HOZIRGI ZAMON PSIXOLOGIYA FANINING DOLZARBVAZIFALARI Psixologiya fani boshqa fanlar qatori o'ziga xos nazariy va amaliy vazifalarga ega. Bu vazifalar mustaqillik davridagi qabul qilingan «Ta'lim to'g'risidagi qonun», «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi», hamda «Uzliuksiz ta'lim standartlari davlat tizimi talablardan kelib chiqqan holda ilmiy, nazariy va uslubiy asoslarga ega. Bularning barchasi milliy istiqlol g'oyasini yoshlar ongi va qalbiga singdirish asosida amalga oshadi. Shuning uchun ham hozirgi zamon psixologiyasini quyidagi yo'nalishlarda dolzarb vazifalarni belgilash maqsadga muvofiqdir. 1. Psixologiya fanining ilmiy vazifalariga shu fan qonuniyatlari asosida nazariy va amaliy bilimlarga tayangan holda zamon ruhidagi shaxslarning o'rganishga qaratilgan faoliyat jarayonini tashkil etadi. Shuning bilan birgalikda uning metodologik asoslarini shu fan yuzasidan olib borilgan tadqiqot ishlari, yangiliklar, psixologiyaga oid qonunlar va bir qator bugungi zamon ruhini bayon etadigan adabiyotlar ro'yxati tashkil etadi. Ushbu keltirilgan faktlar psixologiyaning ilmiy vazifalarini ochib berishda mustaqil O'zbekiston Respublikasi taraqqiyoti uchun xizmat qiladigan faoliyat jarayoniga milliy istiqlol g'oyalarini singdiruvchi jamiyat a'zolarini barkamolligini belgilab beradi. 2. Psixologiyaning nazariy vazifalari: shu fanning qonuniyatlarini, metodlarini, prinsiplari, statistik ma'lumotlarga asoslangan holda shaxsning psixik xususiyatlari va prosesslarini, fiziologik jihatlarini o'z ichiga oladi. 3. Psixologiyaning amaliy vazifalari: shu fanni o'rganish jarayonida olgan nazariy bilimlarni amaliyot jarayonida qo'llay bilish, jamoada sog'lom zamon talablariga javob bera oladigan shaxslarni o'zaro munosabatlarini to'g'ri yo'lga quyish, milliy g'oya va mafkura talablari asosida faoliyat jarayonini shakllantirishdan iboratdir. Shu asnoda biz ko'zlagan oliy maqsad ozod va obod Vatan erkin va farovon turmush tarzini yaratishga xizmat qiladigan komil va fozil raqobatbardosh zamon ruhidagi shaxslarni tarbiyalash va ular talabini qondiradigan muhitni yaratishdir. 4. Hozirgi zamon psixologiyasi milliy istiqlol g'oyalaridan kelib chiqib milliy, etnikva xalq psixologiyasiga oid ajdodlarimizning psixologik qarashlarini, ular tomonidan bayon etilib o'z aksini topgan tarixiy, ma'naviy, madaniy, ma'rifiy manbalarni hozirgi kun talablari nuqtai - nazaridan tavqim etib barkamol shaxsni har tomonlama rivojlanishini ta'minlashda uning o'ziga xos shakllarini, yo'l va usullarini ishlab chiqishdan iboratdir. 5. Psixologiyaning qarama-qarshi metodlar bunda psixologik qarama-qarshi ot metodi muammosi, psixologiyadan qarama-qarshi metodi muammosi, psixologiyadan qarama-qarshi metodlari tarixidan qisqacha ma'lumot berilib, kuzatish va o'zini kuzatish, bu metodlarning bilishdagi roli, savol-javob, tajriba va psixologik testlar ustida to'xtaladi. Shu bilan birga har bir metodning afzalligi va kamchiliklari, bunday metodlarni amalda qo'llashning qulay shart-sharoitlari, ishonchli psixologik bilimlarni olish uchun matematikaning ahamiyati, psixologik tajribalarda hisoblash va boshqa texnikalarni qo'llash ustida fikr yuritiladi. 6. Psixologiyaning tabiiy-ilmiy asoslari. a) Odam markaziy nerv tizimini tuzilishi, uning ishi (vazifalari) va xususiyatlari. Bunda odam nerv tizimining umumiy tuzilishi, uning markaziy va perferik qismi, bosh miyaning tuzilishi, har bir neyronning tuzilishi va uning ...

Joylangan
25 Jul 2022 | 12:22:57
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
21.01 KB
Ko'rishlar soni
352 marta
Ko'chirishlar soni
22 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 20:37
Arxiv ichida: docx
Joylangan
25 Jul 2022 [ 12:22 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
21.01 KB
Ko'rishlar soni
352 marta
Ko'chirishlar soni
22 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 20:37 ]
Arxiv ichida: docx