Motivatsiya va emotsiya psixologiyasi

Motivatsiya va emotsiya psixologiyasi

O'quvchilarga / Psixologiya
Motivatsiya va emotsiya psixologiyasi - rasmi

Material tavsifi

Motivatsiya va emotsiya psixologiyasi RYeJA: 1. Motivatsiya sohalarining umumiy tuzilishi. 2. Motivatsiyani o'rganishga oid asosiy yondashuvlar. 3.his-tuyg'ular va ularning fiziologik mexanizmlari. 4. Emotsional holatlarning xilma-xilligi. Mavzuning tayanch tushunchalari: his-tuyg'u, emotsiya, hissiy ton, stenik his, astenik his, affekt, ruxlanish, stress, kayfiyat, praksik his, intellektual his, estetik his, ma'naviy his, yuksak his, xissayot. Kishi idrok etish, xotirlash, xayol surish va fikrlash jarayonida fakat vokelikni bilib kolmay, balki hayotdagi u yoki bu narsalarga munosabat bildiradi, unda ularga nisbatan ijobiy yoki salbiy his-tuyg'u uygonadi. Mamnun bo'lish, suyunish, gazablanish kabilar his-tuyg'ularning ko'rinishlaridir. his-tuyg'ular kishining o'z hayotida nimalar yuz berayotganiga, nimalarni bilib olayotganiga yoki nima bilan mashgul bulayotganiga nisbatan uzicha turli xil shaklda bildiradigan ichki munosabatidir. his-tuyg'ular uzining kechishiga ko'ra uzgarib turadigan psixik jarayondir. his-tuyg'ularni boshdan kechirishning turli shakllari- emotsiya, affekt, kayfiyat, kuchli xayajonlanish stress, extiros ko'rinishlariga ega bo'ladi.his-tuyg'ular shaxsning emotsional sohasini tashkil etadi. Kishida his-tuyg'ular uning ehtiyojlari kondirilishi jarayoni qanday kechayotganligi belgisi sifatida namoyon bo'ladi. Barcha psixik jarayonlar kabi emotsional holatlar, his-tuyg'ularning kechishi xam miya faoliyatining natijasi bo'lib hisoblanadi. Emotsiyaning paydo bo'lishi tashqi olamda ruy beradigan o'zgarishlardan boshlanadi. Bu o'zgarishlar kishi hayoti va faoliyatining jonlanishiga yoki pasayishiga, bir xil ehtiyojlarning paydo bo'lishiga yoki yuqolishiga, kishi organizmi ichida yuz beradigan jarayonlardagi o'zgarishlarga olib boradi. his-tuyg'ular kechishiga oid fiziologik jarayonlar xam murakkab shartsiz va shartli reflekslar bilan bog'liqdir. «hissiyot» «emotsiya» va «his-tuyg'u» degan so'zlar kupincha sinonimlar sifatida kullaniladi. Torrok manoda olganda, bu qandaydir biroz doimiyrok his-tuyg'ularning bevosita va vaqtincha boshdan kechirilishdan iboratdir. «Emotsiya» so'zi ruhiy xayajonlanish, ruhiy xarakterlanish degan manoni beradi. Emotsiyalar stenik va astenik turlarga bulinadi. Stenik xislar kishining gayratlantirsa, astenik xislar esa uning faoliyatini susaytirib yuboradi. Kishini tez chulgab oladigan va shiddat bilan utib ketadigan his-tuyg'u affekt hissiy portlash deb aytiladi. Bu paytda kishi ong bilan ishlay olmaydi, o'zini boshqara olmaydi, nazorat keskin susayib ketadi, iroda uziga buysunmaydi. Kayfiyatlar uncha kuchli bo'lmagan, lekin uzoq vaqt davom etadigan barqaror xisdir. Kayfiyat shodu-xurramlik yoki kayguli, tetiklik yoki lanjlik, xayajonli yoki mayuslik, jiddiy yoki engiltaklik, jizzakilik yoki muloyimlik kabilar tarzida kechadi. Stress - kuchli hissiy zurikishdan iborat jarayon. hissiy zurikish xavf-xatar tug'ilgan, kishi xafa bo'lgan, uyalgan, taxlika ostida kolgan vaziyatlarda ruy beradi. Extiroslar deb kishi xatti-harakatlari yo'nalishini belgilaydigan, barqaror, chuqur va kuchli xislarga aytiladi. Masalan, rassomlikka, musiqaga extiros, bedana urishtirish kabilarga extiros. his-tuyg'ular hayvonlarga xam xos. Lekin insonning his-tuyg'ulari o'z mazmuni va kechishiga ko'ra hayvonnikidan tubdan farq qiladi. Masalan, jirkanish, faxrlanish, xasad qilish, shodu-xurramlik, zerikish, xurmat qilish, burchni his etish kabilar fakat insonga xos bo'ladi. Intellektual ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 14.09 KB
Ko'rishlar soni 260 marta
Ko'chirishlar soni 20 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 20:46 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 14.09 KB
Ko'rishlar soni 260 marta
Ko'chirishlar soni 20 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga