Muloqotda shaxs toifalari va ularning ijtimoiy psixologik xarakteristikasi R e j a : 1. Muloqotda shaxs toifalari. 2. Ekstrovert va introvert toifali shaxslar. 3. Mobil va rigid toifali shaxslar. 4. Dominant va tobe shaxslar. Tayanch so'z va iboralar. Muloqot, shaxs, ijtimoiy kutish, mulohazalilik, qobiliyat, shaxs tiplari, ekstrovert, introvert, mobil, rigid, dominant, tobe, suhbatdosh. Psixologlarning fikricha (G.Asmolov, P.SHixerev, V.A.YAdov, P.Nadirashvili va boshqalar) ijtimoiy ustanovkalarni o'zgartirish uchun shu ustanovkalarning sababi bo'lgan vaziyat yoki faoliyatning maqsadi va motivini o'zgartirish shartdir. SHu narsa shaxsning avtik ongli faoliyatida sodir bo'ladi. SHaxs ijtimoiylashuv jarayonida turli ustanovkalarni ro'yobga chiqarish sharoitida faollik ko'rsatadi. SHunday faollikning natijalarini biz uning ijtimoif psixologik sifatlarida ko'ramiz. YA'ni aktiv birgalikdagi faoliyat, o'zaro muloqot jarayonida shaxsning ijtimoiy psixologik fazilatlari shakllanadi. SHuning uchun ham barcha sifatlar faoliyatda namoyon bo'ladigan hamda muloqotda ko'rinadigan sifatlar guruhiga bo'linadi. Masalan, tashqi muhit bilan faol munosabat perseptiv himoya sifatlari, ya'ni o'ziga xavf soluvchi yoki xavf solishi mumkin bo'lgan ijtimoiy ta'sirlardan himoya qiluvchi xususiyatlar shakllanadi. Bu sifatlarni ba'zi mualliflar perseptiv qobiliyatlar deb atasalar, boshqalari «ijtimoiy ta'sirlarga hissiy javob berish qobiliyati» (A.Bodalyov), «kuzatuvchanlik», «ziyraklik» (YU.Jukov) va hokazo deb atashgan. Boshqa sifatlar muloqotda namoyon bo'luvchi sifatlardir. Ular turli ijtimoiy kutishlar sistemasi bilan bog'liq bo'lib, shaxsning turli sharoitlarda to'g'ri muloqotga kirishish imkoniyatini beradi. Bundan tashqari har shaxsda o'ziga xos tarzda dunyoni, odamlarni idrok qili shva tushunish qobiliyati borki, ular muloqot jarayonida kamroq xatolarga yo'l qo'yishni ta'minlaydi. Masalan, bosiqlik, mulohazalilik, o'zgalarning ichki dunyosini gaplari, xatti-harakatlariga qarab bilish qobiliyati va boshqalar ushlar jumlasidandir. SHu fazilatlarning qanchalik namoyon eta olishiga qarab shaxs tiplari farqlanadi: Ekstrovert va introvert, mobil va rigid, dominant va tobe. Ekstrovetr va introvert toifali shaxs tiplari muloqotga kirisha olish qobiliyatiga ko'ra farqlanadi. Masalan, ekstrovert - o'ta muloqotga kirishuvchan, o'zini odamlar guruhisiz tasavvur eta olmaydigan shaxsdir. Uning uchun muloqot haqiqiy ehtiyojdir, boshqalarning uni tushunish, tushunmasliklaridan qat'iy nazar u doimo o'z fikr istaklarini o'rtoqlashgisi keladi. Ekstrovert uchun konkret kim bilandir muloqotda bo'lish emas, umuman kim bilan bo'lsa ham muloqotda bo'lish xohishi muhimdir. SHuning uchun ham u umuman begona odam bilan gaplashib, kirishib keta oladi. Gaplashgisi kelmagan begonaning psixologiyasini tushunishi qiyin («Qanday qilib gaplashishni xohlamaslik mumkin?» deb o'ylaydi). Ekstrovertning qiziqishlari ham tez-tez o'zgarib turadi, do'stlari o'rtoqlarini ham almashtirib turishga intiladi, bundan tashqari o'ta kirishuvchan bo'lganligi uchun ham har qanday sharoitda vaziyatdan chiqish usullari to'g'risida tez xulosaga keladi. O'ta qiziquvchan, dunyoda bo'layotgan hodisalar, «mish-mishlar»ni bilish uning uchun zarur. Ekstrovert kek saqlamaydi, bugun urushgan odami bilan ertaga hech narsa bo'lmaganday apoq-chapoq bo'lib ketishi mumkin. Introvert esa ekstrovertning teskarisi. U ...

Joylangan
25 Jul 2022 | 12:22:57
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
14.07 KB
Ko'rishlar soni
575 marta
Ko'chirishlar soni
76 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 20:46
Arxiv ichida: doc
Joylangan
25 Jul 2022 [ 12:22 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
14.07 KB
Ko'rishlar soni
575 marta
Ko'chirishlar soni
76 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 20:46 ]
Arxiv ichida: doc