Nutq mehanizmlari va nutqsiz kommunikatsiya Nutq o'zining fiziologik negiziga ko'ra, eshitish va harakat analizatorlari faoliyatini bajaradi. Miya qobig'ida tashqi olam tomonidan bo'ladigan turli xil qo'zg'atuvchilar bilan so'zlarning talaffuz qilinishini boshqarib turadigan tovush paychalari, hiqildoq, til va boshqa a'zolar harakati o'rtasidagi muvaqqat bog'lanishlar o'rnatiladi. Nutq ikkinchi signallar tizimi negizida amal qiladi. So'z, I.P.Pavlov fikricha, signallar signalidir. Nutqni dasturlashtirish - nutqiy ifodaning, yani kishi bildirmoqchi bo'lgan fikrning ma'naviy o'zagini tuzish - birinchi bosqich hisoblanadi. Ikkinchi bosqich - jumlaning sintaktik tarkibini tuzishdan iborat. Nihoyat, jumlani ovoz chiqarib ayta boshlaydi, yani nutq real tarzda ruyobga chiqadi. Shunday qilib, gapirish jarayoni boshlanadi. Bu jarayon davomida kommunikator uzatilishi lozim bo'lgan axborotni kodlashtiradi. Retsipient tinglash jarayonida olingan axborotning kodini ochadi. Bu kommunikator aytmoqchi bo'lgan so'zning anglab etilishini ta'minlaydi. Nutqiy fikr - mulohazani kodlashtirish va kodini ochish jarayonlari og'zaki muloqotda muvaffaqiyat keltiradigan aqliy markazlar va tizimlar saqlanib qolganda yuz beradi. Mabodo ushbu tizimlar ishida buzilishlar ro'y bersa, kishi nutqida turli xildagi buzilishlar - afaziyalar (so'zlashish va tushunish qobiliyatining yo'qotilishi) sodir bo'ladi. XIX asrning o'rtalaridayoq olimlar miyaning bazi bir qismlari ishidagi buzilish nutqning buzilishiga olib kelishini kashf etgan edilar. Jumladan, P.Broka bemorlarda chap yarim sharning pastki pesxona qismidagi burmalari orqali orqa tomonining uchdan bir ulushi shikastlangan holda so'zlarni talaffuz etishda buzilish ro'y berishini aniqladi. Keyinroq K. Vernike chap yarim sharning ustki chakka qismidagi burmalari orqa tomonining uchdan bir ulushi shikastlanganda so'zlarni tushunishning buzilishi hollarini tavsif qilgan edi. Miya to'qimalarining ushbu qismlari harakatlantiruvchi nutq (Broka markazi) va nutqni tushunish (Vernike markazi) markazlari deb yuritila boshladi. Lekin keyinchalik, asosan psixofiziologlar (A.R.Luriya, N.A.Bernshteyn, P.K.Anoxin va boshqalar) ning ilmiy ishlari tufayli nutqning fiziologik negizi miyaning alohida qismlari (Nutq markazlari) faoliyatidan ko'ra ko'proq yaxlit holdagi miya faoliyatining murakkab tarzda tashkil topishidan iborat ekanligi aniq - ravshan bo'ldi. Shunday qilib, nutq funksiyalarining jo'shqin, yani anatomik tarzda emas, balki harakatchan tarzda cheklanishi to'g'risidagi tasavvur tarkib topdiki, bu markaziy asab tizimining keng ravishda kompensatsiyalab turish imkoniyatlaridan foydalanishi munosabati bilan nutqning buzilishini to'g'rilashida juda katta ahamiyat kasb etadi. Noverbal (nutqsiz) kommunikatsiya vositalariga yuz ifodasi, mimika, ohang, pauza, poza (holat), ko'z yosh, kulgu va boshqalar kiradi. Bu vositalar verbal kommunikatsiya - so'zni to'ldiradi, kuchaytiradi va bazan uning o'rnini bosadi. Bolgarlarda boshni qimirlatish yo'q degani, ruslarniki teskarisi bo'ladi. Turli yosh guruhlarida noverbal kommunikatsiya vositasi turlicha bo'ladi. Masalan, bolalar ko'pincha kattalarga ta'sir etish, ularga o'z xohish va kayfiyatlarini o'tkazishda yig'idan vosita sifatida foydalanadilar. Axborotni so'z bilan bayon etishning mazmuni va maqsadiga noverbal kommunikatsiya vositalarining mos kelishi muomala madaniyatining bir turidir. O'rtog'ining ...

Joylangan
25 Jul 2022 | 12:22:57
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
23.17 KB
Ko'rishlar soni
538 marta
Ko'chirishlar soni
74 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 20:47
Arxiv ichida: docx
Joylangan
25 Jul 2022 [ 12:22 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
23.17 KB
Ko'rishlar soni
538 marta
Ko'chirishlar soni
74 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 20:47 ]
Arxiv ichida: docx