Faoliyatning psixologik tahlili Reja: Faoliyat haqida tushuncha Faoliyatning tuzilishi. Faoliyatni uzlashtirish. Faoliyatning turlari. Mavzuning tayanch tushunchalari: harakat, ish-harakat, faoliyat, ko'nikma, malaka, odat,interiorizatsiya, eksteriorizatsiya, o'yin, o'qish, mehnat. Xar qanday tirik organizmning faolligi ehtiyojlar natijasida hosil bo'ladi va ana shu ehtiyojlarni kondirishga karatiladi.Buqonuniyat insoniyat olamiga xam tegishlidir. Anglangan va anglanmagan, tabiiy va madaniy, moddiy va ma'naviy, shaxsiy va shaxsiy - ijtimoiy ehtiyojlar kishida faollikning turli shakllarini vujudga keltiradi. hayvonning xatti - harakati xamma vaqt u yoki bu ehtiyojni kondirishga bevosita yo'naltirilgan bo'ladi. ehtiyoj hayvonni faollikka majbur qilish bilan birga, shu faollikning shaklini xam belgilaydi. Masalan, ovqatlanish ehtiyoji ochlik hayvonda ovqatlanish faolligini vujudga keltiradi - sulak ajratishga, ovqat izlash yoki uni poylashga, yerdan kavlab olish yoki yutishga olib kelgadi. Insonning xatti - harakati esa butunlay boshqacha tuzilishga egadir. FAOLIYaT haqida TUShUNChA. Agar hayvonlarning xatti - harakati atrofdagi narsalarning ta'siri bilan belgilansa, kishining faolligi esa eng yoshlik chogidan boshlabok insoniyatning tajribasi va jamiyat talabi bilan boshqariladi. Xatti - harakatning ana shu tipi alohida xususiyatga ega bo'lib, psixologiyada u faoliyat degan tushuncha bilan ifodalanadi. Inson faolligining o'ziga xos xususiyatlari nimada? Eng avvalo uning farq qiluvchi xususiyati shuki, ish - harakatning mazmuni butunlay ehtiyoj bilan belgilanmaydi. ehtiyoj motiv sifatida ish harakatga turtki beradiyu, ish - harakatning shakli va mazmuni esa ijtimoiy sharoit, talab va tajribalar bilan belgilanadi. Kishini ishlashga majbur qilayotgan motiv undagi ovqatga ehtiyoj bo'lishi mumkin. Lekin kishi, masalan, stanokni boshqarar ekan, ochligini kondirish uchun emas, unga topshirilgan detalni tayyorlash uchun ishlaydi. Uning ish harakatini mazmuni ehtiyojlar bilan emas, balki jamiyat undan talab qilayotgan bir mahsulotni tayyorlash maqsadi bilan belgilanadi. Demak, faoliyatning birinchi farq qiluvchi belgisi uning kishi tomonidan anglanganligi va malum maqsadga yo'naltirilganligidir. Ikkinchidan, faoliyat ong va iroda bilan bevosita boglangan bo'ladi. Chunki ongsiz yoki irodaviy jarayonlarsiz xech qanday faoliyatni amalga oshirish mumkin emas. Demak, faoliyat anglangan maqsad bilan boshqariladigan kishining ichki psixik va tashqi jismoniy faolligidir. Shunday qilib, faoliyat haqida gapirish uchun avvalo kishi faolligining maqsadi kanchalik anglanganligini aniqlash zarurdir. Faoliyat - bu borliqka nisbatan faol munosabatning shaklidir, u orqali inson bilan borliq o'rtasida aloqa urnatiladi. Faoliyat orqali kishi tabiatga, narsalarga, boshqa kishilarga ta'sir qiladi. Ana shu harakatlarda kishi uzining ichki mohiyatini ochib, atrofdagi narsalarga nisbatan subyekt, odamlarga nisbatan shaxs rolini bajaradi. U narsalarning javob ta'sirini boshdan kechirish orqali esa kishilar narsalar, tabiat va jamiyatning haqiqiy, obyektiv, ichki mohiyatini bilib oladi. Xar bir oddiy ishni bajarishga qaratilgan va faoliyatning nisbatan tugallangan elementi ish - harakat deb aytiladi. Bu keltirilgan misolimiz predmetli ish - ...

Joylangan
25 Jul 2022 | 12:22:57
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
16.42 KB
Ko'rishlar soni
411 marta
Ko'chirishlar soni
43 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 20:35
Arxiv ichida: docx
Joylangan
25 Jul 2022 [ 12:22 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
16.42 KB
Ko'rishlar soni
411 marta
Ko'chirishlar soni
43 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 20:35 ]
Arxiv ichida: docx