Mavzu: IJTIMOIY PSIXOLOGIYaDA KIChIK guruhLAR MUAMMOSI Reja: Ijtimoiy psixologiyada kichik guruhlar tushunchasi. Kichik guruhlarni o'rganish. Kichik guruhlarni chegarasini aniqlash. Ijtimoiy psixologiyada kichik guruhlarning asosiy tadqiqot yo'nalishlari. Kichik guruhlarni turlanishi. Tayanch tushunchalar: Kichik guruh, interaksiya, koaksiya, fastsilitatsiya, ingibitsiya, referent guruh. ADABIYoTLAR Andreeva G.M., «Sotsialnaya psixologiya», M. 199. Karimova V., Akramova F., «Psixologiya», T., 200. 1. Kichik guruhlar muammolari ijtimoiy psixologiyada an'anaviy va yaxshi ko'rib chiqilgandir. Kichik guruhga qiziqish ilgaridan paydo bo'lgan edi. Jamiyat va o'zaro munosabat haqida savol muxokama qilib boshlanganda har xil izlanishlar kichik guruhni muammolarini yechishdan boshlanar edi. Shu xam malum bo'ldiki, odamzod hayotining birinchi kunlaridanoq kichik guruhlar bilan bog'liq, ular orqali tashqi hayot haqida birinchi ma'lumot oladi. Shuning uchun ijtimoiy psixolog kichik guruhlarni analiz uchun muhim deb biladi. Ammo bu sabab kichik guruhlarning muammosini oddiy deb hisoblash xatodir. Chunki bu yerda quyidagi savol tug'ilishi mumkin, qaysi guruhlarni «kichik» deb ko'rish mumkin. Boshqacha aytganda, shunday savollarga javob berish kerak, kichik guruh nima degan? Ijtimoiy psixologiyada uning qaysi parametrlarini o'rganib chiqish mumkin? Shu sababdan kichik guruhlarni o'rganish uchun tarixga murojaat qilish lozim. Va bu o'rganish, izlanish uch bosqichda o'tdi. Xar bir bosqich kichik guruhga mohiyatiga alohida yangilik olib keldi. 2. I. Izlanish (XX asrni 20-yillarida, AQSHda bo'lib o'tdi). Shunday savolga javob izladilar, individ yolg'izlikda yaxshi ish olib boradimi yoki birovlar davrasida individning faoliyatini kuchaytiradimi? Ayniqsa boshqalar ishtirokiga etibor etilgan shu guruhga esa faqat (o'zaro munosabat) a'zolar interaksiyasi o'rganilmay, ularni koaksiyasi (bir vaqtdagi hamkorligi) xam ko'rib chiqildi. «Koaksiya» guruhlarni tekshirish natijalari shuni ko'rsatdiki, individning boshqalar ishtirokida tezkorligi oshib ish sifati pasayadi. Bu boshqa insonlarni shunday masalalar ustida ishlashi individ faoliyatining natijasiga o'z ta'sirini o'tkazadi va ijtimoiy fastsilitatsiya nomini oladi. Uning mohiyati quyidagicha bo'ladi: boshqalarning ishtiroki bir odamning faoliyatini engillashtiradi. To'g'ri uning teskarisi xam bo'lishi mumkin va ijtimoiy ingibitsiya deb ataladi. Ammo ijtimoiy fastsilitatsiyani o'rganish ko'p uchraydigan holat. II. bosqichda koaksiya guruhini ichida individning o'zaro munosabatlari o'rganiladi. Uning natijasida quyidagilardan iborat: eng oddiy masalalar guruh birligida tez va xatosiz ishlanadi. guruh va individning tezligini solishtirganda quyidagi natijani ko'ramiz: guruhning o'rtacha tezligi masalani yechishda individning o'rtacha tezligidan katta. Demak, boshqalar ishtiroki va o'zaro munosabat guruhning asosiy parametri hisoblanadi. II bosqichda kichik guruhlarning o'rganilishi xar tomonlama bo'ladi. Bunda faqat individga guruhlarni ta'sirini ko'rsatmay, guruhlarni xarakteristikasini xam etiborga olgan edi: uning tuzilishi individning guruhdagi o'zaro munosabat turlari guruhning umumiy faoliyatini tasvirlashi. Turli guruhning xarakteristikalari, o'lchash qo'llanmalari xar tomondan takomillashtirildi. Kichik guruhlarga qiziqish juda katta. Kichik guruh nima degan? Uning belgilari va chegarasi qanday? Kichik guruh ...

Joylangan
25 Jul 2022 | 12:22:57
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
24.85 KB
Ko'rishlar soni
510 marta
Ko'chirishlar soni
69 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 20:40
Arxiv ichida: docx
Joylangan
25 Jul 2022 [ 12:22 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
24.85 KB
Ko'rishlar soni
510 marta
Ko'chirishlar soni
69 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 20:40 ]
Arxiv ichida: docx