Iroda psixologiyasi Reja: Irodaviy harakatlar, iroda akti va uning tuzilishi. Shaxsning irodaviy tuzilishi. Iroda sifatlari va uni tarbiyalash. Mavzuning tayanch tushunchalari: maqsad, motiv, motivlar kurashi, iroda, iroda akti, irodaviy ztsr berish, iaror, iarorni ijro etish, ijroga baho berish, dadillik, iatiyatlilik, matonatlilik, sabr-toiatlik. Iroda insongagina xos muhim xususiyat bo'lib, u shaxsning turli-tuman faoliyatlarida namoyon bo'ladi. Iroda inson faolligining muhim tomonini tashkil etadi. Odam tevarak-atrofdagi olamni o'z sezgi, idroklari yordamida bilib, urganibgina kolmay, uni o'z ehtiyojlari, zaruriyatlariga moslab uzgartiradi xam. U o'z aql-idroki yordamida zarur natijani kulga kritish uchun kachon, kaerda va qanday kuch -gayrat sarf etish zarurligi, ish faoliyatini qanday tashkil etish kerakligini belgilaydi. ko'p xollarda murakkab xatti-harakatlar natijasidagina tegishli yutuk kulga kritiladi. Bunday harakat davomida obyektiv va subyektiv qiyinchiliklarni engib utishga to'g'ri keladi. Kuch-gayratni vujudga keltirish, kancha vaqt kuch-gayrat zarur bulsa, uni ushancha vaqt saklab turish uchun kishiga iroda kerak. Iroda kishi ongining shunday bir sohasiki, bu orqali odam o'z ishiga faol krishadi va uni muvofiklashtirib boradi. Iroda tufayli kishi o'z shaxsiy tashabbusi bilan, ongli zaruratdan kelib chikkan holda, oldindan rejaga solingan yo'nalishda va oldindan nazarda tutilgan kuch-gayrat bilan tegishli ish harakatlarni bajarishi mumkin. Bundan tashqari, odam o'z psixik faoliyatini tegishli ravishda uyushtirish hamda uni muayyan bir mazmunga yo'naltirishi xam mumkin Odam uzidagi emotsional holatni sirtiga chikarmaslikka, tashqi tomondan bilintirmaslikka harakat qilishi, goxo tashqi tomondan mutlako buning aksi bo'lgan holatlarni ifoda etishi xam mumkin. Xullas, iroda, bir tomondan, odam xatti-harakatini yo'nalishga soladi yoki uni biror harakatdan saklab koladi, ikkinchi tomondan, mavjud vazifa va talablardan kelib chikkan holda kishining psixik faoliyatini uyushtiradi. ShAXS VA IRODAVIY harakatLAR. Odamning irodaviy harakatlari o'z oldiga kuygan maqsadlarini, turli-tuman yumushlarini shunchaki bajarishdangina iborat emas. Balki irodaviy harakat o'ziga xos xususiyatga egadir. Buning manosi shuki, odam o'z oldida turgan va uning uchun juda katta ahamiyatga ega bo'lgan maqsadlarga o'zi uchun unchalik ahamiyatli bo'lmagan boshqa xatti-harakat motivlarini buysundiradi. Iroda kishining o'z xatti-harakatlarini ongli ravishda boshqarishni, bir kator intilish va istaklarni tiyib turishni takoza etadi. Irodaviy harakat shundan iboratki, bundan odam o'zini-o'zi idora qiladi, o'zini-o'zi kulga oladi, o'z his-tuyg'ularini nazorat qilib turadi va kerak bo'lib kolgan paytlarda ularni bosa oladi. Irodaning namoyon bo'lishi ish-harakatlarda ongning ishtirok qilishi bilan bog'liq bo'lgan shaxs faolligidir. Irodaviy faoliyat shaxs tomonidan keng mikyosda anglangan va psixik jarayonlarni amalga oshirish xarakteri jihatidan irodaviy zur berishni talab kiladigan bir kator ishlarni takoza qiladi. Kupincha irodaviy faoliyat odamning hayot yo'lini aniklaydigan, uning ijtimoiy qiyofasini kursatadigan karorlarga kelish bilan bog'liq bo'ladi. Bunda burch xissi, Vatan va xalq oldidagi ...

Joylangan
25 Jul 2022 | 12:22:57
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
18.86 KB
Ko'rishlar soni
380 marta
Ko'chirishlar soni
41 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 20:42
Arxiv ichida: docx
Joylangan
25 Jul 2022 [ 12:22 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
18.86 KB
Ko'rishlar soni
380 marta
Ko'chirishlar soni
41 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 20:42 ]
Arxiv ichida: docx