Ontogenez psixologiyasi

Ontogenez psixologiyasi

O'quvchilarga / Psixologiya
Ontogenez psixologiyasi - rasmi

Material tavsifi

Birinchi bob ONTOGYeNYeZ PSIXOLOGIYaSI FANINING VAZIFALARI VA TADQIQOT MYeTODLARI 1.1. Ontogenez psixologiyasi fanining vazifalari va ahamiyati Ontogenez psixologiyasi fanining mavzu bahsi turli yoshdagi odamlarning (bolalar, o'quvchilar, kattalar, erkaklar, ayollarning) (ontogenezda) tug'ilganidan to umrining oxirigacha psixik rivojlanish jarayonini, shaxsning shakllanishi hamda o'zaro munosabati qonuniyatlarini o'rganishdan iboratdir. Ontogenez psixologiyasi insonda turli psixik jarayonlar (sezgi, idrok, xotira, tafakkur, xayol va hoka'zolar) rivojlanishining o'ziga xos xususiyatlarini, uning har xil faoliyatini (o'yin, o'qish, mehnat kabilar), yer va ayolning jinsiy tafovutlarini, shuningdek, inson shaxsining tarkib topishini ilmiy jihatdan tadqik qiladi. Inson psixikasining rivojlanish davrlarini aniqlash, shu sohadagi ma'lumotlarni to'plash ham mazkur psixologiyaning mavzu bahsiga kiradi. Bolaning tug'ilishidan to voyaga etgunicha har tomonlama rivojlanishi, jamiyatning teng huquqli azosi bo'lgunicha ulg'ayishi va shaxsining tarkib topishi muammolarini, bularning psixologik mexanizmlarini aniqlash va sharhlash ontogenez psixologiyasi sohasining muhim jihatidir. Bola jamiyatning azosi, mukammal shaxs sifatida muayyan ijtimoiy muhitda kamol topar ekan, uning butun bilish jarayonlari, o'ziga xos xususiyatlari va ruhiy holatlari, ongi rivojlanadi. Ana shu rivojlanish natijasida uning psixikasi, ongi go'dakning dastlabki oddiy aks ettirish (inikos) tarzidagi sodda ongidai balog'atga etgan insonlarga xos tevarak-atrofni, borliqni, odamlarni aniq, yaqqol, to'la va anglab aks ettirish darajasigacha taraqqiy etadi. Inson zotining turli jihatlarini o'rganish bilan bolalar anatomiyasi va fiziologiyasi, oliy nerv faoliyati fiziologiyasi, gigiyena, pedagogika, etnografiya kabi fanlar shug'ullangani kabi uning kamol topishidagi qonuniyatlarni, subyekt psixikasini, ongining mantiqiy mexanizmlarini, umuman, odam zotining tug'ilganidan to voyaga etgunicha psixik rivojlanishini psixologiya fanlari sistemasining alohida sohasi - bolalar psixologiyasi fani o'rganadi va tadqiq qiladi. Bolaning psixik rivojlanishini kuzatgan psixologlar (L.S.Vigotskiy, P.P.Blonskiy, A.Vallon, J.Piaje va boshqalar)ning aniqlashicha, mazkur kamol topishning o'ziga xos xususiyatlarga asoslangan (senzitiv - qulay) davrlari mavjud bo'lib, ular individning o'zi yashab turgan muhitda (bog'cha, oilada) tutgan o'rni, bilish jarayonlari, o'ziga xos xususiyatlari, holatlari, shaxsi va ongining o'sishi darajasi bilan bevosita bog'liqdir. Tadqiqotchilarning uqtirishiga ko'ra, tabiat va jamiyatning qonunlari singari kamol topayotgan bola shaxsi rivojlanishining ham o'z qonunlari bor. Bu qonunlar psixologiya fanining maxsus tarmog'i - bolalar psixologiyasining predmetiga kiradi. Ontogenez psixologiyasi sohasi inson psixikasi faqat miqdor jihatdan emas, balki sifat jihatdan ham rivojlanishi, takomillashib borishi va o'zgarishi haqidagi metodologik hamda fenomenologik qoidaga amal qiladi. Har bir fanning o'z predmeti borligi singari bolalar psixologiyasining ham o'zi tekshiradigan sohasi hamda tadqiqot metodlari bor. Umumiy psixologiya psixika va uning zohir bo'lishi, rivojlanish qonuniyatlari haqidagi fan bo'lsa, yosh davri yoki ontogenez psixologiyasi turli yoshdagi insonlarning (jinslarning) psixik taraqqiyoti, psixik xususiyatlari va bularning o'ziga xos omillari, mezonlari hamda mexanizmlari haqidagi fandir. Shuningdek, u muayyan yoshdagi insonlarning faqat o'ziga xos ...


Ochish
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 5.15 MB
Ko'rishlar soni 697 marta
Ko'chirishlar soni 86 marta
O'zgartirgan san'a: 30.03.2025 | 20:52 Arxiv ichida: docx
Joylangan
Bo'lim Psixologiya
Fayl formati zip → docx
Fayl hajmi 5.15 MB
Ko'rishlar soni 697 marta
Ko'chirishlar soni 86 marta
O'zgartirish kiritilgan: Arxiv ichida: docx
Tepaga