Muloqot psixologiyasining maqsadi va vazifalari. O'zbek tiliga davlat maqomi berilganidan keyin birmuncha ijobiy o'zgarishlar yuz berdi, ularning bir qismi milliy istiqloldan so'ng amalga oshirildi. Mamlakatimizdagi davlat hujjatlari ona tilida rasmiylashtirilmoqda, yig'ilishdagi ma'ruzalar o'zbek tilida qilinmoqda. Ijtimoiy hayotdagi katta yutuqlar bilan bir qatorda, shaxslararo munosabatlarda til odobi, nutq madaniyatida buzilishlar davom etmoqda, o'zbek tilining mo'saffoligi, aniq va lo'ndaligi, mantiqiyligi, ohangdorligi va silliqligi muloqotda o'z ifodasini topa olmayapti, natijada uzatilayotgan fikrlarni idrok qilish qiyinlashmoqda. Muloqot psixologiyasining asosiy maqsadi, avvalo nutq madaniyatini yoshlarda shakllantirishdir. Shuningdek, o'qitish jarayonida bo'lajak mutaxassislarga muloqot madaniyati, muomala sirlarini singdirish, guruh va jamoalarda o'zaro munosabatlarni muloqot orqali yaxshilashdir. Muloqotning nazariy va metodologik muammolarini hal qilish, muloqotni nutq bilan birgalikda rivojlanishini ta'minlash fanning asosiy maqsadini tashkil qiladi. Muloqot psixologiyasining asosiy vazifalari quyidagilarda o'z ifodasini topadi: 1) hamqorlikdagi faoliyat jarayonida shaxslararo o'zaro ta'sir va muloqot qonuniyatlarini o'rganish; 2) Sharq allomalarining muloqot haqidagi qarashlarini tahlil qilish; 3) talabani faollikka undovchi muomalaviy imkoniyatlari mavjudligini takidlab o'tish; 4) talabalarda kasbiy layoqatni faollashtirishga qaratilgan muloqotni shakllantirish; 5) shaxslararo munosabatlarni muvofiqlashtirishda muloqotning rolini orttirish; 6) o'zaro ta'sir etishning ayrim oqibatlarini hisobga olish. Biz bo'lajak mutaxassislarda quyidagi muomala xususiyatlarini shakllantirishimiz zarur: - muomala madaniyatining nazariy asoslarini; - shaxslararo munosabatlar qonuniyatlarini; - pedagogik muloqotning qonuniyatlarini; - oilada, guruh va jamoalarda muloqotga qo'yiladigan asosiy talablar haqida tasavvurga ega bo'lishi kerak; - shaxsda muloqot shakllanishini o'rganish; - muomala madaniyatini barcha guruh va jamoalarda shakllantirish; - shaxslararo munosabatlarda muloqotning ahamiyatini kuzatish; - muloqot sirlarini bilishi va qo'llay olishni; - guruhlarda muloqotni shakllantirish metodikalarini o'tkazish; - oilada muloqot madaniyati, muloqot sirlaridan bohabar bo'lish; - muloqot madaniyatini shakllantirish maqsadida psixologik maslahatlar tashkil tish yuzasidan ko'nikmalar hosil qilish. ...

Joylangan
25 Jul 2022 | 12:22:57
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
20.48 KB
Ko'rishlar soni
297 marta
Ko'chirishlar soni
27 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 20:46
Arxiv ichida: docx
Joylangan
25 Jul 2022 [ 12:22 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
20.48 KB
Ko'rishlar soni
297 marta
Ko'chirishlar soni
27 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 20:46 ]
Arxiv ichida: docx