Maktabgacha yosh davrida psixik rivojlanish xususiyatlari. R e j a : 1.Go'daklik yoshining psixik taraqqiyoti. 2.Ilk bolalik davrida psixik rivojlanish 3.Maktabgacha yosh davrda psixik taraqqiyot. 4.Bolaning maktab ta'limiga psixologik tayyorligi muammosi. Bolalikka buyuk hurmat va ehtirom bilan qarash lozim. Yuvenal I. A. Karimov. Barkamol avlod orzusi.T.-200. 151-bet. (1- ilova) Ma'ruza matni bilan tanishib, chaqaloqlik, go'daklik, ilk bolalik davrlari haqida va har bir davrdagi muhim o'zgarishlar hamda farqlarini belgilang. (2-ilova) (3-ilova) Aqliy hujum usulidan foydalangan holda auditoriyaning tayyorgarlik darajasini aliqlash. 1. Go'daklik davrining asosiy xususiyatlarini ayting. 2. Erta bolalik davrida bolaning aqliy rivojlanishi qanday amalga oshadi? 3. Maktab ta'limiga psixologik tayyorgarlik deganda nimalar nazarda tutiladi? Maktabgacha yosh davrining o'ziga xos xususiyatlari qaysilar? (4-ilova) Juftlikka ajralib ma'ruza matn va o'z nuqtai-nazaridan, maktabgacha davrning asosiy farqlari, bo'yicha juftliklarda muhokama qilish va savollarga javob berish. (5-ilova) Blits-so'rov uchun savollar 1. Go'daklik davrida psixologik taraqqiyot. 2.Ilk bolalik davrida bolaning aqliy rivojlanishi. 3.Maktabgacha yosh davrining umumiy tomonlarini va boshqayosh davrlardan farqlarini tushuntirib bering. 4. Maktabgacha yosh davrining afzalliklari va ziddiyatlari nimalardan iborat? 5 Kattalar bilan muloqot bola psixik taraqqiyoti uchun qanday ahamiyatga ega? 6. Maktabgacha yosh davrida nutqning rivojlanish bosqichlari qanday? 7.Maktabgacha yosh davrida bilish jarayonlari qanday o'sadi.? 8.O'yinning qanday ko'rinishlarini bilasiz? 9.Bolaning maktab ta'limiga psixologik tayyorligi belgilari qanday? (6-ilova). Vena diagrammasi asosida turli yosh davrlar va maktabgacha yosh davrini taqqoslab, umumiy va xususiy belgilarini aniqlash vazifasini beradi. Venna diagrammasi Insert usuli Insert - samarali o'qish va fikrlash uchun belgilashning interfaol tizimi hisoblanib, mustaqil o'qib-o'rganishda yordam beradi. Bunda ma'ruza mavzulari, kitob va boshqa materiallar oldindan talabaga vazifa qilib beriladi. Uni o'qib chiqib, «V; +; -; ?» belgilari orqali o'z fikrini ifodalaydi. Matnni belgilash tizimi (v) - men bilgan narsani tasdiqlaydi. (+) - yangi ma'lumot. (-) - men bilgan narsaga zid. (?) - meni o'ylantirdi. Bu borada menga qo'shimcha ma'lumot zarur. Insert jadvali Maktabgacha davrda bolaga tegishlicha munosabatda bo'linmasa, unda o'jarlik vujudga kelishi mumkin. Bola xulqida muayyan sharoitning ta'siri bilan paydo bo'lgan o'jarlik va nojo'ya qiliqlar mavjudligi, uning psixikasida jiddiy o'zgarish ro'y berganini, endi unga uning hozirgi o'sish darajasini hisobga olib, munosabatni amalga oshirish zarurligini bildiradi. Bolaning psixikasida vujudga keladigan inqirozning sabablari: 1) kattalar bolaning jismoniy va aqliy imkoniyatini; 2) xohish va istagini mustaqil holda turmushda qaror toptirishga intilishini; 3) ayrim ko'zga tashlangan qiyinchiliklarni bartaraf qilishga urinishini; 4) o'z holicha ish tutishni cheklashlaridir. Kattalar bolaning ra'yiga, mustaqilligiga qarshi turmasdan, mumkin qadar istagiga, intilishiga yordam bersalar, uning shaxsini shakllantirish jarayonidagi qiyinchilik o'z-o'zidan barham topadi, nizo yoki ixtilofning ...

Joylangan
25 Jul 2022 | 12:22:57
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
1005.33 KB
Ko'rishlar soni
1505 marta
Ko'chirishlar soni
227 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 20:44
Arxiv ichida: docx
Joylangan
25 Jul 2022 [ 12:22 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
1005.33 KB
Ko'rishlar soni
1505 marta
Ko'chirishlar soni
227 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 20:44 ]
Arxiv ichida: docx