O'smirlik davrida psixik rivojlanish xususiyatlari Bular ta'sirida o'smirning xarakteri, atrofdagi kishilar bilan muomalasi, jamiyatda sodir bo'layotgan voqealarga munosabati tez o'zgarib boradi. Ba'zan ijtimoiy masalalar tug'risida noto'g'ri tasavvur va yanglish fikrlar hosil bo'lishi tufayli u muayan tartib-qoidalarga tanqidiy ko'z bilan qaraydi. O'smirda psixik jarayonlarning keskin o'zgarishi bilan aqliy faoliyatida ham burishlar seziladi. Shuning uchun shaxslararo munosabatda, o'quvchi bilan o'qituvchi muloqotida, kattalar bilan O'smirlarning muomalasida qat'iy o'zgarishlar jarayonida qiyinchiliklar paydo bo'ladi. Bular avvalo ta'lim jarayonida ro'y beradi: yangi axborot, ma'lumotlarni bayon qilish shakli, uslubi va usullari o'smirni qoniqtirmay qo'yadi. Odobli, dilkash o'smir kutilmaganda qaysar, intisomsiz, qo'pol, serzarda bo'lib qoladi. O'smir xulqidagi bunday o'zgarishlar tajribasiz o'qituvchi va ota-onasini qattiq tashvishga soladi. O'smirlarning psixik o'sishini harakatga keltiruvchi kuch nima? O'smirning psixik o'sishini harakatga keltiruvchi kuch - uning faoliyatini vujudga keltirgan yangi ehtiyojlar bilan ularni qondirish imkoniyatlari o'rtasidagi qarama-qarshiliklar tizimining namoyon bo'lishidir. Vujudga kelgan ziddiyatlarni psixologik kamolotni ta'minlash, faoliyat turlarini murakkablashtirish orqali o'smir shaxsida yangi psixologik fazilatlarni tarkib toptirish bilan asta-sekin yo'qotish mumkin. NAZORAT UCHUN SAVOLLAR: O'smir organizmidagi asosiy anatomo-fiziologik o'zgarishlar qanday? O'smirlar va kattalar o'rtasidagi asosiy ziddiyatlarning sabablari nimalardan iborat? O'smirning psixik rivojlanishida muloqot qanday rol o'ynaydi? Tarbiyasi qiyin o'smir xulq-atvorida salbiy xususiyatlar paydo bo'lishining sabablari qanday? O'smirlarda xarakter aksentuasiyasi qanday ko'rinishlarda namoyon bo'ladi? Adabiyotlar ro'yxati: 1.I.A.Karimov. «Barkamol avlod -O'zbekiston taraqqiyotining poydevori». Toshkent. 1997. 2.G'oziev. E.G'. «Pedagogik psixologiya asoslari». Toshkent. 1997. 3.V.Karimova. «Psixologiya». Toshkent. 200. 4.G'oziyev E.G'. Psixologiya(Yosh davrlari psixologiyasi). T., O'qituvchi, 1994. 5.Davletshin M.G., Do'stmuhamedova Sh.A., To'ychiyeva S.M., Mavlonov M. Yosh davrlari va pedagogik psixologiya. T.: TDPU, 2004 y. 6.Ibragimov X.I.,Yo'ldoshevU.A., Bobomirzayev X. Pedagogik psixologiya. T.: 2010 y. ...

Joylangan
25 Jul 2022 | 12:22:57
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
36.97 KB
Ko'rishlar soni
641 marta
Ko'chirishlar soni
81 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 20:52
Arxiv ichida: doc
Joylangan
25 Jul 2022 [ 12:22 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → doc
Fayl hajmi
36.97 KB
Ko'rishlar soni
641 marta
Ko'chirishlar soni
81 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 20:52 ]
Arxiv ichida: doc