Hissiyot - rasmi

Material tavsifi

HISSIYOT Hissiyot haqida tushuncha Emosiyalar - fiziologik aks ettirish chegarasida turuvchi va odamga o'z ehtiyojlari bilan bog'liq qo'zg'atuvchilar ta'sir qilganda o'z-o'zini boshqarishni amalga oshiruvchi psixik aks ettirishning sodda shaklidir. emosiyalar real dunyoni predmet hamda hodisalarni emas, balki obyektiv munosabatlarini aks ettiradi, unda mazkur predmet hamda hodisalar inson ehtiyoji uchun organizm xizmatida bo'ladilar. 30.03.25 http:aida.ucoz.ru Hissiyotlar faqat insonga xos bo'lib, emosional aks etish va tushunchalarni umumlashtiruvchi aks ettirishning murakkab formasidir. Ular predmet va hodisalarning yuksak ehtiyojlarga hamda insonning shaxs sifatidagi faoliyati stimullariga munosabatini aks ettiradi. Agarda emosiyalar odamning muhit bilan o'zaro munosabatini organizm tarzida boshqarsa, hissiyotlar uning munosabatini shaxsning boshqa odamlar, jamiyat bilan munosabati tarzida boshqaradilar. . 30.03.25 http:aida.ucoz.ru Inson emosiya va hissiyotlarni faqat boshdan kechiribgina qolmaydi. Ular tashqarida mimika, pantomimika, ovoz toni, tempi va nutq ifodaliligining o'zgarishi, yurak urishining tezlashishi, yuz qizarishi va boshqalarda aks ettiriladi. Har qanday hissiyot bevosita yoki bilvosita tashqi ta'sir bilan belgilanadi. Odamning ehtiyojlarini qondirish bilan bog'liq bo'lgan narsalar undan ijobiy hissiyotlar (qoniqish, quvonish, sevish va shu kabilar) paydo qiladi. Bunga ehtiyojlarni qondirmaslik yoki unga to'sqinlik qilish bilan aloqador bo'lgan narsalar kishidan (norozilik, g'am, qayg'u, nafrat va shu singarilar) ni keltirib chiqaradi. Hissiyotlar axloqiy, intellektual (bilim) va estetik hissiyotlarga bo'linadi. Axloqiy hissiyotlar insonning odamlarga, ishga, mehnatga, hamda o'ziga bo'lgan munosabatida ifodalanadi. Axloqiy hissiyotlar insonning axloqiy xususiyatlari: vijdonlilik, rostgo'ylik, iltifotlik, intizomlilik va boshqa xususiyatlariga bog'liqdir. Axloqiy hissiyotlar: vatanparvarlik, insonparvarlik, o'rtoqlik va do'stlik, jamoatchilik, odamning mehnatga munosabatini ifodalovchi hissiyotlar. Uyalish va vijdon hissi, diniy hissiyot. Axloqsiz hissiyotlar: g'arazguylik, yulg'uchlik, o'zgalardan ustunlik. Intellektual hissiyotlar: havasmandlik, qiziquvchanlik, hayratlanish, taajjublanish, sinchkovlik, e'tiborsizlik, ishonch, ikkilanish, yangilikni sevish yoki undan qurqish. estetik hissiyotlar: go'zallik-xunuklik, yuksaklik-tubanlik, fojialilik-komiklik. estetik hissiyotlar axloqiy hissiyotlar bilan chambarchas bog'liqdir. His-tuyg'ularni biz uchun yoqimli va yoqimsiz bo'lgan his-tuyg'ularga ajratish mumkin. Yoqimli his-tuyg'ular, ularni boshdan kechirayotgan kishining nuqtai nazari bilan qaraganda ijobiy his-tuyg'ular, yoqimsizi - salbiy his-tuyg'ular bo'ladi. Ular o'rtasida birinchi va ikkinchi his-tuyg'ularga kiritilishi mumkin bo'lgan ko'pgina oraliq his-tuyg'ular mavjuddir. Masalan, qo'rquv ba'zan jangovor ruhni, o'zini himoya qilish uchun aktiv harakat qilishga tayyorlikni o'z ichiga oladi; qo'rquv hissi orqaga qaytishga ham, dadil hujum qilishga ham undashi mumkin. Muvaffaqiyat quvonchiga ba'zan ma'yuslik hamroh bo'ladi. His-tuyg'ular aktiv yoki passiv bo'lishi mumkin. Agar kishi hayajonlangan, diqqati kuchaytirilgan bo'lsa (masalan imtihon oldida turgan talaba) yoki alohida ko'tarinkilikni (ijodiy ish davrida) his qilsa, uning tuyg'ulari aktiv bo'ladi. Aksincha kishining holati noaniq bo'lsa, his-tuyg'ulari ham sust o'tib boradi. His-tuyg'ularning aktivligi ularni stenik (g'ayrat o'yg'otuvchi) tuyg'ularga aylantiradi. Ular kishining kuch va g'ayratini oshiradi. Aksincha, his-tuyg'ularning ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 23.19 KB
Ko'rishlar soni 314 marta
Ko'chirishlar soni 16 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 16:02 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 23.19 KB
Ko'rishlar soni 314 marta
Ko'chirishlar soni 16 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga