Ilm-fandagi halollik. Psixodiagnostika

Ilm-fandagi halollik. Psixodiagnostika

O'quvchilarga / Psixologiya
Ilm-fandagi halollik. Psixodiagnostika - rasmi

Material tavsifi

Ilm-fandagi halollik Reja: 13.1.Xarom amallar: fabrikatsiya, falsifikatsiya. 13.2.Shubhali amallar: eksperimentni loyihalash, axborot yig'ish, ma'lumotlar tahlili, natijalar taqdimoti. 13.3.Turli amallar: ba'zi bir narsalarni tushirib qoldirish, reorganizatsiya, yangicha formulirovka. Tayanch tushunchalar: Fabrikatsiya - ayrim ma'lumotlarni qo'shib tahlil qilish. Falsifikatsiya - tadqiqot natijalarini soxtalashtirish. Reorganizatsiya - tajribani noto'g'ri tashkil etish. Yangicha formulirovka - ma'lumotlarni sharhlashda, izohlashda yangicha yondashuvning mavjudligi. 13.1.Xarom amallar: fabrikatsiya, falsifikatsiya Zamonaviy psixodiagnostik tushunchalarga va tadqiqotlarni tashkil etishga, natijalarni tahlil etishga alohida talablar qo'yiladi. Ana shunday tushunchalarga qo'yiladigan talablardan biri operasionalizasiya deb ataladi, ya'ni mazkur tushuncha haqiqatdan ham tavsiflanayotgan xususiyatning barcha jihatlarini qamrab olishi kerak. Psixodiagnostik tushunchalarga qo'yiladigan ikkinchi talab verifikasiya degan tushuncha bilan ifodalanadi. Verifikasiya talabiga ko'ra, har bir tushunchani amaliyotda qo'llash uchun u sinovdan, tekshiruvdan o'tgan bo'lishi kerak. Psixologik-pedagogik tajribalar tadqiqotning ishonchli vositasi bo'lishi, uning yordamida ilmiy asoslangan ma'lumotlar olish, amaliy jihatdan to'g'ri xulosalar chiqarish imkonini berishi uchun psixodiagnostik metodlar muayyan talablarga javob berishi kerak. Ilm fandagi g'irromlikning eng mashhur turi bu ma'lumotlar fabrikatsiyasi. Ba'zieksperementator tajriba o'tkazishning eng yaxshi yoki uni umuman o'tkazmaslik ekanini juda yaxshi biladilar. Ular texnik ta'minot vositalarini tayyorlash, ishtirokchilarni jalb qilish, metodni tanlash, olinadigan natijalarni matematik-statistik tahlil qilish kabi o'zlarini ortiqcha ovora qiluvchi ishlarni amalga oshirmaydilar. Ular bilishi zarur bo'lgan yagona narsa bu - eksperimentni o'tkazish tartibini to'g'ri yoritib bera olish xalos. Bunday eksperimentatorlar boshqa kasbni egallash haqida o'ylab ko'rsalar bo'lar edi, chunki ular uzoq vaqt psixolog bo'la olmaydilar. Ta'lim olish jarayonida sizda ma'lumotlarni fabrikatsiyalash istagi Yuzaga kelishi mumkin, chunki vazifani topshirish muddati yaqin, siz esa hali tayyor emassiz. Bunday qilmang! Topshirilmagan ish uzog'i bilan sizning yomon baho olishingizga sabab bo'lishi mumkin, soxtalashtirilgan ma'lumotlar esa sizni sharmandalarcha talabalar safidan chiqarilishingizgacha olib kelishi mumkin. Ilmda professionallar soxtalashtirilgan ma'lumotlarni kechirmaydilar. 1990 yillarning boshida Kammerer familiyali biolog orttirilgan xarakter xususiyatlari ham nasldan naslga o'tishini isbotlamoqchi bo'lgan, uning qarashlari Darvinning evolYutsiya nazariyasidan tubdan farq qilardi. Kammerer qora tuproqda o'tli salamandera (fire salamanders) ning bir necha avlodini etishtirganini da'vo qilardi. Uning aytishicha, asli rangi qora, tanasida sariq dog'lari bor salamanderlarning sariq dog'lari kamayib, yana bu xususiyat keyiingi avlodga ham o'tgan ekan. Kammerer olgan natijalardan shubhalangan boshqa bir olim Kammerer tekshirdim degan salamanderlarning buncha avlodini boqishga ketgan vaqtni uning hisobotlarida keltirilgan vaqt bilan solishtitib ko'radi, qarasaki natijalar turlicha. Boshqa olimlar ham Kammererdan bu holatni tushuntirib berishini talab qildilar, bu hol 7 yildan so'ng boshqa ikki olim tajriba vaqtida o'rganilgan salamderlarning murdalarini tatqiq qilishga ruxsat olgunlariga qadar davom etadi. Ularning aniqlashicha salamanderlar tanasi qora tush bilan bo'yalgan ekan. Kammererning o'zi esa natijalarni ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 49.9 KB
Ko'rishlar soni 560 marta
Ko'chirishlar soni 111 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 20:40 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 49.9 KB
Ko'rishlar soni 560 marta
Ko'chirishlar soni 111 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga