Mavzu: NIZOLAR haqida TUShUNChA VA NIZOLARNI BARTARAF QILISh USULLARI. Reja: 1. Nizolar haqida tushuncha Nizolar ta'rifi. Nizolarni turlari. Nizolar paydo bo'lishini sabablari. Nizoli vaziyatlarni bo'lib o'tishini asosiy bosqichlari. Nizolar tuzilishi (strukturasi). 2. Nizolarni bartaraf qilish usullari. Nizoli vaziyatlarda rahbarni o'zini tutish uslublari. Nizolar kartasi. Shaxsiy hissiy sohadagi nizolarni bartaraf qilish. 3. Talabalarda pedagogik muloqotdagi nizolarni to'g'ri idrok qilish ko'nikmasini shakllantirish. Tayanch tushunchalar: Nizo, kompromiss, hamkorlik, raqobat, loqaydlik, bo'ysunish, konstruktiv va destruktiv nizolar, sabab, bahona, pedagogik nizolar, frustratsiya. ADABIYoTLAR: Kratkiy psixologicheskiy slovar. Pod. red. A.V. Petrovskogo, L.G. Yaroshevskogo. -M. 1985 g. Krichevskiy R.L. «Yesli vi rukovoditel», -M., «Delo», 1993 g. Kornelius X.F., Eyr Sh., Viigrat mojet kajdiy, M., 1992 g. Nizolar haqida tushuncha. Nizolar ta'rifi. Nizo bu o'zi nima? Psixologiyada nizolar quyidagicha yoritiladi. Birorta vaziyatdagi qarama-qarshi bo'lgan o'zaro kelisholmaydigan tendensiyalar (oqim, yo'nalish) to'qnashuvi. Nizolar salbiy hissiy kechinmalar bilan bog'liq bo'ladi va inson ongida, shaxslararo aloqalarda, individlarni yoki guruhlarda shaxslararo munosabatlarda bo'lib o'tishi mumkin. Demak, shuni aytish mumkinki, har xil yo'nalishda bo'lgan manfaatlar, qiziqishlar, fikrlar, maqsadlar, bu maqsadlarni amalga oshirish haqidagi tasavvurlar orasidagi to'qnashuvlar nizoli vaziyatlarni asosini tashkil qiladi. Nizolarni turlari. Ijtimoiy psixologiyada nizolarni turlarga ajratish variantlari asosiga ko'ra har xil bo'lishi mumkin. Masalan, shaxsni ichki nizolari kuzatilishi mumkin (rahbarlik burchi va qarindoshlik tuyg'ulari orasidagi nizo), shaxslararo kelishmovchiliklar (rahbar va uni o'rinbosari mansab uchun talashishi, xamkasabalar premiya uchun va x.k.) shaxs va u tegishli bo'lgan tashkilot orasidagi kelishmovchilik, bir xil statusdagi guruhlar va tashkilotlar orasidagi kelishmovchiliklar. Nizolarni gorizontal bo'yicha (kasbdoshlar orasida) va vertikal bo'yicha (bir-biriga qaram bo'lgan shaxslar) xam tasniflash mumkin. Eng ko'p vertikal va aralash nizolar kuzatiladi. Ular kutiladigan nizolarni 70-80% ini tashkil qiladi. rahbar uchun xam bu noxush holat hisoblanadi, chunki bunday vaziyatda xamma xodimlar rahbarni harakatlarini shu nizo orqali tahlil qiladilar. Nizolarni kelib chiqqan sabablariga ko'ra xam tasiniflash mumkin. Xamma sabablarni ko'rsatish mumkin emas. Ammo R.L. Krichevskiy «Yesli vi rukovoditel» (2) kitobida uch guruh sabablar nizoli vaziyatlarni keltirib chiqaradi deb hisoblagan. mehnat jarayoni. Odamlar munosabatlarini psixologik xususiyatlari, shaxslarni simpatiya va antipatiyalari madaniy va estetik farqlari, rahbarni harakatlari va salbiy psixologik kommnikatsiya va x.k. guruh a'zolarini o'ziga xos shaxsiy sifatlari, o'zini hissiy holatlarini boshqara olmaslik, agressivlik, nizolarni tashkilot uchun ahamiyati va ularni yechish yo'llariga qarab farqlaydilar. Nizolar destruktiv va konstruktiv bo'lishi mumkin. Konstruktiv nizolar tashkilot va uni a'zolarini hayot faoliyatini muhim qirralariga tegishli bo'ladi va bu nizolarni xal qilish tashkilotni samarali va yuqori rivojlanish bosqichiga olib chiqadi. Destruktiv nizolar salbiy natijalarni olib keladi, ular chuqur adovatga aylanib oqibatida guruh yoki ...

Joylangan
25 Jul 2022 | 12:22:57
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
39.16 KB
Ko'rishlar soni
263 marta
Ko'chirishlar soni
25 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 20:47
Arxiv ichida: docx
Joylangan
25 Jul 2022 [ 12:22 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
39.16 KB
Ko'rishlar soni
263 marta
Ko'chirishlar soni
25 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 20:47 ]
Arxiv ichida: docx