Ijtimoiy menejment XX asr oxiri XXI asrboshqaruv madaniyati

Ijtimoiy menejment XX asr oxiri XXI asrboshqaruv madaniyati

O'quvchilarga / Psixologiya
Ijtimoiy menejment XX asr oxiri XXI asrboshqaruv madaniyati - rasmi

Material tavsifi

O'zbekiston RespublikaSI OLIY VA O'RTA ta'lim VAZIRLIGI IJTIMOIY MENEJMENT fanidan Mavzu:Ijtimoiy menejment XX asr oxiri XXI asrboshqaruv madaniyati Reja: 1. Kirish 2. Menejment ilmining taraqqiyot bosqichlari 3. Ilmiy menejment maktabi ta'limotlari 4. Mumtoz yoki ma'muriy menejment maktabi ta'limotlari 5. O'zbek menejmentining o'ziga xos xususiyatlari,yutuq va kamchiliklari Kirish Menejment ilmi o'zining ko'p asrlik tarixiga ega. Bu jarayonlar mobaynida unda bir qancha konsepsiyalar ilgari surildi. Ularning ko'pchiligi o'sha davridayoq o'zini oqlolmadi, ba'zilari esa bugungi kungacha yashab kelmoqda. Bugungi kun korxonalarini menejmentsiz tasavvur qilib bo'lmaydi. Jamiyatda o'z o'rniga ega bo'lishni istagan har qanday korxona o'z menejment faoliyatiga alohida e'tibor bermoqda. Jahon sahnida yapon menejmenti, amerikan menejmenti kabi yuksak maktablar vujudga keldi. Mamlakatimizda ham bu sohada ham alohida e'tibor berilmoqda. O'zbekistonning har tomonlama rivojlanishi va uning jahon iqtisodiy hamjamiyatiga uyg'unlashuvi zamonaviy bilimlarni puxta egallangan mutaxasislarni tayyorlashni taqazo etadi. Bugungi kunda malakali menejerlar-sifat jihatidan yangi iqtisodiyotning namoyondalari hamma narsalarni hal etmoqda. Yangilikka intilish esa-menejerlik mazmun-mohiyatini ifoda etadi. Shu bois menejmentni boshqarish fani sifatida chuqur va har tomonlama o'rganish, shuningdek, bu sohada xorijda yig'ilgan tajribani tanqidiy tahlil etish va undan ijobiy foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi. Bugungi kunda menejment sohasini mamlakatimizda rivojlantirishda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huziridagi Davlat va jamiyat qurulishi akademiyasining o'rni nihoyatda kattadir. Mustaqil O'zbekistonning jahon bozoriga kirishi Kadrlar hammasini hal qiladi! degan eski shiorni yangicha tarzda dolzarb qilib qo'ydi . Darhaqiqat , mutaxassislarimizning O'zbekiston Respublikasi manfaatlarini xalqaro maydonga muvaffaqiyatli himoya etishi nazariy va amaliy tayyorgarlikka boliq. xalqaro iqtisodiy munosabatlarda diletant , yetuk mutaxassis bo'lmagan rahbar o'z davlatiga zarar yetkazishi mumkin . Zero, O'zbekiston resurslarini xarid qilishda ham, o'z eksport imkoniyatlarini ro'yobga chiqarishda ham chet mamlakatlar bilan hamkorlikni tobora kengaytirmoqda. Yuqori malakali mutaxassis xorijiy sheriklar bilan muvaffaqqiyatli hamkorlik olib borish, o'z mamlakati manfaatlarini xaqaro maydonda himoya qilish uchun menejment faniga ehtiyoj sezadi. Ushbu kurs ishida menejment ilmining rivojlanish tarixi, uning taraqqiyot bosqichlari, bugungi kun mamlakatimizda va xorijda uning qay darajada tashkil etilganligi tahliliy misollar vositasida yoritishga harakat qildi 4 1. Menejment ilmining taraqqiyot bosqichlari Menejment ilmining dastlabki kurtaklari qadim zamonlarga borib taqalib, Yu.Sezar, A.Makedonskiy, Turkistonda esa o'rta asr davrida Amir Temur hukmronligi vaqtidan boshlab shakllana boshlagan. Dastlabki paytlarda u oddiy bo'lib, asosan harbiy tavsifga ega edi. O'sha davr menejerlari harbiy intizomni o'rnatish maqsadida, odamlarni jazo bilan qo'rqitish, har qanday buyruq va farmonlarga so'zsiz itoat etish kabi usullarni qo'llaganlar. Bunday boshqaruvga mehnat resurslaridan foydalanish, ulardan iloji boricha ko'proq qo'shimcha qiymat undirishning g'oyatda samarali usuli, deb qaralgan. Amir Temur davrida markazlashgan, intizomli davlatning barpo etilganligiga ham ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 48.12 KB
Ko'rishlar soni 230 marta
Ko'chirishlar soni 17 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 20:39 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 48.12 KB
Ko'rishlar soni 230 marta
Ko'chirishlar soni 17 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga