Muloqotda psixologik ta'sir vositalari R e j a : 1. Psixologik ta'sir vositalari. 2. Verbal va noverbal ta'sir. 3. Paralingvistik ta'sir vositalari. 4. Professional tinglash texnikasi. Tayanch so'z va iboralar. Muloqot, ta'sir, verbal ta'sir, noverbal ta'sir, paralingvistik ta'sir, tinglash, aktiv holat, o'ychan jimlik, kompliment, munosabat oynasi, aktraksiya usullari. Psixologik ta'sir bu turli vositalar yordamida insonlarning fikrlari, hissiyotlari va xatti-harakatlariga ta'sir ko'rsata olishdir. Psixologik ta'sirning uch vositasi ajratiladi: 1. Verbal ta'sir - bu so'z va nutqimiz orqali ko'rsatiladigan ta'sirimizdir. Bundagi asosiy vositalar so'zlar hisoblanadi. Nutq so'zlashuv o'zaro muloqot jarayoni bo'lib, uning vositasi so'zlar hisoblanadi. Monologik nutqda ham diologik nutqda ham kishi o'zidagi barcha so'zlar zahirasidan foydalanib, eng ta'sirchan so'zlarni topib sherigiga ta'sir ko'rsatishni xohlaydi. 2. Paralingvistik ta'sir - bu nutqning atrofidagi nutqni bezovchi, uni kuchaytiruvchi, bezovchi yoki susaytiruvchi omillar. Bunga nutqning baland yoki past tovushda ifodalanayotganligi, tovushlar, to'xtashlar, duduqlanish, yo'tal, til bilan amalga oshiriladigan harakatlar, nidolar kiradi. SHunga qarab, do'stimiz bizga biror narsani va'da berayotgan bo'lsa, biz uning qay darajada samimiyligini bilib olamiz. 3. Noverbal ta'sirning ma'nosi nutqsizdir. Bunga suhbatdoshlarning fazoda bir-birlariga nisbatan tutgan o'rinlari, holatlari (yaqin, uzoq, intim), qiliqlari, mimika, pantomimika, qarashlar, bir-birini bevosita his qilishlar, tashqi qiyofa, undan chiqayotgan turli signallar ( shovqin, hidlar ) kiradi. Ularning barchasi muloqot jarayonini yanada ko'chaytirib, suhbatdoshlarning bir-birlarini yaxshiroq bilib olishlariga yordam beradi. Amerikalik olim Megrabyan formo'lasiga ko'ra, birinchi marta ko'rishib turgan suhbatdoshlardagi taassurotlarning ijobiy bo'lishiga gapirgan gaplari 7%, paralingvistik omillar 38% va noverbal harkatlar 58% gacha ta'sir qilarkan. Muloqotning qanday kechishi va kimning ko'proq ta'sirga ega bo'lishi sheriklarning rollariga bog'liq. Ta'sirning tashabbuskorida ataylab ta'sir ko'rsatish maqsadi bo'ladi va u bu maqsadni amalga oshirish uchun barcha yuqorida ta'kidlangan vositalardan foydalanadi. Masalan, rahbar xodimini unga ishi tushib chaqirsa, xodimini o'rnidan turib kutib oladi, quyuq so'rashadi, keyin maqsadga o'tadi. Ta'sirning adresati-ta'sir yo'naltirilgan shaxs. Lekin tashabbuskorning suhbatga tayyorgarligi yaxshi bo'lmasa yoki adresat tajribaliroq sherik bo'lsa, u tashabbusni o'z qo'liga olishi va ta'sir kuchini qayta egasiga qaytarishi mumkin bo'ladi. Kishilar bilan normal munosabatlarni o'rnata olmaslik, ayniqsa, biznes sohasida sheriklarning holatlari, kutishlarini aniqlay olmaslik, o'z nuqtai nazariga o'zgalarni professional tarzda ko'ndira olmaslik, birovni uning ichki kechinmalari va o'ziga bo'lgan munosabatini aniq tasavvur qila olmaslik amaliy psixologiyada kommunikativ o'quvsizlik yoki diskommunikatsiya holatini keltirib chiqaradi. Bunda kishilar bir-birlarini tushuna olmay qoladilar, oqibatda tugay deb turgan ish bitmasdan cho'zilib ketishi mumkin. SHuning uchun hozirgi paytda katta yoshdagi kishilarni kommunikativ bilimdonlikka o'rgatish, ularda zarur kommunikativ malakalarni hosil qilishga katta ahamiyat berilmoqda. Har bir ziyoli kishi boshqalar bilan hamqorlik qilish mahorati va san'atiga ...

Joylangan
25 Jul 2022 | 12:22:57
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
14.37 KB
Ko'rishlar soni
221 marta
Ko'chirishlar soni
11 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 20:46
Arxiv ichida: doc
Joylangan
25 Jul 2022 [ 12:22 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
14.37 KB
Ko'rishlar soni
221 marta
Ko'chirishlar soni
11 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 20:46 ]
Arxiv ichida: doc