Ilmiy manbalar bilan ishlash Reja: 14.1. Rasmiy manbalar: kitoblar, maqolalar, texnik hisobotlar, elektron nashrlar. 14.2. Norasmiy manbalar: mutaxassislar bilan uchrashuvlar, tadqiqiy guruhlar, o'qituvchilar Tayanch tushunchalar: Rasmiy manba; norasmiy manba; ilmiy manbalar; maqola; kitob; texnik hisobot; to'garak; jurnal. 14.1. Rasmiy manbalar: kitoblar, maqolalar, texnik hisobotlar, elektron nashrlar Eksperimental psixologiyada ilmiy manbalar bilan ishlash katta ahamiyat kasb etadi. Bizga ma'lumki ilmiy manbalar -ma'lum bir fan doirasidagi tasdiqlangan bilimlar tizimi hisoblanadi. Eksperimental psixologiyada ilmiy manbalar bilan ishlashda o'z vaqtida manbalarni qo'llashga e'tibor berish lozim. Ilmiy manbalar o'z navbatida ikki turga bo'linadi: 1. Rasmiy manbalarga- psixologiya sohasidagi turli xil kitoblar, ma'lum mavzudagi ma'lumotlarni jamlovchi kitob va maqolalar, texnik hisobotlar, elektron nashrlar, jurnallardagi maqolalar kiradi. 2. Norasmiy manbalarga - koferensiya tezislari to'plami, to'garaklar, laboratoriya kengashlari, og'zaki maslahatlar, tadqiqotchi guruh kiradi. Har qanday tadqiqotni bajarish uchun qanday ilmiy manbalar mavjud va ulardan qanday foydalanish kerakligi haqida ma'lum bir tushunchaga ega bo'lish kerak. Inson umrini kutubxonada ilmdagi yangiliklarni o'rganish uchun o'tkazishi mumkin, lekin shunda ham u ortda qolaveradi. Amaliy tajribalar uchun eksperimental farazlar odatda zaruriy ehtiyojlar, yoki hech bo'lmasa nimanidir yaxshilash maqsadida yuzaga keladi. Ular bevosita doimiy hayotdan dunyoga keladilar. To'qimachilik tsexidagi shovqin, fortepyano pessalarini o'rganish usullari, samalyotning kechki payt qo'nishi bilan bog'liq eksperimentlar aynan shunday vujudga kelgan. Xatti- harakatni anglashni yaxshilash kabi ilmiy tadqiqotlar uchun avvalgi tadqiqotlarga asoslanish xosdir. Barcha tadqiqotlarning ilmiy asosi albatta ilmiy manbalardan olinadi. Inson miyasiga juda zo'r g'oyalar kelsa ham o'sha vaqtdayoq tadqiqot sxemasini tuzmaslik lozim, chunki, kimdir aynan shu sohada birinchi bo'lgan bo'lishi mumkin. Shuning uchun ilmiy adabiyotlarni ko'rib chiqish maqsadga muvofiqdir. Ilmiy manbalar - ma'lum bir fan doirasidagi tasdiqlangan bilimlar tizimi hisoblanadi. Eksperiment jarayonida ilmiy manbalar bilan ishlash katta ahamiyat kasb etadi. Ilmiy manbalar o'z navbatida ikki turga bo'linadi: A) Rasmiy manbalar B) Norasmiy manbalar Rasmiy manbalarga psixologiya sohasidagi turli xil kitoblar, ma'lum mavzudagi ma'lumotlarni jamlovchi kitob va maqolalar, texnik hisobotlar, elektron nashrlar, jurnallardagi maqolalar kiradi. Norasmiy manbalarga konferentsiya tezislari to'plami, to'garaklar, labaratoriya kengashlari, og'zaki maslahatlari, tadqiqotchi guruh kiradi. Kitob Kitoblarda faqat ancha oldin boshlangan tadqiqotlar haqida yozilganligi uchun, kitoblarni foydalanish mumkin bo'lgan manbalar ichida eng yomoni deb o'ylash mumkin. Lekin aynan shu narsa ularni eng yaxshi manba bo'lishiga sabab bo'ladi. Tadqiqot yakunlangandan to uning manbalarda paydo bo'lguniga qadar davr davomida muhim jarayon: tadqiqot sifati va ilmga keraklilik jihatlari tekshiriladi. Shunga ko'ra, tadqiqot haqidagi ma'lumotlar kitobga kirguncha u boshqa tadqiqotlar qatoriga hamda yagona bilimlar majmuasiga kirib boradi. Kitob muallifi bunda biz qilishimiz kerak bo'lgan ishning ko'p qismini bajarib bo'lgan bo'ladi, ...

Joylangan
25 Jul 2022 | 12:22:57
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
44.01 KB
Ko'rishlar soni
695 marta
Ko'chirishlar soni
73 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 20:40
Arxiv ichida: docx
Joylangan
25 Jul 2022 [ 12:22 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
44.01 KB
Ko'rishlar soni
695 marta
Ko'chirishlar soni
73 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 20:40 ]
Arxiv ichida: docx