Liderlik va rahbarlik

Liderlik va rahbarlik

O'quvchilarga / Psixologiya
Liderlik va rahbarlik - rasmi

Material tavsifi

Mavzu: LIDYeRLIK VA rahbarLIK Reja: Liderlik haqida umumiy tushuncha. Shaxsni liderlik fazilatlari. Liderlik nazariyalari va ularning ish uslublari. Liderlik va rahbarlik muammolari. Tayanch tushunchalar: Lider, rahbar, rahbarlik uslubi, avtoritar rahbar, demokratik rahbar, liberal rahbar. ADABIYoTLAR Andreeva G.M., «Sotsialnaya psixologiya», M., 199. V.M. Karimova, F.A. Akramova, Psixologiya, T., 200. E.G'oziev, R.Toshimov, «Menejment psixologiyasi», T., 2001. Xar bir alohida guruhda shunday shaxslar paydo buladiki, ular aynan boshqa shaxslardagi konformlilik yoki ta'sirlanishning manbaiga aylanib qoladi. Ularning fiklari, xatti-harakatlari go'yoki boshqalar uchun etalonday ibratli bo'lib, ular bu nufuzlarini saqlash uchun o'sha guruhning hayotida o'z mavqelarini yo'qotmaslikka harakat qiladilar. Bunday shaxslarni tavsiflash uchun psixologiyada «lider» tushunchasi ishlatiladi. Demak, lider guruhning shunday azosiki, u go'yoki barcha guruhiy jarayonlarning boshida turadi va xulqi bilan o'zgalarga ta'sir qila oladi. G'arb psixologiyasida guruhning norasmiy boshlig'ini tavsiflash uchun lider tushunchasi ishlatilaveradi. Lekin aslida bizning tushunchamizda guruhda rasmiy munosabatlarni muvofiqlashtiruvchi, uni boshqa tashkilot va insonlar oldidagi vakolatini amalga oshiruvchi, ish berib, ishni nazorat qiluvchi shaxs rahbar deb ataladi. Lider esa shunday shaxski u o'zidagi ayrim ijobiy va kuchli fazilatlari tufayli kundalik muloqot va muammolar jarayonlarida obro' orttirgan mavqei baland kishidir. U aslida rahbarlikka davo qilmaydi, lekin yurish turishlari ko'pchilikka maqul bo'lganligi sababli, uni odamlar saylovlarda tanlashlari yoki rahbarlikka zaxira tanlashganda aynan uning nomzodini qo'yishlari mumkin. Bir guruhda uning xajmi va katta kichikligiga qarab, odatda bitta rahbar va bir nechta lider bo'lishi mumkin. Biri - jamoadagi mehnat yoki o'qish faoliyati maqsadlarini xammadan xam aniq anglagani uchun ishchan lider bo'lishi, boshqasi qarorlar qabul qilish va mas'uliyatli vazifalarni yechish vaqtlarida xammaga aql o'rgatadigan intellektual lider, yana biri - turli vaziyatlarda odamlar kayfiyatlarini ko'taruvchi, ularni ruxan qo'llab quvvatlashga usta emotsional lider bo'lishi mumkin. U yoki bu turli liderning mavjudligi o'sha guruhdagi real vaziyatlarga, guruhiy faoliyatning maqsadlariga bog'liq. Masalan jamoada, o'quv yurtida «Navro'z» bayramini o'tkazish va tadbirlarni tashkil etishda bosh-qosh bo'lgan emotsional lider. Bayram o'tgach, sessiya oldidan yoki mas'uliyatli yangi topshiriq berilishi munosbati bilan o'z liderlik mavqeini boshqa guruhdoshga - ishchan liderga berishi mumkin. Xar bir rahbarmi yoki lidermi, uning o'z ish uslublari va mehnatni tashkil qilishga qarashlari bo'ladi. Ilmiy adabiyotda ushbu masala yuzasidan ko'plab qarashlar mavjud. Biz xorijda keng tarqalgan va ko'plab shov-shuvlarga sabab bo'lgan bir nazariyaga to'xtab o'tmoqchimiz. Bu - Mak Gregorning Iks va Igrek nazariyalaridir. Nazariyaning mohiyati u yoki bu liderning odamlarga ta'sir ko'rsatishi va ular mehnatini tashkil etishdagi konsepsiyasini nazarda tutadi. Iks nazariyasi inson tabiatiga ishonmaslik, uning loqaydligini takidlashga asoslanadi. Nazariyaning mohiyati shundaki, inson tabiatan dangasa, tashabbussiz bo'lib, uning o'ziga qo'yib berilsa, ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 23.78 KB
Ko'rishlar soni 548 marta
Ko'chirishlar soni 62 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 20:44 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 23.78 KB
Ko'rishlar soni 548 marta
Ko'chirishlar soni 62 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga