Muloqot psixologiyasi

Muloqot psixologiyasi

O'quvchilarga / Psixologiya
Muloqot psixologiyasi - rasmi

Material tavsifi

Muloqot psixologiyasi Reja: 1. Muloqot va shaxslararo munosabatlar. 2. Muloqot kishilarning o'zaro munosabatga kirishish jarayoni 3. Muloqot ma'lumot almashinuvi jaryoni. 4. Muloqotning interaktiv va perseptiv tomoni. 5. tadbiqiy ishlar va ilmiy izlanishlarning zarurligi. 6. Yoshlarni yangi demokratik munosabatlarga tayyorlash. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR: G'oziyev E.G. Umumiy psixologiya. Toshkent. 2002.1-2 kitob. G'oziyev E.G. Muomala psixologiyasi. T-2001. Vedenskaya L.V, Pavlova L.A. Delovaya retorika: uchebnoye posobiye dlya vuzov.- M.:IKS MarT, 2004-512 s. ww.expert.psychology.ru ww.psycho.all.ru Kommunikativ- muomala subyektlarning o'zaro bir-biri bilan axborot, hissiy kechinmalar, va fikr almashinuvini ta'minlaydi. Interaktiv- subyektlarning o'zaro bir-birlarining xulq-atvoriga ta'sirlarini ta'minlovchi jarayon. Perseptiv- subyektlarning bir-birilarini to'g'riroq, aniqroq idrok qilish va baholashlarini ta'minlovchi muloqot tomoni. Identifikatsiya- suhbatlarning hissiy kechinmalarining idrok qilgan holda fikran uning mavqeida tura bilishi, uning holatiga kirishga intilish. Stereotipizatsiya- ongda o'rnashib qolgan tasavvurlardan foydalanish. Kauzul atributsiya- shaxsning hissiy kechinmalari va tasavvurlarida o'rnashib qolgan qoliplardan noto'g'ri foydalanish natijasida muloqotning samarasiz yoki xato kechishi. Plastik va adekvatlik sifatlari- egiluvchan , moslashuvchan. Muloqot strategiyasi- muloqotning qanday shaklda o'tishi tushuniladi. Muloqot shakllari- dialogik, monologik, ochiq yoki intim (sirli, yashirin) rasmiy yoki shaxsiy norasmiy. Muomala texnikasi- uning samarasini ta'minlovchi psixologik omillar, (kommunikativlik malakalari va ko'nikmalar) vositalar, (nutq, nutqiy-verbal, nutqsiz-noverbal) usullar (hissiy-emotsional, psixologik-xarakterologik) tushuniladi. Noverbal vositalar- fazoviy joylashish, ohanglar va emotsional qo'llab quvvatlash mexanizmlari kiradi. Muloqot- birgalikdagi ehtiyojlardan kelib chiqadigan turli faolliklari mobaynida bir-birlari bilan o'zaro munosabatlarga kirishishi jarayonlaridir. Har qanday faoliyat odamlarning bir-birlari bilan til topishishni,bir-birlariga turli xil ma'lumotlar o'zatishni,fikrlar almashinuvi kabi murakkab hamkorlikni talab qiladi. Shuning uchun ham har bir shaxsning jamiyatda tutgan o'rni, ishlarining muvoffaqiyati, obro'si uning muloqotga kirish qobilyati bilan bevosita bog'liq. Shaxslararo muloqot jarayoni juda murakkabdir. B.F.Pariginning yozishicha, «muloqot shunchalik ko'p qirrali jarayonki, unga bir vaqtning o'zida quyidagilar kiradi» Individlarning o'zaro ta'sir jarayoni Individlar o'rtasidagi axborot almashinuvi jarayoni Bir shaxsning boshqa bir shaxsga munosabati jarayoni Bir kishining boshqalarga ta'sir ko'rsatish jarayoni. Bir-birlariga hamdardlik bildirish imkoniyati Shaxslarning bir-birlarini tushunish jarayoni Muloqotning turli shakllari va bosqichlari mavjud: Dastlabki bosqich -odamning o'z-o'zi bilan muloqotidir. T. Shibutani «Ijtimoiy psixologiya» kitobida «Agar odam ozgina bo'lsa ham o'zini anglasa, demak, o'z-o'ziga ko'rsatmalar bera oladi»,-deb yozgan edi. Ikkinchi bosqichi boshqalar bilan muloqot- muloqotnidir. Odamning o'z-o'zi bilan muloqoti aslida uning boshqalar bilan muloqotining xarakterini va hajmini belgilaydi. Agar odam o'z-o'zi bilan muloqot qilishni odat qilib olib, doimo jamiyatdan o'zini chetga tortib yursa, demak, u boshqalar bilan suhbatlashishda jiddiy qiyinchilikni boshidan kechiradi deyish mumkin. Uchinchi bosqich avlodlar o'rtasidagi muloqot. Bu muloqot tufayli har bir jamiyatning o'z madaniyati, madaniy boyliklari, qadriyatlari mavjud bo'ladiki, buning ahamiyatini tushungan insoniyatning eng ilg'or vakillari uni ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 207.06 KB
Ko'rishlar soni 309 marta
Ko'chirishlar soni 23 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 20:46 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 207.06 KB
Ko'rishlar soni 309 marta
Ko'chirishlar soni 23 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga