Hozirgi zamon psixologiyasining metodologik masalalari R e j a : 1. Hozirgi zamon psixologiyasining tamoyillari: a) determinizm; b) ong va faoliyat birligi; v) psixikaning faoliyatda rivojlanishi. 2. Hozirgi zamon psixologiyasining tuzilishi. 3. Hozirgi zamon psixologiyasining ilmiy -tadqiqot uslublari: a) asosiy uslublar; b) yordamchi uslublar; 4. Psixologiyaning fanlar tizimida tutgan o'rni. Mavzu bo'yicha tayanch tushunchalar: Psixologiya sohalari - faoliyat, taraqqiyot, shaxsning jamiyatga munosabatiga ko'ra. Determinizm - sababiy bog'liqlik. Eksperiment -- tajriba usuli Introspektsiya - o'z - o'zini kuzatish Bixeviorizm - xulq - atvorni o'rganuvchi oqim. Freydizm - instinktiv mayllarni o'rganuvchi oqim. Test metodi - standartlashtirilgan , aqliy taraqqiyotni aniqlovchi usul. 1. Hozirgi zamon psixologiyasining tamoyillari Psixologiya tamoyillarini Amerika va boshqa chet el psixologiyasi yo'nalishlari ham ishlab chiqqan. XX asr boshlarida bixeviorizm va freydizm yo'nalishlari vujudga kelgan edi. Bixeviorizm psixologiyasi hayvonlarda o'tkazilgan kuzatishlar natijasiga asoslangan bo'lib, uning namoyondalari Torndayk va Uotson (Bixeviorizm ingliz tilida «xulq - atvor» degan ma'noni bildiradi). Bu oqim psixika va ongni inkor qiladi, xulq bilan tashqi muhit o'rtasidagi munosabatlarni, qonuniyatlarni tekshirishni taklif qiladilar. Ularning fikricha, psixologiyaning vazifasi stimulga (qo'zg'atuvchi), ya'ni sezgi a'zolariga ta'sir qilayotgan qo'zg'atuvchiga o'q otish, biror suratni ko'rsatish o'nga qanday javob reaksiyasi bo'lishini yoki bunday reaksiyani qanday stimul tug'dirishini oldindan aytib bera olishdan iborat. Bixevioristlarning formulasi S - R dir. Freydizm yo'nalishiga venalik psixiatr Z.Freyd asos solgan. Uning fikricha, odam mohiyatiga ko'ra hayvonga o'xshaydi. Odamni xulq - atvori va harakatlari ikkita tamoyilga Roxatlanish va Reallik tamoyiliga bo'ysundirilgan bo'ladi. Bu oqim ham insonning ongiga ishonmaydi. Freyd o'zining psixologik nazariyasini odam haqidagi, jamiyat va madaniyat haqidagi umumiy ta'limotga aylantirib, g'arb mamlakatlarida katta e'tibor qozondi. 1923 yilda Psixonevrologlarning I -s'ezdida K.N.Kornilov psixologiyani qayta qurish vazifasini ilgari surdi. Psixologiya fanini yuzaga kelishida juda katta rol' o'ynagan ilmiy kadrlar etishib chiqdi. Masalan, B. Anan'ev, P. Blonskiy, L.S.Rubinshteyn shuningdek, keyinchalik O'zbekistonda ham yirik olimlar etishib chiqdi, masalan: M.G.Davletshin, M.Voxidov, e.G'oziev, V.V.Tokareva, R.T.Gaynutdinov, V.M.Karimova, G'.B. SHoumarov, R.Sunnatova kabilar. YUqoridagi nomlari tilga olingan olimlar o'zlarining g'oyalari, milliy mafkuralari bilan yoshlarda tafakkur sifatlari: mustaqillik, tanqidiylik kabilarni shakllantirishga e'tibor bermoqdalar. O'z ilmiy fikrlarini yoshlar, talabalar ongiga singdirmoqdalar. Hozirgi mustaqillik sharoitida psixologiyaga bo'lgan talab, ehtiyoj juda kuchayib ketdi. YOshlarni ma'naviyatini boyitish uchun ularni dunyoqarashi, tafakkuri, irodasi, umuman ongini o'stirish zarur. Buning uchun biz olimlar eksperimental ishlarni kuchaytirishimiz, ta'lim jarayonini yangi texnologiyalar asosida qayta qurishimiz zarur. Hozirda Respublikamizdagi universitetlarda psixologiya bo'limlari, kafedra, laboratoriyalar ilmiy fikrlar markaziga aylantirildi. Hozirgi zamon psixologiyasining tamoyillari quyidagicha: 1. Determinizm tamoyili; 2. Ong va faoliyat birligi tamoyili; 3. Psixikaning faoliyatda rivojlanish tamo - yili ...

Joylangan
25 Jul 2022 | 12:22:57
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
17.04 KB
Ko'rishlar soni
215 marta
Ko'chirishlar soni
13 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 20:37
Arxiv ichida: docx
Joylangan
25 Jul 2022 [ 12:22 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
17.04 KB
Ko'rishlar soni
215 marta
Ko'chirishlar soni
13 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 20:37 ]
Arxiv ichida: docx