MOTIVASIYA VA EMOSIYA PSIXOLOGIYASI Insonni xatEi-harakatga va faoliyatga undovchi sababga motiv deyiladi. Odamning xulq-atvoriga qarabuning xatti- harakatlarini tahlil qilib ularning motivlarini aniqlashga intilish lozim.Faqat ana shunday hollarda mazkur xatgi-harakat odam uchun tasodifiy yoki qonuniy ekanligi haqida fikr yuritish mumkin. Bunday harakatlarning yana takrorlanishi oldindan bilish, shaxsiy hislarining ayrimlarini yuzaga keltirmaslikning oldini olish, boshqalarning taraqqiy etishini qo'llab-quvvatlash mumkin. Odamning faoliyat motivlarini o'rganish, shaxsiy ma'naviy psixologik mohiyatini tushunishda muhim ahamiyatga ega. Ba'zilar mehnatga o'z ehtiyojlariga ko'ra sidqidildan munosabatda bo'lsalar, ba'zilar o'z burchlarini anglaganliklaridan, yana ba'zilari o'zlarining qabih niyatlariga erishish uchun vaqtincha sun'iy munosabatda bo'ladilar. Hissiyot tashqi olamdagi narsa va hodisalarga nisbatan bo'lgan munosabatlarimizning va munosabatlarimizdan hosil bo'ladigan ichki kechinmalarimizning ongimizda aks ettirishda. Hissiyot o'ziga xos aks ettirish jarayoni bo'lib, bunda narsa va hodisalarning bevosita emas, balki shu narsalarning aks ettirish jarayonida hosil bo'ladigan ichki kechinmalari va munosabatlari aks ettiriladi. Hissiyotlar o'zining yuzaga kelishi nuqtai-nazaridan odamning ehtiyojlari, qiziqishlari va intilishlari bilan bog'liq bo'ladi. Hissiyot olamda sodir bo'layotgan narsalardan shaxs sifatidagi odam uchun ahamiyatli bo'lganlari haqida darak beruvchi signallar sistemasi hisoblanadi Ma'lum qo'zg'alishlar odam uchun xotirjamlik yoki notinchlik haqidagi fikrlarga aylanadi. Ifodalangan xatti-harakat (mimika va pantomimika) signal funksiyasini bajaradi. Ular odamning kechinmalarini boyitadi, yorqinlashtiradi va boshqa odamlarning idrok qilishini yengillashtiradi. Hissiyotlarning boshqaruvchanlik funksiyasi shunda namoyon bo'ladiki, barqaror kechinmalar bizning xulqimizni yo'naltiradi va qarama-qarshiliklarni yengishga undaydi. Emosiyalarni boshqaruvchi mexanizmi kuchli emosional qo'zg'alishni kamaytiradi.Odamlarning hayotida bo'ladigan qayg'u kulfat kabi psixik holatlar xavflidir. Hissiyot uch turga bo'linadi 1. Axloqiy. hislar. 2. Intellektual hislar. 3. Estetik hislar. Axloqiy hislar - shaxsning, odamlarining va o'zini xulq-atvoriga emosional munosabatda ifodalanadi. Shaxs bu hislarni kechirar ekan, ijtimoiy axloqiy prinsiplari va normalarga asoslanib boshqa odamlarning xatti-harakatlariga yoki psixik xususiyatlariga hamda o'zining xususiy xatti-harakatlariga hislari ham kiradi. Intellektual hislar deb, aqliy faoliyat jarayonida hosil bo'ladigan kechinmalariga aytiladi.Ushbu his ham haqqoniy fikrlarga soxta ajablanarli, shubhali tushunarli yoki tushunib bo'lmaydigan, xayratda qoldiradigan fikrlarga bo'lgan munosabatlari ifodalanadi.Intellektual hislariga ajablanishni kiritish mumkin. Ajablanish inson bilish faoliyatini ajralmas tomonidir. Ajablangan va qandaydir tushunib bo'lmagan xayratda qoldiradigan narsaga qaratish odamning bilish ehtiyojlarini qondirishga intilish. Ajablanish odamning bilish bilan bog'liq faoliyatini yuzaga keltirishga undovchi omillardan biridir.Estetik hislar deganda biz, go'zallikni idrok qilish, go'zallikdan zavqlanish go'zallik yaratishga intilishni tushunamiz.Estetik his hamma odamlarga xos bo'lgan hissiyotdir. Estetik hislarini yuzaga keltiruvchi manbalar juda ko'p va xilma-xildir. Masalan: tasviriy san'at, badiiy adabiyot asarlari, musiqa va haykaltaroshlik, arxitektura me'morlik ishlari ham odatda estetik his tug'diradi. Bundan tashqari odamlarining qiyinishi, boshqalar bilan muomilasi ham estetik hislarimizning manbai bo'la oladi. Odam shirin muomilali, gapni o'rinli va madaniy ...

Joylangan
25 Jul 2022 | 12:22:57
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
18.9 KB
Ko'rishlar soni
252 marta
Ko'chirishlar soni
16 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 20:45
Arxiv ichida: docx
Joylangan
25 Jul 2022 [ 12:22 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
18.9 KB
Ko'rishlar soni
252 marta
Ko'chirishlar soni
16 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 20:45 ]
Arxiv ichida: docx