Intellekt va kreativlik. Reja: Intellekt va kreativlik haqida tushuncha. Intellekt va kreativlikning o'zaro aloqasi Intellektni o'lchashda zamonaviy testlar tarixi. Intellektning shakllanishida atrof- muhim va irsiyatning roli. Intellektning rivojlanishidagi jinsiy farqlar. Tayanch so'zlar: Inttelekt, krietivlik, irsiyat, IQ koeffitsenti, intellekt testi, aqliy yosh, Stenford-Bine testi Glossariy Intellekt testi- insondagi aqliy qobiliyatlarni boshqalarning aqliy qobiliyati bilan solishtirish yo'li orqali aniqlanadi. Aqliy yosh- fanga Bine tomonidan kiritilib, test natijalarining darajasiga mos keluvchi yosh. Stenford-Bine testi- Bine testining amerikacha versiyasi bo'lib, Stenford universitetida Lyuis Terman tomonidan ishlab chiqilgan. IQ koeffitsenti- aqliy yoshni xronologik yoshga bo'lib, uni 100 ko'paytirishimizdan hosil bo'ladi. Asosan o'rta yoshli odamnnig Iq koeffitsenti 100 ga teng bo'lishi kerak. Intellektual xatti-harakatlar - tashqi muhit va nutqqa suyangan holda idrokning ichki rejalarida bajariladigan xatti-harakat. Intellektual rivojlanish mezoni (ong IQ - aqliy yosh (AYO) va xronologik yosh (XYO) orasidagi munosabatni bildiruvchi mezon: IQ = AYOXYO x 100. Intellektning biror bir yosh shkalasiga suyangan holda test natijalari orqali rivojlanishini aniqlash mumkin. Tafakkur - inson aqliy faoliyatining yuksak shakli. Sezgi idrok va tasavvurlar orqali bevosita bilib bo'lmaydigan narsa va hodisalar T.da ongli ravishda aks etadi. T. jarayonida fikr vujudga keladi, bu fikrlar inson ongida hukm, tushuncha, xulosa shakllarida yuzaga keladi. Klassifikatsiya - tevarak-atrofdagi olamni o'rganishda birgina narsa bilan emas, balki ko'p va xilma narsalar bilan ish ko'rishga to'g'ri keladi, ya'ni narsalarni o'rganish maqsadida guruhlarga, sinflarga ajratishdir. Assotsiativ - XVII-XIX asrlarda maydonga kelgan psixologiya fani yo'nalishi bo'lib, ko'proq Angliyada tarqalgandir, ya'ni psixik hodisalarning o'zaro bog'lanishi bo'lib, ma'lum qonunlar bo'yicha tarkib topishdir. Analiz-tahlil - murakkab obyektni turli tarkibiy qismlarga ajratish yoki tavsifnoma berishdan iborat fikralsh operatsiyasidir. Psixologiyada intellekt va kreativlikni aloqasini tushuntiruvchi 3 ta nazariya mavjud. D.Veksler, G.Ayzenk, L.Termen, R.Stenberg va boshqalar intellekt va kreativlikni oliy darajadagi insoniy qobiliyatlarning birligi deb bilishadi. Intellekt kretivlikning yuqori bosqichidir . Bu degani nafaqat ular birlikda, balki ijodkorlik intellektning hosilasidir. YUqori darajadagi inttellekt- yuqori darajadagi qobiliyatning asosisi hisoblanadi. Quyi intellekt- quyi darajadagi intellektni yuzaga keltiradi. Gans Ayzenk kreativlikni qobiliyatning o'ziga xos ko'rinishi deb hisoblagan. Kreativlik intellektning yuqori bo'lishi bilan belgilangan. Intellekt bu inson va hayvonlarni yangi muhitga moslashishi hisoblanadi. V.SHterni, J.Piaje, D.Veksler va boshqa avtorlar ham ntellektni insonlarni yangi hayotiy sharoitlarga moslashashtiruvchi umumiy qobiliyat sifatida qarashgan. Ular o'z tadqiqotlarida amerikalik minglab maktab o'quvchilarini logityud metodi orqali tadqiq etishgan. Tadqiqot jarayonida , dastlab ularni IQ (intellekt koefitsenti) aniqlab olindi. O'quvchilarni IQ koeffitsentiga qarab gruhlarga ajratildilar va 30, 40 , 50,60 yil oralig'ida kuzatishgan. Yillar davomida intellekt koeffitsenti yuqori bo'lgan sinaluvchilar hayotda, faoliyatda yuqori ko'rsatkichlarni ...

Joylangan
25 Jul 2022 | 12:22:57
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
174.72 KB
Ko'rishlar soni
404 marta
Ko'chirishlar soni
26 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 20:41
Arxiv ichida: docx
Joylangan
25 Jul 2022 [ 12:22 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
174.72 KB
Ko'rishlar soni
404 marta
Ko'chirishlar soni
26 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 20:41 ]
Arxiv ichida: docx