Hozirgi zamon psixologiyasi maruza matni

Hozirgi zamon psixologiyasi maruza matni

O'quvchilarga / Psixologiya
Hozirgi zamon psixologiyasi maruza matni - rasmi

Material tavsifi

Hozirgi zamon psixologiyasining tuzilishi va tadqiqot metodlari mavzusida maruza matni.

Hozirgi zamon psixologiyasining tuzilishi va tadqiqot metodlari REJA: 3.1. Psixologiya sohasida ilmiy tekshirish olib borishning o'ziga xosligi. 3.2. Psixologiyaning asosiy tamoyillari 3.3 Psixologiyaning tadqiqot metodlari TAYANCH TUSHUNCHALAR: Tamoyillar - tadqiq etilayotgan obyektni mazmunli bayon etish, tajribama'lumotlariga ega bo'lish muolajalarini rejalashtirish, ularni umumlashtirib, izohlash, shuningdek, ilmiy farazlarni ilgari surib, ularni tekshirish imkonini beradi. Identifikatsiya - ijtimoiylashtirishning muhim mexanizmi bo'lib hisoblanadi. Ijtimoiy fatsilitatsiya - bu ba'zi odamlarning boshqalarning faoliyatiga ular oldida yoki bevosita ishtirokida amalga oshiriluvchi ijobiy rag'batlantiruvchi ta'siri. Sotsiometriya - o'zaro munosabatlar va psixologik kelishuvchanlikning tuzilishini aniqlash maqsadida guruhdagi shaxslararo munosabatlarni psixologik tadqiq etish metodi. Hozirgi zamon psixologiyasi yaxlit fanning o'zidan emas, balki mustaqil fan bo'lishga da'vogarlik qiluvchi ilmiy fanlar majmuasidan iborat. Bu majmuadan psixologiyaning ta'lim bilan bog'liq bo'lgan asosiy va amaliy, umumiy va maxsus sohalari o'rin olgan. Psixologiya fanining asosiy sohalari odamlarning aniq bir faoliyat bilan shug'ullanishidan qat'iy nazar, odamlarning xulq-atvor psixologiyasini bilish va tushuntirib berishda umumiy ahamiyatga ega. Fanning bu sohalari odam xulq-atvori va psixologiyasi bilan qiziquvchilarga birday zarur bo'lgan bilimlarni berishlari kerak. Ba'zida umumiy xususiyatlaridan kelib chiqqan holda, ular «umumiy psixologiya» atamasi bilan umumlashtiriladi. Umumiy psixologiya sohasidagi tadqiqotlar natijalari psixologiya fanining barcha soha va bo'limlarining rivojlanishi uchun asos bo'lib hisoblanadi. (2.1 rasm). Shu bilan birga, ma'lum maxsus yoki nazariy faoliyatning u yoki bu turi bilan mashg'ul odamlar xulq-atvori va psixologiyasini tadqiq etuvchi fanning maxsus yoki amaliy sohalari ham ajratiladi (2.2 rasm). Psixologiya fanida ilmiy tadqiqotlarning integratsiyalashuvi va differensiatsiyalash jarayonlari ro'y beradi. Xususan, psixologiyaning jadal rivojlanishi uning differensiatsiyasiga - psixologiya fanlari qator sohalarining, shu jumladan, psixologiyani boshqa fanlar bilan bog'lovchi fanlararo sohalarning yuzaga kelishiga olib keldi. XIX asrning ikkinchi yarmidan boshlab, psixik jarayonlarning asosi bo'lgan fiziologiya mexanizmlarini o'rganuvchi psixofiziologiya shakllandi. XVII-XIX asrlarda boshlangan hayvonlar psixik faolligini o'rganish bo'yicha tadqiqotlar ekologiya, otologiya va boshqa fanlar bilan uzviy bog'langan zoopsixologiyani yuzaga keltirdi. Psixologiyaning alohida sohasi bo'lib psixogigiyena, psixoterapiya va tibbiyot deontologiyasi masalalarini, patopsixologiya (qabul qilish, xotira, tafakkur va boshqalar kabi psixik jarayonlarning izdan chiqish qonuniyatlarini tadqiq etuvchi), neyropsixologiya (psixik jarayonlarning bosh miya ma'lum tuzilmalari bilan aloqasini o'rganuvchi) va psixokorreksiyani o'rganuvchi tibbiyot psixologiyasi hisoblanadi.[1] Bir-biri bilan o'zaro uzviy bog'langan bolalar psixologiyasi (bola psixik rivojlanishining qonuniyatlarini o'rganadi) va pedagogik psixologiya (maqsadga yo'naltirilgan pedagogik jarayon sharoitida psixikani tadqiq etib, ta'lim va tarbiyaning psixologik asoslarini ishlab chiqadi), yosh psixologiyasi (o'rganish predmeti - psixikaning yosh xususiyatlari), mehnat psixologiyasi (issleduet mehnat jarayonida psixik faoliyat va shaxsni tadqiq etib, kasb tanlash, mehnat jamoalarini tashkil etish va boshqalar bo'yicha tavsiyalar ishlab chiqadi), boshqaruvning avtomatlashtirilgan tizimlarini loyihalash va ularni takomillashtirishda ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 87.26 KB
Ko'rishlar soni 288 marta
Ko'chirishlar soni 12 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 20:37 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 87.26 KB
Ko'rishlar soni 288 marta
Ko'chirishlar soni 12 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga