Oilada pedagogik muloqot. Oiladagi tarbiyaviy jarayon o'ziga xos xususiyatga ega. Uni oxiri va boshi yo'q. Biz bolani tug'ilgandan boshlab tarbiyalaymiz. Bola ota-onasining xatti-harakatlarini taqlid qilish orqali o'rganadi, hatto og'zidan nima chiqsa o'shani qaytaradi. Demak, ota-ona bola shaxsini shakllanishi uchun ideal tarbiyachi bo'lishi kerak. Oiladagi tarbiyaviy jarayon avvalo bola bilan ota-ona o'rtasidagi doimiy muloqotdir. Bolani tarbiyasi yaxshi bo'lishi uchun uni sevish kerak. Biz bola bilan muloqotga necha mino't vaqt ajratamiz? Shuni o'ylab ko'rish kerak. 1 soat vaqt ajratsak, bu yaxshi. Tadqiqotlarning ko'rsatishicha, ota-ona va bola o'rtasidagi muloqot bir so'tkada 1,8 soatni tashkil qilar ekan. Ona 35 mino't muloqotda bo'lar ekan: qorning ochmi? Nima eysan? kabilar tarzida. Bola savol bersa ayrim ota-onalar javob bergisi kelmaydi. Ona ovqat tayyorlash bilan ovora, ota gazeta o'qish bilan. Turli yoshdagi farzandlarda u yoki bu muammo bo'lishini biz kattalar bilishimiz, unga vaqt ajrata olishimiz kerak. Moddiy g'amxo'rlik bolaga, uning tarbiyasi uchun, muloqoti shakllanishi uchun etarli emas. Bolani kalbiga quloq sola bilishimiz muhim. Ota-ona o'rtasidagi nizolarning kelib chiqishining sabablaridan biri bolaga etibor bermasligidadir. Nima uchun biz hamkasblarimiz bilan, do'stlarimiz bilan qancha muloqotda bo'lsak ham qoniqmaymizu, lekin farzandimiz bilan kam muloqotda bo'lamiz? Ota-onaning etibori oilada hissiyot madaniyatini tarbiyalashga yordam beradi. Shunday savol tug'iladi: Nima uchun o'smirlar jinoyatchiliq ko'chasiga kirib qolayapti? Masalan, o'smirlar keksa kishini o'lgudek kaltaklashayapti. Demak, biz kattalar farzandimizga etiborliroq bo'la olmayapmiz. Ularning ko'ngliga quloq solmayapmiz. Ularda boshqalar g'amiga hamdard bo'lish tuyg'usini shakllantira olmayapmiz. Yoshlar bilan moda haqida gaplashsangiz ular siz bilan ko'ngildan muloqotda bo'ladilar. Shu tariqa ularning ko'ngliga qo'l solish mumkin. Bolalar bilan ota-ona o'rtasidagi o'zaro munosabatlarni tashkillashtirish uchun turli to'siqlar xalaqit beradi. Jumladan, band bo'lish to'sig'i, ota-onalar doimo band bo'lishadi, bolaga etibor berolmaydilar, chunki ularning uy yumushlari ko'p. Bu bolada hissiy rivojlanishni to'xtashiga olib keladi. Ikkinchi to'siq- yoshga bog'liq to'siq bo'lib, bunda kattalarning yoshi ulug bo'lgani uchun bolani tushunmaydilar. Bolaning ichki dunyosini hisobga ololmaydilar. Kattalar uchun arzimaydigan narsalar bola uchun muhim bo'lishi mumkin.Eski qolip to'sigi- ota-onalar o'zining bolasini yoshi ulg'ayib borayotganini sezishmaydi.Farzand ulg'ayib borgan sari ota-onasining u bilan hisoblashishlarini istaydi. Shuning uchun ular o'rtasida tushunmovchiliqlar, nizolar tug'iladi. Biz kattalar farzandlarimiz bizni doimo tinglashlarini xohlaymiz, bizga bo'ysunishlarini istaymiz. Ularning mustaqil fikrlarini eshitishga erinamiz. Demak, kattalar bolaga nisbatan eski qarashlarini yo'qotishlari lozim. Shunda o'rtadagi to'siq yo'qoladi. Tarbiyaviy an'analardagi to'siq-ota-onalar oiladagi ilgarigi tarbiyaviy ta'sir usullarini qo'llaydilar, bolani ruhiy rivojlanishi darajasini hisobga olmaydilar. Ular o'zlarining malakalarini oshirish ustida ishlamaydilar. Natijada bola bilan o'rtalarida to'siq paydo bo'ladi, bir-birlarini tushuna olmaydilar. Didaktizm bareri(to'siq)-bunda ota-onalar bolaga doimo aql o'rgatadilar.Unday qilma, Bu to'g'ri, ...

Joylangan
25 Jul 2022 | 12:22:57
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
21.26 KB
Ko'rishlar soni
876 marta
Ko'chirishlar soni
211 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirgan san'a:
30.03.2025 | 20:50
Arxiv ichida: docx
Joylangan
25 Jul 2022 [ 12:22 ]
Bo'lim
Psixologiya
Fayl formati
zip → docx
Fayl hajmi
21.26 KB
Ko'rishlar soni
876 marta
Ko'chirishlar soni
211 marta
Virus yo'q.
VirusTotal da tekshirish
O'zgartirish kiritilgan:
30.03.2025 [ 20:50 ]
Arxiv ichida: docx