Ijtimoiy psixologiyaning metodlari

Ijtimoiy psixologiyaning metodlari

O'quvchilarga / Psixologiya
Ijtimoiy psixologiyaning metodlari - rasmi

Material tavsifi

Mavzu: IJTIMOIY PSIXOLOGIYaNING MYeTODLARI Reja: Ijtimoiy psixologiya metodlarini o'ziga xosligi. Ijtimoiy psixologiya metodlari. Ijtimoiy psixologik testlar. Ijtimoiy psixologik eksperiment. proyektiv metodlar. Ijtimoiy psixologik trening. Tanyanch tushunchalar: Metod, verbal, kontent-tahlil, respondent, proyektiv metod, trening, eksperiment, anketa. ADABIYoTLAR: Karimova V.M., «Ijtimoiy psixologiya va ijtimoiy amaliyot», Toshkent, 199. Andreeva G.M., «Sotsialnaya psixologiya», M., 199 g. Karimova V.M., Akramova, «Psixologiya», T., 200 yil. Xar bir alohida fanda bo'lgani singari ijtimoiy psixologiyaning o'z metodlari va ularni qo'llash vositalari mavjud. To'g'ri, ularning aksariyati psixologiya va sotsiologiya fanlarida qo'llaniladigan usullarga yaqin, lekin fanning predmetidagi o'ziga xoslikni hisobga olgan holda ularni ishlatish yo'llari va ma'lumotlarni ilmiy jihatdan tahlil qilishda farqlar mavjud. Masalan, umumiy psixologiyada bo'lgani kabi ijtimoiy psixologiyada xam kuzatish metodi qo'llaniladi, lekin kuzatuv obyekti konkret shaxsdagi psixik faoliyat emas, balki shaxsning ijtimoiy munosabatlar tizimida bevosita kuzatish mumkin bo'lgan ijtimoiy xulqidir. Yani, kuzatuvchi aniq oldindan belgilangan reja asosida o'zi o'rganayotgan guruhning faoliyatini, verbal va noverbal xatti-harakatlarni malum vaqt birligida muttasil kuzatib, olingan ma'lumotlarni qayd etib boradi. Bunda zamonaviy audio va videotexnikadan foydalanish, u yoki bu harakatlarni qayta-qayta qurish orqali kerakli xulosalarni chiqarish mumkin. Ijtimoiy psixologiyada qo'llaniladigan kuzatish metodining asosan uch shakli mavjud: a) qo'shilib kuzatish - bunda tadqiqotchi (o'sha) kuzatiluvchilar faoliyatiga bevosita aralashib, ular bilan kerak bo'lsa, yashaydi va ishlaydi. Bu usuldagi eng muhim xususiyat uning tabiiyligi bo'lib, kuzatish obyektlari o'zlarining kuzatilayotganliklarini sezmaydilar va kuzatuvchini guruhning azosi sifatida qabul qiladilar. Ushbu shartning buzilishi eksperimentning samarasiz bo'lishiga olib kelishi mumkin; b) tashqi kuzatish - kuzatiluvchilar faoliyatiga aralashmagan holda ular tashqi xulq-atvorini qayd qilishdir. Bu usul muayyan vaqt va sabr-toqat talab qilishi bilan boshqa metodlardan farq qiladi, bazida qisqa muddat ichida tadqiqotchi o'zini qiziqtirayotgan predmet xususida xech narsa qayd qila olmasligi yoki tasodifan qo'lga kiritilgan ma'lumot asosida xulosa chiqarishga majbur bo'lishi mumkin. Shuning uchun xam bu usul boshqa usullarga qo'shimcha vosita sifatida ishlatiladi; v) muhim vaziyatlarni qayd etish usulida kuzatishning mohiyati shundaki, alohida shaxs yoki guruh kutilmagan, tasodifiy vaziyatga solinadi va ularning vaziyatga munosabati, o'zini tutishi, ziddiyatli va qiyin holatlardan chiqish yo'llari kuzatiladi. Masalan, guruhni ataylab oldindan tuzilgan sssenariy yordamida munozarali vaziyatga solish va unda xar bir guruh azosini o'zini qanday tutishi va bayon etgan fikrlarini zikr etish bunga yorqin misoldir. Agar kuzatish metodi ijtimoiy psixologiyaga u mumiy psixologiyadan o'tgan usul bo'lsa, hujjatlarni tahlil qilish usuli sotsiologiyadan kirib kelgandir. Bu usul ijtimoiy faoliyatning maxsulini o'rganishga qaratilgan bo'lib, to'plangan ma'lumotlarning ishonchliligi, matematika va statistika uslublari yordamida qayta ishlash imkoniyatining mavjudligi sababli malum afzalliklarga ega. Bu usulning yana bir nomi kontent-tahlil bo'lib, ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 25.02 KB
Ko'rishlar soni 602 marta
Ko'chirishlar soni 72 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 20:40 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 25.02 KB
Ko'rishlar soni 602 marta
Ko'chirishlar soni 72 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga