Notiqlik mahorati psixologiyasi haqida

Notiqlik mahorati psixologiyasi haqida

O'quvchilarga / Psixologiya
Notiqlik mahorati psixologiyasi haqida - rasmi

Material tavsifi

Notiqlik mahorati psixologiyasi haqida. Rahbarning topshiriq berishining (ko'rsatma ) ikkita mustaqil omili mavjud. Birinchi topshiriq berish mazmuni. Ikkinchi uning psixologik shakli. Bu shakllar bir-biri bilan bog'liq emas. Topshiriq berish mazmuni shaxs sifatida tan olmaslik va shaxs sifatida tan olish, tasdiq, suroq, direktiv shakllarda bo'ladi. Ko'rsatma berish mazmunining dasturini xodimning harakatlari aniqlaydi.(qaerga borishi, nimanidir qilishi). Rahbarning ko'rsatma berishining psixologik shakli motivatsiya darajasini, munosabatni aniqlab beradi. Rahbar barcha oltin so'zlarni, munosabatlar oynasini, ismini aytishni, shaxsini tanolmaslikni, faqat savol! kabi usullarni qo'llasa ham xodim bu topshiriqlar o'zida qiziqish o'yg'otmasa natija past bo'ladi. Ritorika - bu ishontirish usullari haqidagi, xatti-harakat va idrok qilishning boshlang'ich qoliplari haqidagi fan bo'lib, uning predmeti isxonarli nutqning qoida va usullaridir. Bu Arastu davridan buyon shunday. Keyinchalik esa bu chiroyli so'zlashning ilmiy-falsafiy yo'nalishiga aylanib bordi. Ritorika hozirgacha san'atni ham fanni ham qiziqtirib keladi. Agar ritorika psixologiyasini kommunikativ ishonchning qonuniyatlariga bag'ishlangan tadqiqotlar haqidagi ilmiy yo'nalish sifatida qaraladigan bo'lsa, takidlash kerakki, har qanday kasbda inson omilida ishontirish fenomeni muhimdir. Rahbarning xodimga, o'qituvchining o'quvchiga, shifokorning bemorga, sotuvchining haridorga, avtoinspektorning haydovchiga ko'rsatadigan ta'siri uchun ishonchli harakat kerak. Ishonchli kommunikatsiyani muammosini hal qilmay turib, jamiyatda demokratiyani shakllantirib bo'lmaydi. Buning uchun jamiyatimizning barcha fuqarolari yakdillik bilan harakat qilishlari lozim. Hozir esa empirik psixologiyaning to'plagan nazariy bilimlaridan foydalanib, ish uchun, kishilar uchun psixologik yo'qotishlarni oldini olishimiz kerak. Chunki har qanday kasbda kishilarga ta'sir qilish uchun ishonch fenomeni muhim. Xulosa qilib aytganda, rahbar, xodim va boshqa kasb egalari, shuningdek, talabalar yuqoridagi fikrlarni hisobga olib, muloqot shakllarini, kishilarga ta'sir qilish usullarini o'z faoliyatlarida qo'llasalar yaxshi natijalarga erishish mumkin. Ko'pgina kishilar bu usullarni qo'llab yurganlar, lekin har doim ham emas. Demak, bu usullarni biz doimo atrofdagilar bilan bo'ladigan muloqotda qo'llab yursak, ularda simpatiya (yoqish), attraksiyani (o'ziga jalb qilish) hosil qilishimiz mumkin. Bir-birimizga har doim oltin so'zlarni, munosabatlar oynasini, xushomadni qo'llab tursak, mehr-oqibatimiz kuchayib borardi. ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 20.56 KB
Ko'rishlar soni 1083 marta
Ko'chirishlar soni 219 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 20:47 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 20.56 KB
Ko'rishlar soni 1083 marta
Ko'chirishlar soni 219 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga