmeti - bilim, malaka va ko'nikmalar, mehnat faoliyatining predmeti - yaratilgan muayyan moddiy mahsulot hisoblanadi. Faoliyat subyekti bo'lib odam, individ hisoblanadi. Faoliyatning predmeti va subyektidan tashqari, ushbu tushuncha bilan faoliyat vositalari va natijalari ham bog'liq. Faoliyatni amalga oshirishda odam uchun mehnat vositalari sifatida u yoki bu harakat va muolajalarni bajarishda foydalanadigan asboblar tushuniladi. Faoliyat natijalari bo'lib, moddiy yoki ma'naviy xususiyatga ega bo'lgan yaratilgan mahsulotlar hisoblanadi.[1] Shunday qilib, faoliyat quyidagi belgilari bilan farqlanadi: - faollikning ichki motivga ega shaklidir; - inson faoliyatining mahsuldorligi. Moddiy yoki har tomonlama yetuk mahsulotning yaratilishi; - insonning xususiy, oliy, ijtimoiy ehtiyojlaridan kelib chiqadi; - insonning faoliyati o'zi ishlab chiqargan mahsulotda namoyon bo'ladi, faoliyatning bunday ifodalanishi yoki aks etishi o'zida insoniy bilimlar va malakalarni mujassamlashtiradi. Faoliyat nazariyasi to'laligicha A.N. Leontevning ilmiy ishlarida, xususan, «Faoliyat. Ong. SHaxs» asarida (M., 1982) bayon etilgan. Faoliyatning tuzilishi haqidagi tasavvurlar faoliyat nazariyasini ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 63.73 KB
Ko'rishlar soni 689 marta
Ko'chirishlar soni 98 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 20:35 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 63.73 KB
Ko'rishlar soni 689 marta
Ko'chirishlar soni 98 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga