Kichik maktab yoshida psixologik rivojlanish Kichik maktab yoshining umumiy tavsifi Kichik maktab yoshi (7-11 yosh ) - 1-4 sinf (boshlang'ich maktab)ga to'g'ri keladi. Maktabgacha yosh bilan taqqoslaganda asosiy faoliyat turi o'qish hisoblanadi. Asosiy faoliyat turining almashinuvi bolaning psixologik rivojlanishiga ham ta'sir etadi. ²ar qanday o'tish yoshi kabi, bu yosh ham o'z vaqtida ilg'ash va qo'llab-quvvatlash zarur bo'lgan rivojlanishning yashirin imkoniyatlariga boy. Kichik yoshdagi maktab o'quvchisining jismoniy xususiyatlari quyidagilardan iborat: umurtqa pog'onasining barcha bukumlari shakllanadi, skeletning suyaqlanishi hali yakunlanmaydi, 1-2-sinf o'quvchilari tez charchaydi (ayniqsa, yozma ishlarda), Yurak mushaklari qon bilan yaxshi ta'minlanadi, bosh miya, ayniqsa, boshning pesxona qismi kattalashadi. Maktab hayotining birinchi bosqichi uchun shu narsa xarakterliki, bola sinfdagi va uydagi xulqini nazorat qiluvchi o'qituvchining yangi talablariga bo'ysunadi, shuningdek, o'quv fanlarining mazmuniga qiziqa boshlaydi. Birinchi sinf o'quvchilari boshdan kechiradigan uch asosiy qiyinchilik bor: qiyinchilikning birinchi turi yangi maktab rejimi bilan bog'liq (o'z vaqtida uyg'onish va turish kerak, dars qoldirish mumkin emas, barcha darslarda jim o'tirish talab etiladi, uy vazifalarini bajarish lozim va boshqalar). Ikkinchi tur qiyinchilik o'qituvchi, sinfdoshlar va oiladagi o'zaro munosabatlar xususiyatidan kelib chiqadi. Qiyinchiliklarning uchinchi turi - o'quv yili o'rtalaridan o'quv materiali oshib boradi. Maktabga qadam qo'yish bilan bola hayotida muhim psixologik o'zgarishlar sodir bo'ladi. U yangi rejimning ayrim muhim odat-larini o'zlashtiradi, o'qituvchi va o'rtoqlari bilan ishonchli munosabatlar o'rnatadi. O'quv materiali mazmuniga nisbatan paydo bo'lgan qiziqish asosida unda o'qishga bo'lgan ijobiy munosabat mustahkamlanadi. 2. Kichik yoshdagi o'quvchining o'quv faoliyati O'quv faoliyatining mazmunini ilmiy tushunchalar, fan qonuniyatlari va ularga tayangan amaliy masalalarni hal etish uslubi tashkil etadi. SHunday qilib o'qish - bu bilim, malaka va ko'nikmalarga ega bo'lishga yo'naltirilgan jarayon. O'quv faoliyati aniq bir tuzilishga ega. Uning tarkibiy qismlari quyidagilar: 1) o'qish vaziyati (yoki vazifalari), 2) o'qish harakati, 3) nazorat, 4) baho. Kichik maktab yoshi davomida bolalarning o'qishga munosabatida muayyan dinamika kuzatiladi. Dastlab ular o'qishga umumiy holda ijtimoiy faoliyat sifatida intilishadi. Keyin esa ularni o'quv ishining alohida usullari jalb etadi. Nihoyat, bola o'quv faoliyatining ichki mazmuniga qiziqib, o'quv-nazariy vazifalarni aniq-amaliy vazifalarga mustaqil o'zgartiradi. Uning shakllanish qonuniyatlarini tadqiq etish zamonaviy bolalar va pedagogika psixologiyasi vazifalaridan biridir. 3. Kichik yoshdagi o'quvchilarda anglash jarayonining rivojlanishi Idrok rivoji. Jismoniy jarayonlar rivojlanishi butun kichik maktab yoshi davomida amalga oshadi. Garchi bolalar maktabga etarli rivojlangan idrok bilan kelishsa-da (ularda ko'rish, eshitish o'tkirlashadi, ular turli shakllar va ranglarni yaxshi farqlaydilar), ularning o'quv faoliyatidagi idroki faqat shakl va ranglarni o'rganish va anglashdan iborat bo'ladi. Birinchi sinfda qabul qilingan predmetlar tarkibiy qismi va xususiyatlarining tizimli tahlili mavjud emas. Bolaning ...

Joylangan
25 Jul 2022 | 12:22:57
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
16.03 KB
Ko'rishlar soni
211 marta
Ko'chirishlar soni
15 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 20:43
Arxiv ichida: docx
Joylangan
25 Jul 2022 [ 12:22 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
16.03 KB
Ko'rishlar soni
211 marta
Ko'chirishlar soni
15 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 20:43 ]
Arxiv ichida: docx